Ma’ruza: Postgresql o’z ichiga oladigan texnologiyalar va komponentlar bilan tanishish va fanga kirish. Reja
Download 17.54 Kb.
|
Ma\'ruza-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- DROP SCHEMA
1-Ma’ruza: PostgreSQL o’z ichiga oladigan texnologiyalar va komponentlar bilan tanishish va fanga kirish. Reja: PostgreSQL asoslari fanining ahamiyati, maqsadi va vazifalari Fanning tarkibiy tuzilmasi PostgreSQL versiyalarini solishtirish, xususiyatini ko’rib chiqish, PostgreSQL ni o’rnatish jarayoni. PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, opyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda. Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi. Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi. Postgresql'ning asosiy buyruqlari Ushbu maqolada hozirgi kunda eng mashhur va ko'p ishlatilinadigan ma'lumotlar omboridan biri bo'lgan, ochiq kodli Postgesql'ning asosiy va eng ko'p ishlatilinadigan buyruqlari oddiy va tushunarli ko'rinishda keltirilgan. Unda ma'lumotlar omborini o'rnatish ko'rsatilmagan, sababi uni o'rnatish har bir operatsion tizim uchun individual hisoblanadi. terminal orqali kirish sudo -u postgres psql mavjud barcha ma'lumotlar omborini ko'rish \l mavjud biron bir ma'lumotlar omboriga ulanish \c <db_name> terminaldan chiqish \q sxemalarni ko'rsatish \dn mavjud barcha foydalanuvchilarni ko'rsatish \du biron bir jadval haqida ma'lumotni olish \d <table_name> yangi ma'lumotlari omborini yaratish CREATE DATABASE mavjud ma'lumotlarni omborini o'chirish DROP DATABASE yangi sxema yaratish CREATE SCHEMA mavjud sxemaga biron bir foydalanuvchini biriktirish GRANT ALL ON SCHEMA sxemani o'chirish DROP SCHEMA yangi foydalanuvchi yaratish CREATE USER biron bir foydalanuvchini parolini o'zgartirish ALTER USER biron bir ma'lumotlar omboriga biron bir foydalanuvchini biriktirish GRANT ALL PRIVILAGE ON DATABASE mavjud ma'lumotlar omboridan backup olish pg_dump -U <user_name> -h localhost <db_name> >> live.sql mavjud ma'lumotlar omboriga sql faylni tiklash psql -U <user_name> -d <db_name> < live.sql Download 17.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling