Ma`ruza. O‘simliklar fiziоlоgiyasi faniga kirish. Reja


Download 214.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.10.2023
Hajmi214.69 Kb.
#1715939
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 O‘simliklar fiziоlоgiyasi faniga kirish.

Birinchidan, yashil o‗simliklar energiya manbai sifatida yorug‗likning elektromagnit 
energiyasidan foydalanib, ularni organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga 
aylantirish qoiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, o‗simliklar tashqi muhitdan 
bir qancha anorganik moddalarni o‗zlashtirib, ularni hujayradagi moddalar almasinuvi 
jarayonida energiya bilan boyitadi va organik modda ko‗rinishida yer sharidagi barcha tirik 
mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni yaratadi. 


 Ikkinchidan, yashil o‗simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilatsion yuzaga 
hamda yer ostki va ustki organlarining yuqori darajada shoxlanish qobiliyatiga ega. Bu hol o‗z 
navbatida o‗smliklarning ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarning 
o‗zlashtirilshiga, barglar orqali esa atmosfera havosidan oziqlanish doirasining kengayishiga 
olib kelgan. 
Uchinchidan, qishloq xo‗jaligida o‗simliklarning yangidan-yangi navlarini yaratishda, 
ekinlarning turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamiligini oshirish va ularning 
hosildorligini ko‗paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni saqlashda mazkur fanning 
ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. 
O‘simliklar fiziologiyasi fanining vazifalari 
O‗simliklar fiziologiyasi fanining asosiy vazifasi o‗simliklar hayot faoliyati qonunlarini 
o‗rgangan holda ularni boshqarish va hosildorlik sifatini yaxshilashdan iborat. Hozirgi kun 
talabiga ko‗ra o‗simliklarni oziqlantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqib, qishloq xo‗jalik 
ekinlarining hosildorligini oshirish fiziologiya faninng markaziy muammosidir. 
Respublikada don mustaqilligiga erishish uchun hosildorlikni oshirish va yangi navlarni, 
ya'ni qattiq bug‗doyning tarkibida kleykovina ko‗p bo‗lgan navlarini ko‗paytirish zarur bo‗ladi. 
Buning uchun mineral va organik o‗g‗itlardan kerakli miqdorda foydalanish, begona o‗tlar va 
kasalliklarga qarshi kurash hamda tegishli preparatlarni ishlatish kerak. 
Fiziologiya fani yutuqlarini qo‗llagan holda serhosil, qurg‗oqchilikka va sovuqqa chidamli 
yangi navlar yaratish, ular tarkibidagi oqsillar, yog‗lar, uglevodlar va vitaminlar miqdorini 
ko‗paytirishga erishish zarur. 
Hozirgi vaqtda o‗simliklar fiziologiyasi fani oldida turgan vazifalarni umumlashtirib 
quyidagicha izohlash mumkin. 
1.O‗simliklar hayot faoliyati qonuniyatlarini o‗rganish. 
2.Qishloq xo‗jaligi o‗simliklaridan eng yuqori hosil olishning nazariy asoslarini ishlab 
chiqish. 
3.Sun‘iy sharoitda fotosintez jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi moslamalarni 
yaratish. 

Download 214.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling