Сурия адабиёти
Mavzu - Yangi zamon Suriya adabiyotida badiiy nasrnavislikning vujudga
Download 432.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu - Yangi zamon Suriya adabiyotida badiiy nasrnavislikning vujudga
kelishi Suriya adabiyotida roman janri taraqqiyoti 4 Reja: 1. Salim al-Bo‘stoniy ijodida hikoya va roman janri. 2. Jamil al-Mudavvar ijodida roman janri. 3. Jurji Zaydonning tarixiy romanlari. 4. Farax Antunning falsafiy qarashlari. Salim al-Bo‘stoni (1848-1884) 1848 yilda Livanning Abix qadimgi qishlog‘ida suriyalik mashhur ma’rifatparvar Butrus al-Bo‘stoniy oilasida dunyoga kelgan. Salim al-Bo‘stoni otasi izidan ketib butun umrini ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga, Suriya xalqini dunyoqarashini kengaytirishga, o‘z xalqining hayotini yaxshilashga harakat qilgan. Salim al-Bo‘stoning adabiy merosi juda buyukdir. U o‘zidan keyin ensiklopedik, ilmiy-ommabop maqolalalardan tashqari ko‘plab she’rlar, tarjimalar, va tugallanmagan turk tili lug‘ati qoldirgan. Shuningdek uning qalamiga ikki pesa – «al-Iskandar» va «Qays va Laylo» nomli p’esalar bo‘lib, ular bir necha bor Suriya ilmiy jamiyati sahnasida qo‘yilgan. Uchta tarixiy romanlar «Zenobiya» (1871), «Budur» (1872) va «Suriyaga fath yurishi davridagi muhabbat» (1874) va oltita zamonaviy ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan romanlar «Suriya bog‘laridagi muhabbat» (1870), «Asma» (1873), «Hozirgi zamon qizi» (1875), «Fatina» (1877), «Selma» (1878-1879), «Samiya» (1882-1884) va ko‘plab hikoyalar tegishlidir. Salim al-Bo‘stoniy hikoyalari S. al-Bo‘stoniyning ijodining barcha qismi ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. «S. al-Bo‘stoniy obraz yaratishda real hayotdan qadam tashlamadi, yozuvchi hikoyalarining syujetida biron bir yoki kimningdir ma’naviyatiga oid tezisning ochiqdan ochiq suratini kuzatish mumkin, hamda uning hikoyalari albatta nasihatomuz misollardan iborat bo‘lgan. Hikoya qahramonlarining tasviri tirik inson xarakteri kabi aks etmagan. Uning hikoyalri didaktik adabiyotning 5 namunalaridir, ularni zamonaviy mavzudagi masallar deb ham atash mumkin» 1 . Uning har bir hikoyasi asosiy g‘oya bo‘lmish ma’rifatga ma’naviyatga chaqiruvchi nasihatomuz hikmatli gaplar bilan tugagan. Al-Bo‘stoniyning 5 ta hikoyasi bizga ma’lum bo‘lib, ulardan 4 tasi oila mavzusiga 1tasi esa tarixiy mavzuga bag‘ishlangandir. Uning hikoyalarining ko‘pchiligi yevropa tillariga tarjima qilingan. Al-Bo‘stoniyning oilaviy mavzu qalam tebratishiga shunday izoh beradiki, jamiyatni rivojlantirish, uning saviyasini, dunyoqarashini kengaytirish va jamiyat hayotini yaxshilash uchun jamitning eng kichik bo‘lagidan, ya’ni oiladan boshlash kerak, oila ta’lim-tarbiya berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Yozuvchining «Najib va Latifa» hikoyasida ta’lim- tarbiya masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, yovuz va nodon rafiqa va uning odobli turmush o‘rtog‘i haqida hikoya qilinadi. Najim bor kuchini berib rafiqasi Latifaning kamchiliklarini to‘g‘rilashga harakat qiladi va niqoyat uni yangi kelinchakka aylantiradi. Latifa o‘z onasining nusxasi bo‘lib, unga mana shu onasi ta’lim bergan. Shuning uchun Latifa mana shunday odobsiz, tarbiyasiz qiz bo‘lib usgan. Yozuvchi bu hikoyada to‘g‘ri tarbiya berish masalasini ilgari suradi. Bu masala o‘sha davrda arab Sharqi uchun yangi mavzu hisoblangan. Yoshlarga ta’lim- tarbiya berish, ularni ma’naviyati yuksak, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash, oilaparvar, insonparvar qilib tarbiyalash o‘sha davr talabi bo‘lgan. Oila material hisobiga turmush qurish emas, balki bir-biriga har tomonlama mos kelishi va muqabbat bilan oila qrishi kerak. Mana shu hikmatli gaplar al-Bo‘stoniyning hikoyalarida nasihatomuz misollar bilan berilgan. «G‘anim va Amina» hikoyasi qahramoni Najibga o‘xshab harakat qilmaydi, balki u boylik tufayli tentak, nodon Aminaga uylanadi. «Strelkasiz o‘q uzish» hikoyasida boy savdogar Xo‘ja Ibrohim oilasiga risolasidek munosabatda bo‘lmaydi, lekin qilgan xatosi bilan o‘zining oiladagi majburiyatlarini, munosabatini tushunib yetadi. 1 Долинина А.А. Очерки истории арабской литературы нововго времени Египет и Сирия. Просветительский роман. 1870-1914 гг. М.: Наука, 1973. с. 40-41. 6 Yozuvchining yana bir hikoyasi «Faridaning to‘yi» hikoyasida yaqinlar o‘rtasidagi munosabat hikoya qilinadi. Yosh savdogar Farid to‘yida bor mablag‘ini sarf qiladi, hato u kelajakda o‘zini o‘nglashga ham mablag‘i yetmay qoladi va natijada olgan qarzlarini to‘lay olmay qamoqqa tushadi. Qamoqdan chiqqan Farid o‘z ayoli va bolalari bilan umrining oxirigacha afsus-nadomatda, nochorlikda o‘tadi, hato u hech qanday kasb-hunarga ham ega emas edi. Mazkur hikoya ham yozuvchining hikmatli gapi bilan, ya’ni «qissadan hissa chiqarish» bilan yakunlanadi. Al-Bo‘stoniyning «Xazir va Laylo» hikoyasida voqea johiliya davrida, Basusa tuyaidan urush vaqtida ro‘y beradi. Bu hikoyada yozuvchi insonlarning bir- birlariga bo‘lgan munosabatlari, bu yerda nafaqat oilaga, qavmu-qarindoshga, balki dushmanga ham samimiy munosabatda bo‘lish hikoya etiladi. Hikoya qahramoni Laylo o‘z qabilasiga dushman bo‘lgan qabilaning vakillari urushda yaralangach ularni o‘ldirib yuborishmoqchi bo‘lganida o‘z qavmiga qarshi chiqib yaralangan, nochor, himoyasiz kishilarga insoparvarlik yordamini ko‘rsatadi. U tag‘lib kabilasidan bo‘lgan Xazir ismli yigitni quqarib qolishga muvaffaq bo‘ladi. Natijada ularning o‘rtasida muhabbat paydo bo‘lib, ular baxtli oila qurishadi. Al-Bo‘stoniy hikoyalarining stili sodda, didaktik muammomlarga bag‘ishlangan. Zamonaviy tanqidchi Muhammad Yusuf Najmning fikricha, «Bu uslub doklad stili bo‘lib, u yengil, sodda va bezaksidir». Al-Bo‘stoniyning arab hikoyanavisligining rivojlanishiga qo‘shgan xissasi beqiyosdir. Uning hikoyalari arab adabiyotidagi syujetli asarlarning yaratishga birinchi harakat hisoblanadi. Salim al-Bo‘stoning ijtimoiy romanlari. S. al-Bo‘stoniy jamiyatning to‘grilash yo‘lidagi ta’lim –tarbiya va urf-odatlarni to‘g‘rilash masalasini o‘zining ijtimoiy romanlarida ham davom ettirgan. S. al- Bo‘stoniy o‘z romanlarida zamonaviy mavzuga shunday izoh beradi: «o‘z romanlarimizda xalqmizning kamchiliklarini ko‘rsatish zarur, ularga biz hikoya 7 qilayotgan insonlar obrazlari orqali nima yaxshi-yu, nima yomonligini ko‘rsatish zaruratdir». 2 Al-bo‘stoniy doimiy ravishda o‘z romanlarida jamiyatning axloqiy-ma’naviy masalalarni, erkinlik, tenglik va adolat mavzusini tarannum etgan. Al-Bo‘stoniy har doim o‘z qahrmonlarining tilidan yoki muallif bayonidan yuqori qatlam vakillari va quyi qatlam vakillari o‘rtasidagi tengsizlik muammosini, qonun oldida boy va kamabag‘alning tengligi masalasini bayon etgan. Bu g‘oyalar uning «Fatina» va «Selma» romanlarida mana shu tenglik, adlat va insonparvarlik g‘oyalari bayon etilgan. Yozuvchi «Selma» romanida turk amaldorlarining Suriya qishlog‘laridagi zug‘umlarini aks ettrib, adolat, tenglik, insonparvarlik ustunlarini buzulganini ko‘rsatadi va natijada hikoyada bosh qahramoni halok bo‘ladi. S. al-Bo‘stoniyning qishloq hayotiga bag‘ishlangan bu romani baxtsizlik bilan yakunlangan. Al-Bo‘stoniy voqelikni va ijtimoiy muammolarni chuqur falsafiy mulohaza qilishga harakat qilmaydi, yozuvchini aynan insonning axloq normalari, ularnaing o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, eski urf-odatlarni yangi zamon qadriyatlari bilan to‘qnashuvi qiziqtiradi. Al-bo‘stoniy fikricha, G‘arbdan erkinlik, tenglik, ma’rifat, ayollarga hurmat kabi g‘oyalarni olish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek u G‘arbning salbiy tomnlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Madaniy o‘zaro aloqalar va yangi urf-odat va an’analarni shakllantirish muamosi al-Bo‘stoniyning romanlarida asosiy masalasi hisoblanadi. Mana shu muammolarga uzviy bog‘liq bo‘lgan tar’lim-tarbiya muammosi, hikoyalaridagi muhabbat va nikoh masalalari ham uning asarlarida asosiy o‘rinni egallaydi. Bu mavzu uning barcha ijtimoiy romanlarining asosiy ustuni hikoblanadi. Al-Bo‘stoniy hisob-kitob orqali oila qurishga, ota-onaning turmush qurishga aralashishiga qarshi chiqqan holda, muhabbat orqali, yigit-qizlar bir-birlarini yaxshi bilgan xolda, ichki dunyoqarashlari mos kelgan holda oila qurishni ilgari suradi. 2 Долинина А.А. Очерки истории арабской литературы нововго времени Египет и Сирия. Просветительский роман. 1870-1914 гг. М.: Наука, 1973. с. 43. 8 Uning romanlarining voqeasi deyarli barchasi xristian oilasida ro‘y beradi. Oilaviy-muhabbat mavzusi al-Bo‘stoniyning barcha romanlarida birinchi o‘rinda turadi. Chunki adib jamiyatni tarbiyalashning eng birinchi omilini mana shunda ko‘radi. Yozuvchi o‘z romanlarni omma tomonidan yaxshi o‘qilishini va qiziqishini xoxlaydi. Romanlarining syujeti foydali, hikmatli o‘gitlar bilan sug‘orilgan. S. al-Bo‘stoniyning «Suriya bog‘laridagi muhabbat», «Asma», «Bugungi zamon qizi» va «Fatina» romanlarining syujeti avantyur romani qurilishiga xos ravishda yaratilgan. Lekin bu romanlarda qahramonlarning sarguzashtlari bilan ularning ma’naviyatiga, dunyoqarashiga, axloq-odobiga oid, urf-odatlar, an’analarga oid masalalar bayon etilgan. Al-Bo‘stoniyning ikkita romani «Samiya» «Salma» romanlarning syujeti tabiiy ravishda chiqqan. Bu romanlarda qaharamonlarning ishqiy munosabatlari hikoya etilgan. «Salma» da voqea amaldoralar orasida emas, dehqonlar orasida ro‘y beradi. Va bu orqali yozuvchi dehqonlar hayotidagi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatadi. Shuningdek S. al-Bo‘stoniyning tarixiy romanlari ham mavjud. Jamil al-Mudavvar (1862-1902) Jamil al-Mudavvar Bayrutda dunyoga kelgan. Uning otasi Naxl al-Mudavvar Nasif al-Yazjiyning do‘sti va hamkori bo‘lgan. Al-Mudavvar o‘z vatanida al- Bo‘stoniylar asos solgan «al-Jinan» jurnalida ma’rifatparvarlar bilan hamkorlik qilgan. Al-Mudavvar xam boshqa suriyalik ma’rifatprvarlar qatorida Mirsda faoliyat ko‘rsatgan. Jamil al-Mudavvarning Assirio-Vavoloniya tarixiga oid tarixiy ilmiy asari Shatobrianning romantik povesti «Atala» ning tarjimasi va xalifa Xarun ar-Rashid davridagi «Bog‘doddagi musulmon sivilizatsiyasi» (1888) nomli tarixiy romani mavjud. 9 Al-Mudavvarning «Bog‘doddagi musulmon sivilizatsiyasi» romani o‘quvchilar tomnidan katta qiziqish uyg‘otgan, hatto musulmon olimlari tomonidan tanqidga uchragan. Al-Mudavvar o‘zining xristianligidan va «mumkin bo‘lmagan xududgan» kirganidan uzr so‘rab romanini ikkinchi bor qayta nashrdan chiqargan. J. al-Mudavvar 1907 yilda Qohirada olamdan o‘tgan. J. al-Mudavvarning mazkur romani Misrda ingliz mustamlakasidan keyin milliy ozodlik va ma’rifatparvarlik harakati davrida yuzaga keldi. Al-Mudavvar ham barcha ma’rifatparvarlar kabi arab xalqining o‘zligini anglashi, mustaqillik uchun kurashi, ma’rifatli bo‘lishi uchun arablar tarixining eng gullab yashnagan davrini o‘z asarida tasvirlagan. «Bog‘doddagi musulmon sivilizatsiyasi» romani bosh qahramon tomonidan yozilgan 10 ta xatdan iborat. Asar bosh qahramoni yaxshi oiladan chiqqan xurosonlik fors 773 yilda Bog‘dodga otasining do‘sti mashhur qozi Abu Yusuf boshchiligidagi huquq- targ‘ibot ishiga lavozimga boradi. Bu yerda asar qahramoni poytaxtining barcha diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladi, o‘sha davrning mashhuru, taniqli kishilari bilan tanishadi. Asar qahramoni Bog‘doddagi barcha taassurotlarini Xurosonda qolgan do‘stiga xatlar orqali yozib yubradi. Asar bosh qahramoni o‘zning yuridik sohasidagi yuutuqlari tufayli xalifa al- Mahdining farzandalariga, ya’ni Muso va Xarunga ta’lim berishga chaqiriladi va ularga ta’lim beradi. Qahramon xalifa al-Mahdi nazariga tushib davlat ishlarida ham qatnasha boshlaydi. Xalifa uni Xurosonga Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish yuboradi. Va qahramon Bog‘dodga Xarun ar-Rashid xalifaligi davrida qaytib keladi va uning maslahatchisiga aylanadi. 802 yilda Xarun ar-Rashid uni franklar davlatiga Karl Buyukning xuzuriga Ispaniyadagi ummaviylar xalifaligini tugatish uchun yordam berishi so‘rab yuboradi. Qahramon safari mobaynida Kufa, Damashq, Bayrut, Marsel, Rim, Tunis, Misrni tasvirini bayon etadi. Asar qahramoni safaridan qaytishi chog‘ida Makkada xaj ziyoratiga kelgan xalifa bilan uchrashadi va Barmakiylarning qulashini, Ja’farni o‘ldirilishini 10 guvohi bo‘ladi. Lekin asar qahramonining himoyachisi Ja’afarning o‘limni eshitgan so‘ng o‘z hayotini saqlab qolish maqsadida Xurosonga qaytadi. «Bu asar romanga o‘xshamaydi, ya’ni hech qanday syujetga ega emas, xarakterlar yo‘q, xatto asarning nomi ham romanga xoslikka ega ham emas. Asarni tarixiy badiiy asar deb bo‘lmaydi. Muallif asarda tarixiy voqelarni sistematik tarzda joylashtirgan, xalifalik davrida Bog‘doddagi umumiy xolat, shaharlarning va madaniy xayotning tasviri berilgan. I.Yu. Krachkovsikiyning ta’kidlashicha Jamil al-Mudavvar asarini «Xijriy 2-asrning davlat kishisining xatlari» deb nomlasa to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb ta’kidlagan edi» 3 . Al-Mudavvar mazkur asarida o‘rta asrlardagi musulmon olamini ideallashtirgan. U o‘z asarida xalifa Xarun ar-Rashid hukmronlik davrida iqtisodiyotni taraqqiyot etganini, hatto faqat saroy emas, blaki oddiy xalqning turmushi ham yaxshiligi ko‘rsatadi, hamda xalifaning harbiy sohalardagi yutuqlari, «ezgulik va haqiqat qirolligi» sifatida aks ettirgan. Xarun – mamlakatning ideali, u mehribon, sahiy, adolatparvar, uning kambag‘al, nochorlarga jonkuyarligi ularning ishonchini, muhabbatini qozonadi. Bu yo‘nalishda J. Al-Mudavvar tarixiy faktlardan ko‘ra arablarning afsonaviy rivoyatlari izidan ketadi, ya’ni tasvirlanayotgan davrni, o‘sha davrda yashagan tarixiy shaxslarni ideallashtiradi. Farax Antun Farax Antun 1874 yilda Tripolida boy nasroniy oilasida dunyoga kelgan. U provaslav Keftin maktabida ta’lim olgan. Farax Antun yoshligidan ilmga chanqoq, ilmsevar inson bo‘lgan. 1899 yilda Farax Antun o‘zining «Usmoniylar hamkorligi» («al-Jamia al- usmoniyya») xaftalik jurnalini tashkil qiladi. 1906 yilda «al-Jamia» jurnalini chop ettirishni davom ettirish maqsadida Qo‘shma Shtatlarga ketadi. 1908 yilda yosh 3 Долинина А.А. Очерки истории арабской литературы нововго времени Египет и Сирия. Просветительский роман. 1870-1914 гг. М.: Наука, 1973. с. 65. 11 turkchilar inqilobidan keyin Misrga qaytib, u yerda ma’rifatparvarlik harakatida ishtirok etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Farax Antun avvalo faylasufdir, chunki u Sharq va G‘arb falsafasini chuqur o‘rgangan holda bir qator falsafiy asarlar yaratgan: «Ibn Ro‘shd va uning falsafasi», «Umar Xayyom», «Frensis Bekon» va boshqalar. Farax Antun falsafiy asarlardan so‘ng pand-nasihatli- falsafiy romanlarini «Din, fan va kapital yoki uch shaxar» (1903), «Zolim! Vahshiy! Yirtqich!» (1903) hamda «Yangi Yerusalim» nomli tarixiy romanlarini yaratadi. Adabiyotshunos A. Maji ta’kidlashicha, Farax Antunning «O‘limgacha muhabbat», «Tavba-tazarru oldidagi Mariya» hamda «Yangi dunyo yoki Mariya Magdalena» asarlari mavjud. Farax Antun shuningdek pesalar ham yozgan: «Yangi Misr va eski Misr», «Salohiddin yoki Yerusalimning fath etilishi», «Ko‘chaga chiqqan qizlar yoki tarkidunyo qilgan qizlar», «Sfinks harakatda» va boshqalar. Farax Antunning bir qator tarjimalari ham mavjud: A. Dyumaning «Xalq o‘g‘li», «Dahshatlar minorasi», V. Sardning «Sehrgar», Sofoklning «Shox Edip» va boshqlar. Tadqiqotchilarining fikricha, F.Antunning dunyoqarashiga G‘arb donishmandlarining falsafasining ta’siri katta bo‘lgan, shuning uchun uning dunyokarashi eklektik (qorishganlik) xarakterga ega. Adibga faylasuflardan Renan, Russo, Marks, Nisshe, Shatobrian, Jyul Simon kabi g‘arb olimlarining ta’siri katta bo‘lgan. Farax Antunning dunyoqarashi butunlay o‘zgacha bo‘lib, u islom islohatchi ma’rifatparvarlariga ham, G‘arb ma’rifatchiligining izdoshlariga ham qo‘shilmagan. F. Antun ijodida har xil lagerlarni keskin tanqid qilish ko‘zga tashlanadi. F. Antun ham J.Zaydon, Q. Amin kabi jamiyatning o‘zgartirishning yagona omilini «axloq-odobni» tubdan o‘zgartirishda ko‘radi. Xususan, F. Antun arab Sharqining inqirozi va o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy berishini ham mana shu «axloq-odob, urf-odat, ma’naviyat normalarining buzilishida» ko‘radi. «Xalqning eng asosiy islohoti, uning axloq-odobini, ma’naviyatini to‘g‘rilashdan, ayollarga 12 ilm olish imkonini berishdir, chunki ular aql-farosatli avlod tarbiyalashi lozim», deb ta’kidlagan edi F. Antun o‘zining «Uzun islohat» maqolasida. F. Antunning fikricha, arab xalqlari o‘z mustaqilliklarini qurol bilan emas, balki tinchlik, ta’lim-tarbiya, ilm bilan qo‘lga kiritishi lozim. Adib yana bir maqolasida arab xalqlari G‘arbning iqtisodiy ta’siridan qutulishi uchun arab xalqlari o‘zaro birlashib, yagona tashkilotga ega bo‘lib, o‘zining milliy qishloq xo‘jaligini, sanoatlashgan savdo kompaniyalarini tuzishi, shunindek, Eron, Afg‘oniston, Marokash bilan «boshlang‘ich mudofaa tizimini» tashkil qilishi kerak. Shuningdek F. Antun milliy ozodlik, ta’lim-tarbiya, mavzularidan tashqari ayollar mavzularida ham o‘z fikrlarini bayon etgan. F. Antun arab ma’rifatparvarlari orasida hayotda va adabiyotda «go‘zallik» muammosiga e’tibor qaratgan birinchi adib xisoblanadi. Uning fikricha, «Go‘zallik hissi», «Ezgulik hissi» va «Adolat hissi» kabi go‘zalliklar inson ruhiy faoliyatining asosida mavjud bo‘lib, insonni buyuk ezgu ishlarga undaydi. F. Antun ko‘ngilochar, shahvoniy asarlarni keskin tanqid qiladi, uning fikricha, bunday asarlar o‘quvchiga hech qanday foyda bermaydi. F. Antun badiiy asarlardagi an’naviylikka, ya’ni tashqi go‘zalikka, jimjimadorlikka, ortiqcha bo‘rttirishlarga, bezatishlarga qarshi chiqadi. Uning fikricha, yozuvchi borliqni qanday va nimani his qilsa, nimani o‘ylasa ana shunday yozishi kerak. Adib adabiy asarlarni lahja va shevalarda yozilishiga qarshi chiqib, badiiy asar sof arab adabiy tilida yozilishi kerak. Uning fikricha arab adabiy tilini o‘tkir zehn bilan qo‘llash lozim: tilni eski so‘z va iboralardan tozalash, yangi, sodda, tushunarli stilni, notiqlik san’atini topish va shakllantirish kerak. Ana shunda til yengil va egiluvchan va zamon talablariga javob bera oladi. «Din, Fan va Kapital yoki uch shahar» romani F. Antuning mazkur asari aniqroq aytganda falsafiy traktat (asar) hisoblanadi. Yozuvchi mazkur romanda original syujet yaratishga intilmagan. Romanda bosh 13 qahramoni Xalim 3 ta utopik shahar bo‘ylab sayohat qiladi, ya’ni roman sayohat janrida yaratilgan. F. Antuning mazkur sayohat romanining o‘zidan oldin yaratilgan mana shu tipdagi romanlardan farqi shundaki, asarda joy-makonlarning aniqligi, faktlarning, urf-odatlarning tasviri kamroq berilgan, asar qahramonlari o‘z sayohatlari davomida har xil insonlar bilan uchrashuvi orqali falsafiy-siyosiy g‘oyalarning to‘qnashuvini aks ettirgan. Asar bosh qahramoni Xalim sayohat kilgan shahar utopik (misoliy, hayoliy) bo‘lib, lekin yozuvchi bu utopik shahar ramziy bo‘lib, shahar orqli zamonaviy jamiyatning suratini tasvir etgan. Bu utopik shaharning bunyodga kelishi tarixiga kelsak, Sulaymon ismli shayx kutilmaganda boyib ketadi va Fure Falangasiga (Falanga- jamoa- Sh.Furening utopik ta’limotidagi jamoa) o‘xshash jamoa tuzishga qaror qiladi va juda katta yer sotib oladi va ishsizlarni yig‘ib yerga ishlashga qo‘yadi. Sulaymon ularga yer xo‘jaligini, kasb-xunarni o‘rgatadi, ularga qonun tuzadi, hokimiyat, sud, harbiy tizim tashkil qiladi. Natijada Sulaymon tuzgan yangi jamoa rivojlanib taraqqiy etib ketadi. Lekin asarda mana shu shaharni tuzgan Sulaymon obrazining o‘rni aniq berilmagan, u faqat jamoa tuzadi va odamlarga ijtimoiy kamchiliklarsiz yashashni o‘rgatadi yoki jamoa vakillarini yollanma ishchi sifatida ekspluatatsiya qiladi. Shunday qilib bu shahar yashovchilarining soni ko‘payib, shahar katta davlatga aylanadi. Yangi avlod katta matearial va ma’naviy ehtiyojlar bilan o‘sadi. Ularning ba’zilari savdo-sotiq bilan, ba’zilari ilm-fan, adabiyot bilan, yana ba’zilari din bilan shug‘ullanadi. Natijada aholi o‘rtasida tushunmovchiliklar kelib chiqadi, tezlikda jamoa, 3 ta shaharga bo‘linib ketadi: Din shahri, fan shahri va kapital shahri. Bu shaharlarning har birida o‘zining ijtimoiy muammolari paydo bo‘lib, shaharlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqadi va vaziyat keskinlashadi. Mana shunday parokandalik, tarqoqlik vaziyatida shaharga asar bosh qahramoni Xalim sayohat qiladi. Xalim esa o‘z do‘stlari bilan adolat izlab sayohatga chiqqan edi, ular mana shu uch shaharning dovrug‘ini eshitib, shaharlarga kelishgan edi. Xalim bu 14 shaharlarning «yerning jannati» yoki «gunohlardan va nuqsonlardan forig‘ shaharlar» deb o‘ylaydi. Xalim va uning do‘stlari bu shaharlar bo‘ylab sayohati davomida shahar hokimining 5 nafar qizlari bilan uchrashishadi va ular o‘rtasida muhabbat uyg‘onadi. Romanda bu ishqiy liniya ikkinchi darajali bo‘lib, romanni qiziqarli chiqishi uchun qo‘shilgan. Xalim shaharliklarning har xil guruxlari: ishchilar, savdogarlar, olimlar, madaniyat xodimlari o‘rtasidagi majlisda ishtirok etadi. Majlisda ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasidagi munosabatlar, foyda-daromadning teng taqsimlanishi, ishlab chiqarilgan mahsulotga egalik va boshqa shu kabi muammolar muqokama qilinadi. Bahs-munozara, kelishmovchilik kuchayib ketadi va natijada shaharlar alanga ichida qoladi. 3ta shahar yonib ketadi, bu shaharlardan faqat Xalim va uning do‘stlari uchrashgan 5 nafar qiz tirik qoladi. Xalim va uning do‘stlari qizlarga uylanishib shaharlarni tiklashni boshlaydilar, lekin endi shaharlarni «muhabbat va do‘stlik, ittifoqlik» va «to‘liq xotirjamlik» asosida barpo etishadi. Lekin roman yakunidagi Xalim va uning do‘stlari tuzgan yangi davlat qanday bo‘lishi o‘quvchiga ham, yozuvchiga ham ma’lum emas. F. Antun roman oxirida «Bilmaymiz, bizga hali hech kim yerda ko‘rmagan bu jannatiy hayotni tasvirlash imkoni qachonlardir imkoni bo‘ladimi yoki yo‘qmi? », degan fikr bilan yakunlaydi. F. Antun mazkur romanida fuqarolarning yig‘ilishidagi o‘zaro bahs- munozaralar markaziy o‘rninda turadi, yozuvchi bu o‘zaro kelishmovchiliklar, ziddiyatlar tasvirlash orqali o‘sha davr jamiyatidagi turli kasb egalarining fikr- mulohazalarini, qarashlarini aks ettirgan. «Zolim! Vahshiy! Yirtqich! Yoki Livan Kedriga sayohat» romani Mazkur roman «Uchta shahar» romanidan tubdan farq qiladi. «Uchta shahar» romanida «boy-kambag‘al», «kuchli va zaif» masalasi ko‘tarilgan bo‘lsa, bu romanda esa ma’naviyat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ko‘tarilgan bo‘lib, gumanizm ruhi ufurib turadi. 15 F. Antun mazkur romanida ham sayohat janridan foydalangan bo‘lib, Kalim va Salim ismli yigitlarning Livan Kedriga - tog‘ga sayohati hikoya qilinadi. Yigitlar sayohat mobaynida turfa olam kishilar bilan uchrashib har xil mavzularda, moddiy va ma’naviy hayot, insonlarning o‘zaro munosabatlari, jonzotlar dunyosi, tabiat, din, e’tiqod, ezgulik, yovuzlik kabi turli mavzularda suhbat qurishadi. Romandagi Salim va Kalim obrazlari ikki har xil qarashning timsolidir. Salim romantik-idealist bo‘lsa, Kalim istehzoli-rasionalistdir. F. Antun bu ikki obraz orqali ezgulik va yovuzlik to‘g‘risidagi ham rasional, ham idealistik-romantik qarashlarni bayon etgan. Yozuvchi birgina monaxlar va monastrlar haqidagi yigitlarning ikki xil fikrini mohirona bayon etgan. Salim fikricha, monaxlar, ruhoniylar va monastrlarning insoniyatga, jamiyatga foydasi katta, ular insonlarni to‘g‘ri, hidoyat yo‘liga boshlaydi, deya Salim ularning ideal suratini chizadi. Kalim esa ularning real tomonini ko‘radi, uning fikricha, monaxlar dangasa, ishyoqmas, hayr-sadaqaga kun kechiradi, ular qonxo‘r zolim, zuluk, ya’ni ular insonlarning ruhiy poklanishi chog‘ida ularning qonini so‘radilar. F. Antun Salim va Kalim obrazlari orqali idelistik va realistik dunyoqarashni aks ettirgan. Shu tariqa Salim va Kalim sayohatlari davomida adolatsizlikdan, tengsizlikdan, mehrsizlikdan azob chekayotgan odamlar bilan uchrashishadi. Yozuvchi insonlarning bir-birlariga qilayotgan munosabatlari orqali ularning hayovonlarga xos yirtqich, vahshiy xarakterlarini ko‘rsatgan. Yozuvchining fikricha har bir insonda hayvoniy va insoniy xislatlar mavjud va ulardan biri ikkinchisidan ustun keladi. F. Antun mazkur asari orqali yovuzlikka qarshi kurashishda kechirim va mo‘minlik, yumshoqlikni taklif etgan. Bu g‘oyalar xristian dinining asosiy g‘oyalaridan hisoblanadi. Romanda bu g‘oyalar boshqacharoq aks etib, yovuzlikni yengish uchun inson sabrli, barqaror va qat’iyatli bo‘lishi kerak. Suriya adabiyotida hikoyanavislikning vujudga kelishi Reja: 16 1. Suriya adabiyotida hikonavislik genezisi. 2. Suriya hikoyanavisligida romantizmning vujudga kelishi. 3. Suriya hikoyanavisligida realizmning vudjudga kelishi. Mamlakatdagi ma’naviy hayotni junbushga keltirgan Uyg‘onish jarayoni adabiyotda ham jonlanishga olib keldi. Boshlanishda jur’atsizlik va qat’iyatsizlik bilan boshlangan adabiy yangilanish harakati asta - sekin barcha sohalarda yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Bu harakat yangi davrdagi ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti tufayli yuzaga chiqqan keng miqyosdagi tarixiy - adabiy jarayon doirasida davom etdi. Adabiyot sekin - asta o‘zining elitar xarakterini yo‘qotib bordi. Vaqtli matbuot, kitob nashrining yo‘lga qo‘yilishi, Yevropa yozuvchilari asarlaridan qilingan tarjimalarning ko‘payishi adabiyot vazifalarining tubdan o‘zgarishiga olib keldi, adabiyotni ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylantirdi. Adabiyotda dunyoviylik birinchi o‘ringa chiqdi: hayotiy tuyg‘ular, voqeiy turmush haqidagi oqilona mulohazalar kitoblar sahifasidan mistikani, taqvodorlik kayfiyatlarini, mavhum nasihatgo‘ylikni siqib chiqardi. Adabiyotning an’anaviy janrlari - qasida, maqola, g‘azal o‘z o‘rnini yangi - hikoya, roman, drama janrlariga bo‘shatib berdi. Hikoya janri arab adabiyoti uchun yangi va uning kelib chiqishi haqidagi masala mubohasili hisoblanadi. Ba’zi bir arab adabiyotshunoslari va tanqidchilari arab hikoyachiligi Qur’on va o‘rta asr maqomalaridan boshlangan, deb hisoblashadi. Boshqalar (Yahyo Haqqiy, Saloh Dixniy) arab novellasining ildizini Yevropaga nisbat berishadi. "Evropadan esgan shabadalar, - yozadi Yahyo Haqqiy, - arab tuprog‘iga novellarning ajoyib urug‘larini olib keldi. U bilan tanishuv dastlab tarjimalar orqali yuzaga keldi." 2 Bizningcha Suriyaning taniqli yozuvchisi Abdussalom al-Ujaylining fikri haqiqatga yaqinroqdir. U Suriya hikoyachiligiga nafaqat Yevropa yozuvchilarining 2 Иностранная литература. 1960. №9. С.281. 17 novellalari, balki maqoma, "1001 kecha ertaklari" kabi an’anaviy janrlar ham katta ta’sir ko‘rsatgan, deb hisoblaydi. Suriya hikoyachiligining ilk boshlovchilari sifatida Fransis Marrash, Nu’man al- Kastali, Shukri al-Asali, Antuan as-Sakala nomlarini zikr etish lozim. Ilk suriyalik novellistlari o‘z ijodida jamiyatning dolzarb masalalarini qalamga oldilar. Ularning asarlarida tenglik, Suriyaning siyosiy istiqloli haqidagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari o‘z aksini topdi, ular musulmon ayolining oilada, jamiyatda tutgan o‘rni masalasini kun tartibiga qo‘ydilar, bu davr asarlarida asta - sekin yangi uslubga, sodda va tushunarli tilga o‘tish jarayoni kuzatiladi. Publisistik uslub, didaktika, ochiqdan - ochiq pandgo‘ylik Marrashning ham, Kastalining ham, al-Asalining ham asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Suriya Fransiya tasarrufiga o‘tdi. Yangi tarixiy sharoit, madaniyat, ideologiya tizimidagi o‘zgarishlar, fransuzlar ta’siridan o‘zini saqlashga intilish, milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi yozuvchilar oldiga yangi vazifalar qo‘ydi. Bu jihatdan "Arab akademik yozuvchilarining ilmiy jamiyati" (ar- Rabita al-adabiya - 1921) faoliyati diqqatga sazovordir. Jamiyat a’zolari arab tili muammolarini, arablarning ko‘p asrlik tarixini, ularning ilmiy va madaniy merosini o‘rganishga alohida diqqat qilar ekanlar, bu orqali suriyaliklarning milliy o‘zligini anglashiga, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga, arab tilidagi adabiyotni yoyishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdilar. Adabiyotga XX asrning 20- 30 yillarida kirib kelgan yozuvchilar ularga qarshi turdilar. Ammo Yevropa yozuvchilari asarlari, Suriya - Amerika muhojirlar adabiy maktabi an’analari ta’sirida shakllangan bu adiblar jamiyatni o‘zgartirish haqidagi inqilobiy g‘oyalariga ergashib, qadimparastlarni tanqid qilishar, ularni dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqadigan yangi adabiy janrlarda asar yaratishga da’vat etdilar. Fuad ash- Shaibning realistik hikoyalari yaratilishiga hali ikki o‘n yillik muddat o‘tishi lozimligiga qaramay aynan ana shu davrda adabiyotning jamiyat hayotidagi vazifasini yangicha baholashga, voqelikni yangi shakllarda ifodalashga qaratilgan harakat yuzaga kelgan edi. 18 Suriyada hikoya janrining rivojlanishiga Ma’rif al-Arnaud, Xalil Hindavi, Idvar Murkas va boshqalarning tarjimonlik faoliyati ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Suriyada realistik hikoya janrini boshlab bergan Fuad ash-Shaib bunday yozgan edi: "Men yozishdan ko‘ra ko‘proq o‘qishni xush ko‘radigan yozuvchilar avlodiga mansubman. Oldiniga biz asotiriy adabiyotni o‘qir edik. Keyin Shekspirni, Rasinni, Karnelni o‘qidik, undan keyingina Volterni, Russoni, Fransni, Zolyani, Mopassanni bilib Dostoyevskiyni bilmaslik mumkinmi? Axir, bizni Tolstoy, Turgenev, Pushkin tomonga yetaklagan shu emasmi? Axir, arab novellisti jahon adabiyotida bu janr bosib o‘tgan yo‘l bilan tanishmasdan turib arabcha hikoya yozishga kirishishi mumkinmidi?" 3 Suriyada hikoya janrining tug‘ilishi va rivojlanishida matbuotning roli katta bo‘ldi. Aynan matbuot sahifalarida bu yangi janr sinovdan o‘tkazildi. o‘quvchilarning keng doiralariga mo‘ljallangan, hajman matbuotga mos hikoya janri Suriya ziyolilarining ilg‘or qatlamlari g‘oyalarining targ‘ibotchisiga aylandi. Gazeta va jurnallar orqali Suriyalik o‘quvchilar Misr va Livan yozuvchilari asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Suriyada hikoya janrining shakllanishiga sabab bo‘lgan omillar haqida so‘z yuritilidigan bo‘lsa, albatta, Suriya - Amerika maktabi yozvchilari haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Jubron Jalil Jubron, Amin ar-Reyhani, Mixail Nuayme va boshqalar ijodi yangi arab adabiyotining rivojlanishiga barakali ta’sir ko‘rsatdi. Adabiyot 20-30 yillarda romantik yo‘nalishda rivojlanib bordi va bu hol so‘zsiz g‘arb adabiyoti ta’sirida yuzaga keldi. G‘arbiy Yevropa modernizmi Suriya milliy sharoitida romantizm xislatlarini o‘zida ifoda etdi. Romantik yo‘nalishdagi asarlar, odatda, o‘ta tushkunlik ruhida edi. Bunga tarixiy sharoit ham sabab bo‘lgan edi. Jamiyatdagi ilg‘or kuchlar umid bog‘lagan 1925-27 yillardagi isyonning mag‘lubiyati liberal millatchilikning tanazzuliga sabab bo‘ldi. Uning mafkurachilari - romantik adabiyot vakillari vujudga kelgan sharoitdan qutulish yo‘lini topa olmadilar va bu holat ularning ijodida aks etdi. 3 Мустафо Шокир. Иккинчи жаћон урушидан олдинги даврдаги Сурия ћикоянавислиги. Ќоћира. 1958. Б.47. 19 Subhi Abu G‘anim, Sami al-Qayali hikoyalarida ishqiy-maishiy mavzular yetakchilik qildi. Abu G‘onimning "O, tun", "G‘am", "Men va she’riyat", "Yig‘lama" nomli asarlari qahramonlari irodasiz, bo‘shang, hayotdan bezgan odamlar. Ular o‘z shaxsiy kechinmalarining biqiq doirasida cheklanib qolganlar, atrofdagi voqelik ularni faqat iztirobga soladi, ularda yovuzlikka qarshi kurash intilishni qo‘zg‘atmaydi. Ular yoki tabiat qo‘ynida taskin topadilar yoki mavhum xayollarga beriladilar. Suriyalik tanqidchilar hikoya janrida realistik unsurlarning paydo bo‘lishini Ali Xalqi nomi bilan bog‘laydilar. Ali Xalqi o‘z zamonasi adabiyoti haqida fikr yuritar ekan, o‘z ijodining ma’naviy va estetik manbalariga ishora qiladi: "Biz mamlakatning ruhiy ozodligi, siyosat haqida gapirdik, adabiyotdagi konservatorlar va novatorlar kurashi borasida bahslashdik. Men Toho Xuseyn, Salama Muso, Ismoil Mazhar asarlarini berilib o‘qidim... Men Pushkin, Dostoyevskiy, Gorkiy, Bayron hayoti va ijodini chuqur o‘rgandim." 4 Ali Xalqiyning real voqelik manzaralarini haqqoniy tasvirlovchi hikoyalari sevib o‘qilar edi. «Qiz» hikoyasida ("Bahor va kuz" to‘plami, 1931) Ali Xalqi muhabbat asosida oila qurishni yoqlab chiqadi. «Tanus amaki» hikoyasida esa urf- odatlar, eski sarqitlarni, hayotda feodal urf-odatlarni saqlashga intilishni tanqid qiladi. Ali Xalqi hikoyalarida o‘zidan oldingi ijodkorlardan farqli ravishda bosh qahramon obrazini ochib berishga ko‘proq diqqat qaratadi. Buning uchun u har xil badiiy usullardan (dialog, monolog, portret chizgilari) foydalanadi, bu esa o‘z navbatida sekin - asta Suriya hikoyanavisligidagi bayonchilik unsurlarini surib chiqardi. Muhammad an - Najjor hikoyalarida ("Damashq koshonalarida", 1937) burjuaziya va ruhoniylarning riyokorligi, ikkiyuzlamachiligi ochib tashlanadi. Muallif o‘z davriga nisbatan jasorat bilan shaxs erkinligi haqidagi g‘oyalarni ilgari suradi, ayrim zadagonlar va burjuaziya qatlamlaridagi molparastlikni tanqid qiladi. Suriya realistik hikoyanavisligining shakllanishida Fuad ash-Shaibning ulushi salmoqlidir. U ham oldin zikr etilgan adiblar kabi professional yozuvchi emas edi. 4 Мустафо Шокир. Иккинчи жаћон урушдан олдинги Сурия ћикоянавислиги. Б.277. 20 Shunga qaramay uning oz sonli hikoyalari ("Jarohat tarixi" thikoyalar to‘plami, 1944) va "Amaldorning pullari" romani uning ajoyib yozuvchiligini ko‘rsatdi. Fuad ash - Shaib hikoyalarida ilk bor mehnat kishisi tasvirlandi. Bu och - nahor Hamidan va aravakash Juma ("Mashinaning o‘limi", "Ro‘za tugagunga qadar"). Ammo insonlarning azob - uqubati muammosi yozuvchini ijtimoiy jihatdan emas, ko‘proq psixologik planda qiziqtiradi. Muallifni ko‘proq och - nahor Hamidanning ijtimoiy ahvoli, ehtiyojlari emas, balki ovqat topish ilinjida sargardon yurganidagi ruhiy holati qiziqtiradi. Ash - Shaibning xizmati shundaki, u hikoya janrini mazkur janrni xarakterlaydigan xususiyatlari bilan adabiyotga olib kirdi. Uning asarlaridan ilgarigi adabiyotga xos didaktika, safsatabozlik yo‘qoldi. Shaib hikoyalarining kompozisiyasi ravon va uyg‘un. Voqealar tabiiy ravishda kechadi, qahramonlar xatti - harakati mantiqan o‘zaro bog‘liq. Asar g‘oyasini ochishda yozuvchi tashqi detallar, nafis chizgilardan unumli foydalanadi. "Qariqiz" hikoyasidagi bosh qahramon - Nur deyarli gapirmaydi. Ammo yozuvchining qisqagina replikalaridan o‘quvchi Nurning tanholigi, singlisiga hasad qilishini bilib oladi. "O‘lim farishtasi" hikoyasida bir vaqtning o‘zida ham eri, ham o‘g‘li o‘lim tushagida yotgan ayol obrazini tasvirlar ekan, yozuvchi uning pala- Download 432.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling