1 tajriba ishi mavzu: Yog’ochning xususiyatlarini o’rganish. Ishni bаjаrishdаn mаqsаd
Download 365.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1 -labaratoriya mahsulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy tushunchа.
- Yo g’ochning kamchiligi
1 - TAJRIBA ISHI Mavzu: Yog’ochning xususiyatlarini o’rganish. Ishni bаjаrishdаn mаqsаd. Xalq xo’jaligida konstruktsion materiallar sifatida qo’llaniladigan ba’zi yog’och xillarining tuzilishini, asosiy kesmalarini, rangi, hidi va tashqi qavat (qobiq) xarakterini o’rganish. Umumiy tushunchа. Yog’ochlar xalq xo’jaligining turli sohalarida konstruktsion materiallar sifatida keng qo’llaniladi. Buning asosiy sababi quyidagilardir: 1. Solishtirma va hajmiy og’irligi kichik; 2. Issiqlikni kam o’tkazadi; 3. Kimyoviy barqaror; 4. Temperatura o’zgarishi bilan uning o’lchamlari deyarli o’zgarmaydi; 5. Korroziyabardosh; 6. Oson ishlanuvchan va unga istalgan shaklni berish mumkin va hokazo. Yog’ochning kamchiligi: uning yonuvchanligi va chirishidir. Ammo hozirgi vaqtda yog’ochning bunday kamchiliklarini bartaraf etish uchun turli eksperimental ishlar qilinmoqda. Yog’ochlarning tarkibi asosan, tsellyulozadan iborat bo’lib, qolganlari turli xil organik birikmalardan tashkil topgan. Shu sababli, yog’ochlar qatlam-qatlam tuzilishli bo’ladi. Yog’ochlarning mexanik mustahkamligi ularning turidan tashqari namligiga ham bog’liq bo’ladi. Namligiga ko’ra yog’ochlar: uy temperaturasiga quritilgan, havoda quritilgan, yangi qirqilgan va nam yog’ochlarga bo’linadi. Havoda quritilgan yog’ochlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi o’rtacha 2,3-7,0 N/sm 2 bo’ladi. Yog’ochlarning mexanik mustahkamligi, asosan, ularning turiga bog’liq bo’ladi. Quyidagi 14-jadvalda ba’zi yog’ochlarning mexanik mustahkamligi ko’rsatilgan. Yog’ochning ko’ndalang kesim qirqimida uning qobig’i (6), po’stlog’i (5) po’ctloq osti qatlami (1), yadro (2), o’zak (3) yillik halqa (7) va o’zak nurlari (4) ifodalangan. Yog’ochlarning tuzilishi, asosan g’o’la yog’ochni (26-rasm) uch xil kesimda qirqib o’rganiladi: Yog’ochning yillik qatlamini uning hamma qirqimlarida ham ko’rish mumkin, bu qatlam ko’ndalang kesimda aylana ko’rinishida joylashgan: 10 - jadval Yog’och turlari Mexanik mustahkamligi N/sm 2 Hajmiy og’irligi, Tonna Siqilishda cho’zilishda Egilishda Download 365.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling