Ma`ruza. O‘simliklar fiziоlоgiyasi faniga kirish. Reja
Download 214.69 Kb. Pdf ko'rish
|
1 O‘simliklar fiziоlоgiyasi faniga kirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simliklar fiziologiyasi fani haqida tushuncha va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
-biofizik yo‘nalish–bu hujayra energetikasi masalalarini, o‗simlik elektrofiziologiyasini
suv rejimining fizik- kimyoviy qonuniyatlarini,o‗sish, qo‗zg‗alish hamda nafas olish va fotosintez masalalarini o‗rganadi. -ontogenetik yo‘nalish –bu o‗simliklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini, morfogenez hamda o‗simliklar rivojlanishining boshqarish qonuniyatlarini o‗rganadi. -solishtirma yo‘nalish- bu filogenezning xususiyatlarini belgilab beradi. U ontogenezga genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda kuzatilgan bo‗ladi. -ekologik yo‘nalish-bu o‗simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga bog‗liqligini o‗rganadi. Masalan: mineral o‗g‗itlarni qo‗llash, yorug‗lik va suv rejimini yaxshilash, ekin maydonlarida o‗simliklarni taqshimlash va boshqalar. Natijada, o‗simliklarda moy, qand, oqsil moddalarini oshirish bilan tashqi muhitning noqulay ta‘sirlarga chidamliligini oshiradi. -sintetik yoki kibernetik yo‘nalish- o‗simliklar o‗sishining umumiy qonuniyatlarini hamda bir-birga bog‗liq bo‗lgan hujayra energetikasini va kibernetikasini o‗rganadi. Masalan, oziq organlarining hosil bo‗lishi. O‗simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo‗nalishlarining barchasi o‗zaro bir- biriga bog‗liq bo‗lib, bir xil miqyosli ahamiyatga ega. O‘simliklar fiziologiyasi fani haqida tushuncha va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. O‗simliklar fiziologiyasi fani o‗simliklardagi suv ya moddalar almashinuvi, ularning oziqlanishi, o‗sishi, rivojlanishi va boshqa hayotiy jarayonlarni, biologiya fanining bir bo‗limi sifatida tirik organizmlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadi. Fiziologiya o‗simliklar sistematikasi, morfologiyasi va anatomiyasi bilan chambarchas bog‗liq, ya'ni o‗simliklar morfologiyasi va anatomiyasi, ularning tashqi ko‗rinishi hamda organ va to‗qimalarining mikroskopik tuzilishini, o‗simliklar fiziologiyasi esa ushbu organlarning ular hayotidagi funksiyalari va vazifalarini o‗rganadi. O‗simliklar fiziologiyasi mikrobiologiya bilan bevosita bog‗liqdir. Mikroorganizmlar o‗simliklar hayot faoliyatida alohida o‗rin tutadi, chunki ular o‗simlik va hayvonot qoldiqlarini minerallashtirish xususiyatiga ega. Shu bilan bir qatorda mikroorganizmlar atmosfera azotini o‗zlashtirishda ham ishtirok etadi. O‗simliklar fiziologiyasi fani agrokimyo, o‗simlikshunoslik va agrotuproqshunoslik fanlari bilan chambarchas bog‗langandir. Urug‗ sepish muddatlari va normalari, kultivatsiya va chopiq muddatlari, o‗g‗it turlari va ularni yerga solish normalari, sug‗orish, hosilni yig‗ib olish va saqlash kabi ishlar fiziologiya bilimlari asosida tashkil qilinadi. O‗simliklar fiziologiyasi sitologiya, genetika va seleksiya fanlari bilan ham bevosita bog‗liq bo‗lib, o‗simliklarni chatishtirishda, albatta ularning fiziologik xarakteristikasi alohida o‗rin tutishini aytib o‗tish lozim. O‗simliklar fiziologiyasi biokimyo fani bilan bog‗liqligiga alohida to‗xtalib, unda protoplazmaning xossalarini ko‗rsatsak bo‗ladi, bunda oqsillar va nuklein kis-lotalarning ro‗li beqiyosdir. Fermentlar to‗g‗risidagi ta'limot, o‗simliklarning kimyoviy reaksiyalarni o‗rganish imkoniyatini yaratdi. Download 214.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling