маъруза соат
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sivilizatsiya
Urbanizatsiya (lotincha) – aholi va sanoatning yirik shaharlarda
to’planish jarayoni, shaharlashuv. Ijtimoiy tarixiy jarayon sifatida sivilizatsiyaning shahar madaniyati markazlarining vujudga kelishi. Freska (ital. fresko – yangi, qurimagan) - bo’yoqni suvga yoki ohak qo’shilgan suvga qorib yangi, qurimagan suvoq ustiga ishlanadigan 154 rassomlik san’ati asari. Qadimdan devoriy rasmlarning asosiy texnikasi bo’lib kelmoqda. Suvoq, odatda, o’chgan ohakka ikki hissa kum qo’shib tayyorlanadi, suvoq qurigandan keyin uning yorilib ketmasligi ta’minlanadi. Ohak bilan qo’shilganda aynimaydigan, shuningdek vaqt o’tishi bilan nur ta’sirida buzilmaydigan bo’yoqlardan foydalaniladi. Freska uchun suvoq va bo’yoq tayyorlashning turli usullari mavjud. Freska rassomdan katta mahorat, tezkorlik talab qiladi, tasvir qisqa vaqt ichida suvoq qurimay turib tayyorlanishi kerak. Sivilizatsiya (lot. cuvilis) -fuqarolikka, davlatga taalluqli), tamaddun— 1) keng ma’noda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat so’zining sinonimi. Bu termin ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr Ts.si, Mesopotamiya Ts.si va b.); 4) yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. «Ts.» tushunchasi 18-a.da «madaniyat» tushunchasi b-n uzviy bog’liq ravihda paydo bo’lgan. Frantsuz faylasuf ma’rifatparvarlari akl va adolatga asoslangan jamiyatni Ts.lashgan jamiyat deb bilganlar. Ko’pchilik faylasuflar «Ts.» deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa fakat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir- biriga qarama-qarshi qo’yganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, «Sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling