Ma’ruza: Postgresql o’z ichiga oladigan texnologiyalar va komponentlar bilan tanishish va fanga kirish. Reja


Download 17.54 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi17.54 Kb.
#1761064
Bog'liq
Ma\'ruza-1


1-Ma’ruza: PostgreSQL o’z ichiga oladigan texnologiyalar va komponentlar bilan tanishish va fanga kirish.
Reja:

  1. PostgreSQL asoslari fanining ahamiyati, maqsadi va vazifalari

  2. Fanning tarkibiy tuzilmasi

  3. PostgreSQL versiyalarini solishtirish, xususiyatini ko’rib chiqish, PostgreSQL ni o’rnatish jarayoni.

PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, opyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda.
Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi.
Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi.
Postgresql'ning asosiy buyruqlari
Ushbu maqolada hozirgi kunda eng mashhur va ko'p ishlatilinadigan ma'lumotlar omboridan biri bo'lgan, ochiq kodli Postgesql'ning asosiy va eng ko'p ishlatilinadigan buyruqlari oddiy va tushunarli ko'rinishda keltirilgan. Unda ma'lumotlar omborini o'rnatish ko'rsatilmagan, sababi uni o'rnatish har bir operatsion tizim uchun individual hisoblanadi.
terminal orqali kirish
sudo -u postgres psql
mavjud barcha ma'lumotlar omborini ko'rish
\l
mavjud biron bir ma'lumotlar omboriga ulanish
\c <db_name>
terminaldan chiqish
\q
sxemalarni ko'rsatish
\dn
mavjud barcha foydalanuvchilarni ko'rsatish
\du
biron bir jadval haqida ma'lumotni olish
\d <table_name>
yangi ma'lumotlari omborini yaratish
CREATE DATABASE ;
mavjud ma'lumotlarni omborini o'chirish
DROP DATABASE ;
yangi sxema yaratish
CREATE SCHEMA AUTHORIZATION ;
mavjud sxemaga biron bir foydalanuvchini biriktirish
GRANT ALL ON SCHEMA TO ;
sxemani o'chirish
DROP SCHEMA CASCADE;
yangi foydalanuvchi yaratish
CREATE USER WITH password '';
biron bir foydalanuvchini parolini o'zgartirish
ALTER USER WITH PASSWORD '';
biron bir ma'lumotlar omboriga biron bir foydalanuvchini biriktirish
GRANT ALL PRIVILAGE ON DATABASE TO ;
mavjud ma'lumotlar omboridan backup olish
pg_dump -U <user_name> -h localhost <db_name> >> live.sql
mavjud ma'lumotlar omboriga sql faylni tiklash
psql -U <user_name> -d <db_name> < live.sql
Download 17.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling