маъруза соат
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integratsiya
Iyerixon — O’lik dengizning shim.-g’arbida, Iordan daryosi
vodiysida joylashgan shahar. Mil. av. 7—2-ming yillikda Falastindagi qadimgi manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qo’sh devori bo’lgan shahar xarobasi (mil. av. 18—16- a.lar), maqbaralar ochilgan. Mil. av. 2-ming yillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga ko’ra, Iyerixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan («iyerixon karnaylari») qulab tushgan. Integratsiya (lotincha) – tiklanish, to’ldirish, turli xalqlarning birlashuvi, turli etnoslarning bir hududda etnik-madaniy aloqalarni o’rnatish jarayoni. Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o’zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo’llaniladi. Tor ma’noda madaniyat atamasi kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. «Madaniyat» arabcha madina (shahar) so’zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — ko’chmanchi holda dashtu saxrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda o’troq holda yashab, o’ziga xos turmush tarziga ega bo’lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Me’morlik, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san’ati. Me’mor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uy-joylar, me’moriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Axoli yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish b-n M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shug’ullanadi. Tabiat 153 manzaralari b-n bog’liq muhitni bunyod etish, bog’lar yaratish sohasi bog’sozlik (bog’-park) san’atidir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling