Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja
Download 1.58 Mb.
|
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Folksonomiya
Web-sindikasiya (RSS va Atom texnologiyalari asosida) – axborot (audio- va video shular
qatorida)ning turli sahifa va Web-saytlarga bir vaqtning o‗zida tarqalishi. Web mash-up – boshqa manbalardagi axborotlarni to‗liq yoki qisman jalb etgan holda foydalanuvchiga yangi imkoniyatlar beruvchi servis. Shu bilan birga Web mash-up boshqa Web mash-up servislar uchun ham manba bo‗lishi mumkin. Bunda bir biriga bog‗langan va bir biri bilan integrasiyalashgan to‗r hosil bo‗ladi. Teglar – ko‗rilayotgan obyektni ta‘riflovchi yoki uni biron kategoriyaga kirituvchi kalit so‗zlar. Ularga obyektning boshqa obyektlar qatorida o‗rnini ko‗rsatuvchi belgi sifatida ham qarash mumkin. Folksonomiya – Inglizcha folk – (xalq) + taxonomy – (taksonomiya) so‗zlaridan kelib chiqqan. Teg orqali Web-sayt axborotini (ishorat, surat, video va h.k.) turlash. Ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minoti – Web foydalanuvchilarga axborot almashish va birgalikda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar ko‗lami. Web 2.0 ning kamchiliklari: Internetga doimo ulangan bo‗lishi; Saytlarning imkoniyatlari ularni yaratgan kompaniyalarga bog‗liqligi; Servislarning ish sifati boshqa ko‗plab kompaniyalarga bog‗liqligi; Mavjud Web-infrastrukturalarining murakkab hisob-kitob vazifalarni bajarishdagi imkoniyatlarining cheklanganligi; Boshqa serverda saqlanayotgan shaxsiy ma‘lumotlarga ruxsat so‗ramasdan egalik qilish. Meshaplar. Meshap (Mashup) - yagona integrasiyalashgan instrumentlar doirasida bir nechta manbalardan olingan ma‘lumotlarni birlashtiruvchi gibrid Web-ilova. Meshap kontentni odatda tashqaridan ochiq interfeyslar, Web-servislar, Web-manbalardan (masalan, RSS yoki Atom) yoki boshqa dasturlar tomonidan generasiyalashtiriladigan hujjatlarni tahlil etish orqali oladi. Odatda meshaplar Amazon, eBay, Flickr, Google, Microsoft, Yahoo va YouTube larning dasturiy interfeysarini ishlatadi. Meshap arxitekturasi 3 qismdan iborat: kontent provayderi – ma‘lumotlar manbayi; meshapning o‗zi – unga tegishli bo‗lmagan manbalardin foydalangan holda yangi imkoniyatlarni beruvchi Web-ilova; kliyent – meshapning Web-sahifasini aks ettiruvchi Web-brauzer. Turli meshaplar RSS, Web-servislar, pochta xabarlari generasiya qilishi mumkin. Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga maxsus Microsoft Popfly saytini taqdim qiladi. Bu sayt foydalanuvchilarga Web-sahifalarni yaratish, dastur kodi fragmentlarini (qayta ishlatish uchun) va Microsoft Silverlight ko‗magida ishlaydigan ilovalarni ishlab chiqish paketi yordamida meshaplarni yaratish imkonini beradi. Saytda Microsoft Silverlight ga asoslangan to‗rtta instrument mavjud: O‗yinlar ishlab chiquvchilar Meshaplarni ishlab chiquvchilar Web-sahifa ishlab chiquvchilar Popfly Space – foydalanuvchilar uchun tayyor meshap va Web-sahifalarni joylashtirish mumkin bo‗lgan makon. Ijtitmoiy tarmoqlar uchun ilovalar ―Ijtimoiy Web‖ (Social Web) tushunchasi WWW tarmog‗i yordamida foydalanuvchilarning bir-biri bilan muloqoti va ularning hamkorligi tushuniladi. Foydalanuvchilarning birlashishiga ularning turlicha qiziqishlari asos bo‗lib xizmat qiladi. Ijtimoiy dasturiy ta‘minot – bu foydalanuvchilarning hamkorligini va ma‘lumot almashishiga imkoniyat beruvchi keng miqyosdagi dasturlar tizimi. Bu kompyuter vositaligidagi ijtimoiy hamkorlik usuli ayniqsa MySpace, Facebook, Odnoklassniki, v kontakte.ru ijtimoiy saytlar, Flickr va YouTube media saytlar, eBay tijorat saytlari kabi ijtimoiy saytlarning paydo bo‗lishidan keyin ommalashib ketdi. Bunday ilovalarning ko‗pi umumiy xususiyatlarga ega: ochiq API, servisga yo‗naltirilgan dizayn, masofadan turib ma‘lumotlarni kiritish imkoniyati va h.k.z. Bunday ilovalarni Web 2.0. tizimiga mansub deb qaralishi qabul qilingan. Ijtimoiy dasturiy ta‘minot ichida ikki guruh instrumentlarini ajratish mumkin: kommunikasion va interaktiv: Kommunikativ instrumentlar matn, audio va video formatdagi ma‘lumotlarni yozib olish, saqlash va taqdim qilish uchun ishlatiladi. Interaktiv instrumentlar asosiy urg‗uni foydalanuvchilar orasidagi aloqaga va ular orasidagi muloqot mexanizmiga beradi. Kommunikativ instrumentlar asinxron bo‗ladi, interaktiv instrumentlar esa sinxron bo‗lib, real vaqt rejimida foydalanuvchilarning hamkorligini ta‘minlaydi (m-n, Internet-telefoniya, videochatlar va boshqalar). Ijtimoiy dasturiy ta‘minotga dasturiy tizimlarni misol qilib keltirish mumkin: Tezkor ma‘lumotlar bilan almashish tizimi ( IM - Instant messaging ) tarmoq orqali boshqa foydalanuvchilar bilan real vaqtda muloqotda bo‗lish imkoniyatini beradi (nisbatan muhofaza qilingan rejimda). Ularning ommaboplari-Skype, ICQ, Yahoo! Messenger, MSN Messenger, AOL Instant Messenger, Miranda IM. Biznesga yo‗naltirilgan tizimlar - IBM Lotus Sametime, Microsoft Messenger, Jabber. Internet-chatlar ( IRC - Internet Relay Chat ) bir nechta foydalanuvchilarga barovariga real vaqtda muloqot qilish imkoniyatini beradi. Internet-forumlar elektron konferensiyalarning o‗rniga kelib, foydalanuvchi boshqalar uchun yangi mavzular yaratishi mumkin. Foydalanuvchilar mavzuni ko‗rib chiqib o‗zining fikrmulohazalarini yozishi mumkin. Web-bloglar ( web logs ), yoki qisqacha ―bloglar‖, ba‘zi foydalanuvchilarning shaxsiy onlayn jurnallari sifatida etirof etiladi. Blog egasi xabarlarni o‗zining jurnaliga joylashtirishi mumkin, foydalanuvchilar esa ularga o‗zining munosabani sharh (kommentariy) sifatida berishi mumkin. Viki-ma‘lumotnomalar ( wiki ), yoki vikilar, - bu aslida Web-saytlar bo‗lib, uning mazmuni unga kirgan foydalanuvchilar tomonidan o‗zgartirib borilishi mumkin. Bunga eng yaqqol misol – Vikipediya. Ijtimoiy servis tarmoqlari foydalanuvchilarga umumiy qiziqishlari atrofida on-layn rejimda birlashish imkoniyatlarini berishi mumkin. Masalan, ba‘zi saytlar servislari hamkorlik qidirish maqsadida shaxsiy ma‘lumotlarni ommalashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, LinkedIn, V kontakte. Qaror qabul qilish ijtimoiy tarmoqlari – qaror qabul qilish uchun muhokamalar uchun mo‗ljallangan Web-saytlar. Mas‘ul shaxslarning hukumat vakillari bilan doimo muloqatda bo‗lish uchun o‗rnatiladi. Tijorat ijtimoiy tarmoqlar asosan biznes bilan bog‗liq jo‗natmalar, muayyan maxsulotga bo‗lgan ijobiy fikrni shakllantirish, uni yaxshilash va h.k.z. Bu orqali maxsulot to‗g‗risida ma‘lumotni iste‘molchiga to‗liq yetkazish imkonini beradi, maxsulotning bozorga kirib kelishi, iste‘molchining maxsulot sotilishidagi ishtirokini ta‘minlaydi. Ijtimoiy zakladkalar (social bookmarking) – ba‘zi Web-saytlar foydalanuvchilarga boshqalar uchun ommabop Web-saytlar ro‗yxatini taqdim qilish imkonini beradi. Masalan, del.icio.us. Ijtimoiy katalogalar (social cataloging) – akademik sohaga yo‗naltirilgan bo‗lib, ilmiy maqolalardagi sitatalar bilan ishlashga mo‗ljallangan. Masalan, Academic Search Premier, LexisNexis Academic University, CiteULike, Connotea. Ijtimoiy kutubxonalar – bu ilovalar bo‗lib, foydalanuvchilar unda kolleksiya, kitob, audio, video resurslarga ega bo‗lish imkonini beruchi ishoralar joylashtiriladi. Masalan, discogs.com, imdb.com. Ko‗p foydalanuvchilarga mo‗ljallangan tarmoq o‗yinlari (Massively Multiplayer Online Games) ochkolar, daraja, musobaqadorlik, yutganlar va yutqizganlarni hisob-kitob qilib beruvchi virtual dunyoni imitasiya qilish tizimi. Masalan, World of Warcraft. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling