маъруза соат
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari
Antropogenoz(yunon) - odamning paydo bo’lish jarayoni.
Domestikatsiya ( ing. domesticated) – hayvonlarni inson tomonidan qo’lga o’rgatish va ularni ko’paytirish. Joytun madaniyati — O’rta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi o’troq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (mil. av. 6—5-ming yillik). Ashxoboddan 30 km shimolda joylashgan qadimgi o’troq dehqonlar qishlog’i xarobasi nomidan olingan. 1952 yildan Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. 10 dan ortiq yodgorliklar (Chag’illitepa, Pessejiktepa, Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va b.) ni tekshirgan. Bu urug’doshlik manzilgohlarining har biri 0,5—2 ga maydonni egallagan. Somonli guvaladan qurilgan bir xonali uylar (25—45 m 2 ) sahni oq ganchli loy bilan suvalgan, ayrimlari qizil va qora rangga bo’yalgan. Har bir xonada o’choq, g’alla o’rasi, supa bo’lgan. Ayrim xonalar o’rtasida katta otashkada bo’lib, umumiy sajdagoh vazifasini o’tagan. Manzilgohlarda ombor, sopol idishlar pishiriladigan maydonchalar bo’lgan. 3 madaniy qatlamdan iborat Joytun manzilgohi to’la o’rganilgan. Uning maydoni 0,5 ga, yuqori qatlami 35— 40 xonadan, o’rta qatlami 29 xonadan iborat. Manzilgohlardan bolalar suyagi topilgan, kattalar tashqariga ko’milgan. Aholi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan shug’ullangan. Aholi chaqmoqtoshdan qirg’ich, o’roq, randa, pichoq; suyakdan igna, bigiz; tosh o’g’ir va b. buyumlar yasagan. Sopol idishlar somonli loydan ishlanib, ba’zilarining sirti qizil angob bilan bo’yalgan. Jarmo- Iroqning Kirkuk shahridan sharqda joylashgan Zagros tog’laridagi manzilgoh. 1948-1954 yillarda R.Breydvudning 152 qazishmalari 16 qatlamni aniqlagan. Dehqonchilik mavjud bo’lgan. 11- 5-6 ming yil avval. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling