Windows Movie Maker dasturi yordamida video fayllar yaratish mumkinligini ko„rib chiqdik,
ma‟lum bo„ldiki uning imkoniyatlari qisman chegaralangan ekan. Shunday video fayllarni
yaratishga to„g„ri keladiki, uning uchun professional video tahrirlagichlar kerak bo„ladi.
Ma‟ruzamizning yuqori qismida bunday tahrirlagichlardan bir nechtasini keltirib ular orasidagi
farqlanish tafovutlarini ham sanab o„tdik. Shunday tahrirlagichlardan biri Corel Video Studio
Pro video tahrirlagichi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Corel VideoStudio Pro video tahrirlagichi
Corel VideoStudio Pro tahrirlagich video fayllarga ishlov berishga, yani video olish
qurilmasidan zaxvat qilish, videolarni tahrirlash imkonini beradi. Dastur 100 dan ortiq effekt va
filtrlardan, yozuvlarga animatsiyalar va sodda musiqalar bilan taqdim qilingan.
Corel VideoStudio Pro dasturini ishga tushiramiz. Buning uchun kompyuter ish stolidan
Corel VideoStudio Pro yorlig„ini ikki marta bosish bilan, yoki “Пуск” tugmasidan dastur
joylashgan qatorni tanlash oqali ishga tushiriladi. VideoStudio yuklanganidan so„ng tahrirlash
ishlarini olib borish ish maydoni paydo bo„ladi:
1. Bosqichlar paneli. “Захват”; “Правка”; “Выпуск” bo„limlardan iborat bo„lib, video materialni
hosil qilish uchun bosqichma – bosqich ish olib boriladi.
Bu bosqichda kompyuter, video tasvirga olgich yordamida tasvirga
tushirilgan video fayllar to„g„ridan to„g„ri kompyuterning qattiq diskiga
saqlanadi.
Bu bosqich barcha tahrirlas ishlari, videoga ishlov berish: qirqish,
birlashtirish, effektlar, filtrlar qo„shish, yozuvlar va ularga animatsiyalar
berish imkonini beradi.
Bu bosqich tayyor bo„lgan proyektni kompyuter xotirasiga yoki to„g„ri DVD
disklarga yozish imkonini beradi.
2
1
3
5
4
2. Menyular paneli. “Файл”, “Правка”, “ Инструменты” va “Параметры” menyulardan iborat
bo„lib, har birida bir qancha buyruqlar jamlanmasi bor. Ular yordamida mavjud proyektlarni
ochish, saqlash, shablonlar yaratish, ishchi maydonni sozlash, nusxalash va hakazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |