Сурия адабиёти


Download 432.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi432.21 Kb.
#1119679
  1   2   3



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
ZAMONAVIY SURIYA ADABIYOTI
tanlov fanidan 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 Magistratura 5A 220101- Adabiyotshunoslik 

dots. Akbarova M.X 
 
TAShKENT 2009
 



Suriya adabiyotida «An-Nahda» harakati 
Reja: 
1. Suriyada ma’rifatparvarlik harakati. 
2. Suriyadagi ilk ma’rifatparvarlar ijodi. 
3. Suriya adabiyotida publisistikaning taraqqiyoti 
Arab adabiyotida XIX asrda milliy uyg‘onish (an-Nahda) jarayoni yuzaga keldi. 
Bu davr feodal munosabatlarning tanazzuli, milliy - ozodlik harakati va ma’naviy 
hayotdagi jiddiy siljishlar zamoni sifatida ma’lum XIX asrning oxirgi o‘n yilligida 
Suriyaga xorijiy kapital ko‘plab kirib kela boshladi. 
Suriyaning kapitalistik bozor munosabatlariga tortilishi, yangi ijtimoiy 
munosabatlarning qaror topishi, Suriya xalqining turklar va xorijiy kapital 
hukmronligiga qarshi kurashi mamlakatdan qutilishiga olib keldi. 
Suriya ma’rifatparvarlari keng xalq ommasini ma’rifatli qilishni asosiy maqsad 
qilib oldilar, vatanlarining ijtimoiy, madaniy rivojlanishi omilini shunda ko‘rdilar. 
"Arab milliy burjuaziyasining shakllanishi va milliy o‘zini anglashning o‘sishni 
qamrab oladigan bu davr Suriya va Misr uchun, ta’bir joyiz bo‘lsa, fikrlashga qobil 
aql butun mavjudot uchun yagona o‘lchov bo‘lib xizmat qiladigan 
ma’rifatparvarlik davri vazifasini o‘tadi.
1
Arab ma’rifatparvarligi va maorifini rivojlantirishga Butrus al-Bustani (1819-
1883) katta hissa qo‘shdi. U maktab ochib yoshlarda o‘z madaniyatiga qiziqish 
hissini uyg‘otdi, arab tilining izohli lug‘atini tuzdi, ensiklopediya yaratdi. 
Grammatika, ritorika, poetika bo‘yicha qator qo‘llanmalar tuzgan Nasif al-Yaziji 
(1800-1871) xam xuddi shunday mavqega ega. Ingliz, rus missionerlari tomonidan 
ochilgan maktablar ham Suriya madaniy hayotida ijobiy rol o‘ynadi. 
1
Долинина А.А. Очерки истории арабской литературы нового времени. М.:1968.С.40. 



Bu davrda publisistika ancha rivojlanib, XIX asr arab adabiyotining mustaqil 
janriga aylandi. Suriyaning bir qator ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvari - Adib 
Ishoq, Abdurahmon al-Kavakibiy, Muhammad Kurd Ali, Abdulloh Marrish 
faoliyati matbuot bilan bog‘liq holda kechgan. 
Suriya matbuoti boshqa arab mamlakatlari kabi milliy o‘zlikni anglashni 
uyg‘otib, Sharqning G‘arb bilan bo‘lgan aloqalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Demokratik ro‘znoma sahifalarida o‘quvchiga tushunarli tilda bayon etilgan 
dolzarb muammolar aks etdi, hamda tashqi istiloga, diniy ayirmachilikka qarshi 
chaqiriqlar bayon etildi. 
Fransuz ma’rifatparvarlari, jumladan Russo g‘oyalari Fransis Marrashga 
(183601875) ta’sir ko‘rsatdi. U adolat, erk, aql g‘alabasiga ishonar, vatandoshlarini 
fikriy yangilanish, tafakkurni o‘tmish sarqitlaridan ozod qilishga chaqirar edi. 
F. Marrashning qarashlarini uning singlisi Suriyalik ayollardan chiqqan birinchi 
publisist Marena Marrash ham qo‘llab-quvvatlar edi. Uning maqolalari Xalil 
Sarkisning "Lisan al-Hol" gazetasi va Butrus al- Bustoniyning "al-Janon" jurnalida 
chiqib turar edi. Uning maqolalarda musulmon oilalarida hukm surgan eski urf-
odatlar tanqid ostiga olinardi. U vatandosh ayollarni oilada va jamiyatda erkin 
bo‘lishga da’vat etardi. 
Mana shu davrdagi Suriyaning antifeodal kurashining eng ko‘zga ko‘ringan 
ideologi Abdurahmon al - Kavokibiy edi. Uning "Shaharlar onasi" va "Istibdod 
tabiati" asarlarida feodal tuzum sarqitlaridan xoli yangi jamiyat qurishga da’vat 
qilinadi. Al - Kavokibiy birinchilardan bo‘lib arablar birligi g‘oyasini ko‘tarib 
chiqdi. U jamiyatni yangilash uchun islohatlar bilan birgalikda inqilobiy yo‘lni 
ham inkor qilmas edi. 

Download 432.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling