Ma’ruza rejasi: Аxborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
Download 1.16 Mb.
|
7-мавзу. Ахборотларнинг компютерда тасвирланиши
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o'rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin almashtirishlar soni 28 =256 ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi. Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu trtibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha b'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog'liq bo'lgan holatdir. Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi. Grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Buning uchun quyidagi usuldan foydalaniladi. Ro'znomadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz, u mayda nuqtalardan (ularni poligrafiya tilida "rastr" deyishadi) tashkil topganligini (1-rasm) ko‘rasiz. Turli poligrafiya uskunalaridan foydalanganlik bois, bu nuqtalarning zichligi turlicha bo‘ladi. Ko‘pchilik ro‘znomalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo‘ladi, ya‘ni 10 x 10 santimetr o‘lchovidagi rasm taxminan 60 ming nuqtadan iborat bo‘ladi. Agar bular bir xil darajadagi oq va qora nuqtalardan iborat bo‘lsa, u holda ularning har birini 0 yoki 1 qiymatni qabul qiluvchi bitta bit bilan kodlasa bo‘ladi. Agar nuqtalar holati har xil bo‘lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo‘lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to‘rt xil rangni: 00 – oq, 01 – och kul rang, 10 – to‘q kul rang, 11 – qora rangni kodlash mumkin bo‘lsa, uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoniyatini beradi va hokazo. 1-rasm. Kompyuterda rangni ifodalash uchun uch xil - qizil, yashil va ko'k ranglardan foydalaniladi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi.
Ovozni ham shu tariqa kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar ovozni kodlashning bir turidir. Masalan, nota belgilariga raqamlar mos keltirilib, ovozni bitlar orqali ifodalash ham mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling