Kitob inson ma’naviy dunyosining boyishi, fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita. Uni doimo do’st tutish, undan ko’p narsalarni o’rganishga harakat qilish lozim


Download 19.71 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi19.71 Kb.
#267887
1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf DIKTANT MATNI

TABIATNI ASRAYLIK

Agar havoda kislorod bo‘lmasa, odam bir daqiqa ham yashay olmaydi. Ammo tabiat bunga yo‘l qo‘ymaydi. U o‘pkamiz uchun hamisha kerakli miqdorda toza havo yetkazib beradi. Agar suv bo‘lmasa, hayot bo‘lmas edi. Lekin g‘amxo‘r tabiatning shu kungacha insonni suvsiz qoldirgan hollari bo‘lgan emas. Quyosh bo‘lmasa, hayot to‘xtab qolgan bo‘lar edi. Ammo tabiatning buyuk qonuniga bo‘ysungan Quyosh har doim erta tongda chiqib, tirik mavjudotga xizmat qiladi.

Inson - tabiatning oliy mahsuli. Tabiat marhamatisiz yashay olmas ekanmiz, demak u bizning onamiz. (78 ta so‘z)
USTOZ

Ustoz-muallim! U fidoyi inson. Ustoz ulug‘ zot! Bu so‘z mag‘rur jaranglaydi. Shu birgina so‘z zaminida olam-olam ma'no, olam-olam mehnat bor! O‘qituvchi sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, axloqiy pok insondir. Ularni har qancha ardoqlasak ham oz, chunki butun kuchlarini, aql idrokini, bilim va zehnini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash insonlardir.

Ustoz qator-qator shogirdlarni tarbiyalar ekan, albatta shogirdining kamolotini ko‘rib ko‘zi quvonadi. Shogirdlariga oq yo‘1 tilaydi. Har qadamda shogirdlariga yordam qo‘lini cho‘zadi. Shogird ham ustozi izidan borib, yetuk inson bo‘lib yetishishga harakat qiladi. (79 ta so‘z).


Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling