1 tajriba ishi mavzu: Yog’ochning xususiyatlarini o’rganish. Ishni bаjаrishdаn mаqsаd


Download 365.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.01.2023
Hajmi365.18 Kb.
#1080953
1   2
Bog'liq
1 -labaratoriya mahsulot

Qarag’ay 
Eman 
Qora qayin 
Qayin 
Archa 
3,6 
4,6 
3,9 
4,5 
3,4 
8,3 
10,0 
9,3 
12,0 
7,5 
6,5 
7,4 
7,3 
8,5 
6,0 
0,52 
0,70 
0,65 
0,73 
0,47 
Radial qirqimda to’g’ri chiziq bo’lib, uning har biri yillik qatlamni 
ifodalaydi: tangentsial qirqimda esa parabola shaklida bo’ladi. 
Yog’ochlarning o’zaro bir-biridan farq qiluvchi tashqi belgilari: rangi, 
teksturasi, tusi va hidi hisoblanadi. Yog’ochlarning rangi oq tusdan qora tusga 
qadar o’zgarishi mumkin. Oq qarag’ay, jo’ka va archa daraxtlari yog’ochlarining 
rangi oq bo’lib, qayin, zarang, qora qayinlarning rangi esa oq-qizg’ish tusli bo’ladi. 
Dub, kashtan, tilog’och daraxtlarining yog’ochlari kul rang tusli bo’lib, nok, tut, 
kedr, qarag’aylarning rangi qizg’ish, yong’oqniki esa - kul rang-qo’ng’ir tuslidir. 
Yog’ochlarning hidi ular tarkibida efir moylari, smolalari va turli xil oshlovchi 
moddalar borligidandir. Odatda ignabargli daraxt yog’ochlari skipidar hidini, sarv 
daraxti va oqqarag’ay xushbo’y hid, yong’oq esa ancha yoqimsiz hid tarqatadi. 
26-rаsm. Yog’оchning аsоsiy kеsim vа qirqimlаrining tuzilish. 
a - ko’ndalang kesim buyicha: b - ko’ndalang kesimga burchak ostida qirqimi 
(tangentsial kesim) buyicha va v - ko’ndalang kesimga vertikal qirqim (radial 
kesma) bo’yicha. 
Ishni bаjаrish uchun kеrаkli аsbоb, jihоz vа mаtеriаllаr. Lupa, massh-
tabli chizg’ich, shtangentsirkul, turli xil yog’och namunalari va ularning qirqimlari. 
Ishni bаjаrish tаrtibi. 1. Plakatdan yog’ochning asosiy kesimlari o’rganiladi. 
2. Qarag’ay, dub, qayin va boshqa yog’och namunalarining ko’ndalang, 
radial va tangentsial kesimlari lupa yordamida o’rganiladi. Bunda kesimlarning 
tuzilishi xilma-xilligiga e’tibor beriladi va ular chizmada tasvirlanadi. 
3. 1 sm uzunlikdagi yillik qatlam soni aniqlanadi. 
4. O’tkazilgan kuzatishlar va o’rganishlar asosida tekshirilayotgan 
yog’ochning tashqi belgilariga qisqacha хаrаktеrlаb beriladi. 
5. Atlaslar yoki ranglar shkalasidan foydalanib, har qaysi tur yog’ochning 
rangi aniqlanadi. 


6. Yog’ochning ko’ndalang kesimidan ularning teksturasi o’rganiladi. 
7. Yog’ochning hidi, rangi va teksturasiga qarab uning turi aniqlanadi. 
8. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi. 
Nаzоrаt sаvоllаri. 
1. Yog’ochning halq xo’jaligidagi roli qanday? 
2. Uning afzalligi nimalardan iborat? 
3. Yog’ochning namliligi qаndаy аniqlаnаdi? 
4. Yog’och mustahkamligi nima bilan ifodalanadi? 
5. Yog’och bir-biridan qanday farqlanadi? 
6. Yog’ochning yoshi qanday aniqlanadi? 
11 - jadval 
Yog’och-
ning 
xillari 
Asosiy qirqimlari 
1 sm 
dagi 
yil-lik 
qatlam 
Yog’ochning tashqi belgilari 
Ran-
gi 
yalti-
roq- 
ligi 
Tekstu-rasi Hi-di 
Ish hаqidа hisоbоt. Hisobotda bajarilgan ishning maqsadi, vazifasi, 
yog’ochning tuzilishi va tarkibi haqida qisqacha mа’lumоt hamda yog’ochning 
tаnsifi va turlari yoziladi. Undan tashqari, yog’ochning asosiy kesimlarining 
chizmalari va bajarilgan ishlarning bayoni keltiriladi. Nazorat savollariga to’liq 
javob beriladi.

Download 365.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling