Maruza: yassi


Download 57.44 Kb.
bet10/11
Sana13.04.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1350693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 MARUZA

Sestodsimonlar (Cestodaria) sinfi. Tsestodsimonlarning tuzilishi ko’p jihatdan tasmasimonlarga o’xshash, hazm qilish sistemasi bo’lmaydi. Ulardan bir qancha belgilari bilan farq qiladi. Ularning likofora balki 10 ta embrional ilmoqlar bor. Lichinka serkomerasi ko’pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi. Barcha sestodsimonlarning tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan, jinsiy apparata ham bitta bo’ladi. Jinsiy sistemasi germafrodit bo’lib, juda ko’p follikulyar urug’donlardan va bitta ikki bo’lakli tuxumdondan iborat. Sarig’donlari rivojlangan, bachadoni alohida teshik bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan. Boshka organlari tasmasimonlarga o’xshash bo’ladi. Tipik vakili amfilina (Amphilina foliacea, 60-rasm) osetrsimon baliqlarda parazitlik qiladi10.
Yassi chuvalchanglar filogeniyasi. Yassi chuvalchanglar orasida ichaksiz kiprikli chuvalchanglar eng sodda tuzilgan. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo’shliqichlilardan kelib chiqqan. Ichaksizlardan to’g’ri ichaklilar kelib chiqqan bo’lishi kerak. Yassi chuvalchanglarning boshqa hamma guruxlari filogenetik jihatdan to’g’ri ichaklilar bilan boglangan. Hozirgi parazit yassi chuvalchanglar filogenetik jihatdan to’g’ri ichaklilarning ajdodlari bilan bog’langan. Qadimgi to’g’ri ichaklilar evolyutsiyasi uch yo’nalishda borgan. Ularning biridan hozirgi to’g’ri ichaklilar, qolgan ikkitasidan parazit yassi chuvalchanglar kelib chiqqan.
Erkin yashovchi hayvonlarning parazitlikka o’tishi bir necha yo’ldan borgan bo’lishi mumkin. Bu jihatdan kvartirantlik deb ataladigan simbiotik munosabat diqqatga sazovor. Kvartirantlikda hayvonlardan kichikrog’i yirikrog’i tanasidan pana joy sifatida foydalangan. Hozirgi monogeniyalarni kiprikli chuvalchanglarga o’xshaydigan ajdodi ana shunday kvartirant bo’lgan. Ular baliqlar jabrasi, terisi yoki suzgichlariga yopishib olib, dastlab yuqoridan tushadigan mayda organizmlar yoki baliq tanasidan ajraladigan shilimshiq modda bilan oziqlangan; keyinchalik xo’jayini qoni va tanasi to’ qimalari bilan oziqlanishga o’ tib, parazitga aylangan.
Ayrim hollarda ektoparazitlik ichki parazitlikning paydo bo’lishiga olib kelishi ham mumkin. Bu jarayonni tushuntirishda baqa so’rg’ichlisini misol keltirish mumkin. Hozirgi monogeniyalar orasida ham baliqlarning og’iz bo’shlig’i, halqumi va qizil o’ngachida parazitlik qiladigan turlari bor. Ehtimol, evolyutsiya davomida dastlab jabralarda parazitlik qilgan hayvon asta-sekin og’iz bo’ shlig’i orqali ichak bo’shlig’ida parazitlik qilishga o’tgan bo’lishi mumkin. Ana shu yo’l bilan qadimgi monogeniyalardan tasmasimonlar va sestodsimonlar kelib chiqqan. Endoparazit hayot kechirishga o’tish hayvon tuzilishining yanada soddalashuvi, ya’ni ichak va sezgi a’zolarining yo’qolishiga, jinsiy organlarning yanada kuchliroq rivojlanib, serpushtlikning ortishiga sabab bo’ lgan. Individlar sonining ortishi, ba’zan pedagenezning paydo bo’ lishi bilan bog’liq (exinokokk, miya qurti). Evolyutsiya davomida ayrim sestodsimonlarning oraliq xo’jayini paydo bo’lgan. Ektoparazitlarning tarqalishida oraliq xo’jayin katta ahamiyatga ega emas. Shuning uchun ularning hayot siklida oraliq xo’jayin bo’lmaydi.
So’rg’ichlilar evolyutsiyasi simbiotik munosabatlar bilan bog’liq bo’lsa-da, tasmasimon chuvalchanglarga nisbatan boshqacha borgan. Hozirgi so’rg’ichlilar hayot sikli mollyuskalar bilan bog’likligi nazarda tutiladigan bo’ lsa, ularning evolyutsiyasi qadimgi erkin yashovchi kipriklilarning



10 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 162-204

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling