ma’ruza optik tolaning asosiy fizik parametrlari reja optik toladagi so’nish xodisasi
Tulqin uzatish bilan bog’lik dispersiya.. Dispersiyani kamaytirish usullari
Download 237.64 Kb.
|
4.5 Tulqin uzatish bilan bog’lik dispersiya.. Dispersiyani kamaytirish usullari.
To‘lqin uzatishbilan bog‘liq(tola) dispersiya – bu impulslarni tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Disperciyani bu turi tolani geometrik formasiga va sindirish ko‘rsatkichlarini profiliga bog‘liq. Xar qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signallarni turli to‘lqin uzunligida turli tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi. Shuningdek yuqorida aytib o‘tilgandek 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng. Dispersiyani nol qiymati so‘nish qiymatlari kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini ligerlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda, shunigdek oraliq punklar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi. 3.19-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatlarini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan [7]. 3.19 – расм. Хроматик дисперсияни тўлқин узунлигига боғлиқлиги: 1 – тоза кварц шишасини хроматик дисперсия характеристикаси; 2 – силжиган дисперсияли толани хроматик дисперсия характеристикаси Uzatish liniyasining xromatik dispersiya qiymati quyidagilarga sezgir: tandem bog‘lanishlar sonini va uzatish liniyasi uzunligini oshishiga; uzatish tezligini oshishiga. WDM to‘lqin bo‘yicha (spektr bo‘yicha) zichlashtirilgan tizimlarda xromatik dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi: kanallar orasida qadamni kamayishi; kanallar sonini oshishi. Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash usullaridan foydalaniladi. Download 237.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling