Ma`ruza. O‘simliklar fiziоlоgiyasi faniga kirish. Reja


Download 214.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.10.2023
Hajmi214.69 Kb.
#1715939
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 O‘simliklar fiziоlоgiyasi faniga kirish.

-biofizik yo‘nalish–bu hujayra energetikasi masalalarini, o‗simlik elektrofiziologiyasini 
suv rejimining fizik- kimyoviy qonuniyatlarini,o‗sish, qo‗zg‗alish hamda nafas olish va 
fotosintez masalalarini o‗rganadi. 
-ontogenetik yo‘nalish –bu o‗simliklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini
morfogenez hamda o‗simliklar rivojlanishining boshqarish qonuniyatlarini o‗rganadi. 
-solishtirma yo‘nalish- bu filogenezning xususiyatlarini belgilab beradi. U ontogenezga 
genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda kuzatilgan bo‗ladi. 


-ekologik yo‘nalish-bu o‗simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga 
bog‗liqligini o‗rganadi. Masalan: mineral o‗g‗itlarni qo‗llash, yorug‗lik va suv rejimini 
yaxshilash, ekin maydonlarida o‗simliklarni taqshimlash va boshqalar. Natijada, o‗simliklarda 
moy, qand, oqsil moddalarini oshirish bilan tashqi muhitning noqulay ta‘sirlarga chidamliligini 
oshiradi. 
-sintetik yoki kibernetik yo‘nalish- o‗simliklar o‗sishining umumiy qonuniyatlarini 
hamda bir-birga bog‗liq bo‗lgan hujayra energetikasini va kibernetikasini o‗rganadi. Masalan, 
oziq organlarining hosil bo‗lishi. 
O‗simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo‗nalishlarining barchasi o‗zaro bir- biriga bog‗liq 
bo‗lib, bir xil miqyosli ahamiyatga ega.
O‘simliklar fiziologiyasi fani haqida tushuncha va uning boshqa fanlar bilan 
bog‘liqligi. O‗simliklar fiziologiyasi fani o‗simliklardagi suv ya moddalar almashinuvi, ularning 
oziqlanishi, o‗sishi, rivojlanishi va boshqa hayotiy jarayonlarni, biologiya fanining bir bo‗limi 
sifatida tirik organizmlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadi. 
Fiziologiya o‗simliklar sistematikasi, morfologiyasi va anatomiyasi bilan chambarchas 
bog‗liq, ya'ni o‗simliklar morfologiyasi va anatomiyasi, ularning tashqi ko‗rinishi hamda organ 
va to‗qimalarining mikroskopik tuzilishini, o‗simliklar fiziologiyasi esa ushbu organlarning ular 
hayotidagi funksiyalari va vazifalarini o‗rganadi. 
O‗simliklar fiziologiyasi mikrobiologiya bilan bevosita bog‗liqdir. Mikroorganizmlar 
o‗simliklar hayot faoliyatida alohida o‗rin tutadi, chunki ular o‗simlik va hayvonot qoldiqlarini 
minerallashtirish xususiyatiga ega. Shu bilan bir qatorda mikroorganizmlar atmosfera azotini 
o‗zlashtirishda ham ishtirok etadi. O‗simliklar fiziologiyasi fani agrokimyo, o‗simlikshunoslik 
va agrotuproqshunoslik fanlari bilan chambarchas bog‗langandir. Urug‗ sepish muddatlari va 
normalari, kultivatsiya va chopiq muddatlari, o‗g‗it turlari va ularni yerga solish normalari, 
sug‗orish, hosilni yig‗ib olish va saqlash kabi ishlar fiziologiya bilimlari asosida tashkil 
qilinadi. 
O‗simliklar fiziologiyasi sitologiya, genetika va seleksiya fanlari bilan ham bevosita bog‗liq 
bo‗lib, o‗simliklarni chatishtirishda, albatta ularning fiziologik xarakteristikasi alohida o‗rin 
tutishini aytib o‗tish lozim.
O‗simliklar fiziologiyasi biokimyo fani bilan bog‗liqligiga alohida to‗xtalib, unda 
protoplazmaning xossalarini ko‗rsatsak bo‗ladi, bunda oqsillar va nuklein kis-lotalarning ro‗li 
beqiyosdir. Fermentlar to‗g‗risidagi ta'limot, o‗simliklarning kimyoviy reaksiyalarni o‗rganish 
imkoniyatini yaratdi


Download 214.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling