KITOB
Kitob – inson ma’naviy dunyosining boyishi, fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita. Uni doimo do’st tutish, undan ko’p narsalarni o’rganishga harakat qilish lozim.
Ko‘p kitob o‘qigan bola asardagi fikrlarni qalbiga joylaydi. Yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga, yaxshi insonlar qatoridan o‘rin olishga harakat qiladi.
Kutubxona — nurxona. Kutubxonaga tez-tez boradigan bola, albatta, ko‘p narsalarni biladi. Chunki kitoblar inson umrining sermazmun o‘tishiga, ilmli, bilimli bo‘lishiga yordam beradi. (66 ta so‘z)
VATAN
Vatan! Ne-ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazl-u kamoli uchun jon fido etgan zamin. El borki, Vatan bor. Vatan borki, el bor. Elsiz vatan biyobon, Vatansiz el - darbadar. Shuning uchun ham, el qadri bilan yashagan kishilarni vatanparvar deya ardoqlaganlar.
Jonajon yurtimizni mustaqil Vatan deb ataymiz. Bu ko‘hna diyor torlarini shundayin chertib yubordiki, endi uning sehrli va fusunkor sarhadlari dunyo mamlakatlari ko‘z o‘ngida O‘zbekiston nomi ila namoyon bo‘lmoqda. Bugun biz istiqbolimizni, erkinligimizni, mustaqilligimizni sharaflaymiz, qo‘shiqlarda kuylaymiz. (79 ta so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |