маъруза соат


Monoteizm (yunon) – yakka xudolik, faqat bitta xudoga sig’inuvchi,  birgina xudoni e’tirof etuvchi diniy e’tiqod.  Migratsiya


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana10.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1659584
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari

Monoteizm (yunon) – yakka xudolik, faqat bitta xudoga sig’inuvchi, 
birgina xudoni e’tirof etuvchi diniy e’tiqod. 
Migratsiya (lotincha) – ko’chish, joyni o’zgartirish, aholini bir joydan 
ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chirish. 
Oykumena (yunon) – joylashtirish; yer sharining ba’zi qismlariga 
odamlarning dastlabki joylashuvi. Ma’lum hududiy ijtimoiy xo’jalik 
madaniy muhitining kompleks tushunchasi. 
Relyef (lotin. relyefo- ko’taraman) - haykaltaroshlikning bir turi. Shakl, 
tasvir fon (zamin) dan bo’rttirib yoki, aksincha, o’yib hosil qilinadi. 
Relefning asosiy turlari: barelyef va gorelyef.
San’at – arabcha atama bo’lib, hayotdagi narsa va hodisalarni badiiy 
obrazli tarzda aks ettiruvchi ma’naviy madaniyatning tarkibiy g’ismi. U 
tasviriy va amaliy san’at, musig’a, me’morchilik, teatr, kino, badiiy 
adabiyotni o’z ichiga oladi. 
Tabaqa – meros bo’lib o’tgan kasbi va jamiyatdagi alohida(ko’pincha 
yuridik jihatdan mustahkamlangan) mavqei bilan bog’langan shaxslar 
guruhini aks ettiradi.
Tasviriy san’at - san’at turi. Rassomlik san’ati, grafika, 
haykaltaroshlik va foto san’ati sohalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy 
san’at real borliqni ko’rgazmali obrazlarda, mavjud narsalarni ularning 
tabiiy shakli, o’rni va boshqalarni o’ziga o’xshatib, umumlashtirib va 
tipiklashtirib ifodalaydi, predmetlarning hajmi,o’zaro qanday masofada 
joylashgani va boshqalar to’g’risida tomoshabinda tasavvur hosil 
qiladi.
Terrakota (lot. terra – yer va cotta - qizdirilgan) – kulollikda 
ishlatiladigan loy va shunday loydan tayyorlab olovda qizdirilgan 
mahsulot, sopol. Ro’zg’orda (idish va buyumlar), haykaltaroshlik va 
qurilishda (sopolak, parchin, arxitektura detallari) ishlatiladi. Terrakota 
tayyorlash uchun, odatda, tarkibi va rangi bir hil tuproq tanlanadi. 
Shakl berishda yog’och va gips qoliplar ishlatiladi. Koshinning ayrim 
xillari ham terrakotadan tayyorlanadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling