Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi
Download 52.8 Kb.
|
4-Sinf 2022-Tarbiyaviy soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sana: Mavzu: Tejamkorlik. Gaz , elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz I.Kirish
- Sana: M avzu: Yozgi ta’til rejalari.
Sana: Mavzu:Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish. Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi, TK-3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi. Kun shiori: Tejamkorlik-yaxshi xislat Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid ko`rgazma. Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi. II.Asosiy qism: Inson hayotida ro`zg`or uy-joy tutishda tejamkorlik, ya`ni, isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik, rejalilik katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz”Tejog`lik ish –bejog`lik”deb aytishmagan.Tejamkorlik –insoning ma`naviyatini boyitadi,moddiy holatiga qut-baraka ato etadi.Ayniqsa bu narsaga o`zbek oilasida kichiklikdan o`rgatiladi. Tejash-bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, piri badavlat, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.Tejamkorlik-avvalo, xalqni va o`z mehnatini qadrlash, qanoatli bo`lish, faqat bugunni emas, ertani ham o`ylashi,tadbirkor bo`lishdir.Tejamkorlik-savob, isrofgarchilik gunohdir.Biz elektr toki, suv va gazlarni qadrlab, tejab ishlatishimiz kerak,chunki,xalqimiz yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak, shunda oilamiz,davlatimiz farovon bo`ladi.Davlatimiz,oilamiz bor bo`lsin desangiz, har bir narsadan isrof qilmay foydalanishga odat qiling.Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalangani uchun boyib, mol-mulkga ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi. III.Yakuniy qism: “SWOT”texnologiyasi S - Kuchli tomon: Oquvchilarni tejamkorlikka undash. W – Kuchsiz tomon:Haddan tashqari tejamkorlik qizg`anchiqlikka olib keladi. O – Imkoniyat:Hikoya,xalq og`zaki ijodi,sahna ko`rinishlaridan foydalanish. T – Tahdid:Layoqatsizlik,beparvolik. “Uch varaqli kundalik” texnologiyasi
Mavzuni xulosalab,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Sana: Mavzu: Yozgi ta’til rejalari. O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish. I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda yozgi ta`tilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish. Kompetensiya— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi. Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi Kun shiori:yoz-qanday soz Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Yozgi ta`tilda o`qiydigan kitoblar ro`yxati, ya`ni bolalar yozuvchilarining asarlari. Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash II.Asosiy qism: Rasmlar asosida suhbat uyushtirish. Vaqtning o`tganin bildirmagay hech, Yoz – saxiy, qo`lida sovg`a-salomi. Vujudni to`ldirib tindirmagay hech, Uch oy eslamagay hech zot zavolin. Usmon Azim O`qituvchi: O`quv yili ham tugab bormoqda. O`quv yilini har o`quvchi o`ziga xos bo`lgan holatda tugatadi. Bu davrda juda ko`p ilmlarga ega bo`ldingiz. Juda ko`p fan sirlaridan ogoh bo`ldingiz. Bir qancha tadbirlarda qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo`ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi ta`tilga yetib keldingiz. Yoz juda yaxshi. Yozgi oromgohlarda avvalo, odob-axloq fasl.Bu avvalo, bolalarga zavq bag`ishlaydi. Ko`pchilik o`quvchilarimiz oromgohlarga, ba`zilari tabiat quchog`iga, ba`zilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam olishga borganda albatta, kattalar hamrohligida amalga oshiriladi.Tartib-qoida me`yorlariga e`tibor berishingiz talab etiladi. Yozgi ta`tilda faqat dam olish emas, balki bolalar yozuvchilarining asarlarini mutoala qilishingiz, suv havzalariga borganda juda ehtiyot bo`lishingiz kerak. Har bir o`quvchining yozda nima ish bilan mashg`ul bo`lishi haqida o`quvchilardan sinf rahbari ma`lumot oladi va daftariga qayd etib qo`yadi. Yozda yaxshi va mazmunli dam olib kelinglar.Ta`tilingiz maroqli va mazmunli o`tsin! Download 52.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling