Maruza: yassi
Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi
Download 57.44 Kb.
|
8 MARUZA
Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfiTasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida umurt-qali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tana bo’ shlig’i va ichki organlarida parazitlik qiladi. Tuzilishi. Tanasi ko’pincha uzun tasmasimon bo’lib, ko’p sonli bo’g’imlar– proglottid- larga bo’lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha- skoleksni hosil qiladi. Tananing skoleksdan keyingi bo’g’imlarga bo’linmagan qismi boyin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan. Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo’ladi. Yopishuv organi monogeniyalarnikiga o’xshash so’rg’ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo’lishi mumkin. Ko’pchilik tasmasimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil shakldagi ilmoqchalar ham bo’ladi. Ba’zan ilmoqchalar xartumda joylashgan bo’ladi. Ba’zan xartum to’rtta bo’lib, juda ko’p ilmoqlar bilan ta’minlangan. Tasmasimon chuvalchanglar hazm kilish sistemasi reduktsiyaga uchragan. Ular ichak bo’ shlig’ida hazm bo’ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so’rib oladi. Mikrotrixiyalarga ega bo’lgan tegument bunga imkon beradi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipdagi buyraklar tana bo’ ylab o’tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi, oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismida tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o’zaro ko’ndalang naylar orqali qo’shilib, narvon ko’ rinishga ega bo’ladi. Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylardan va ulardan tana boylab orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. Jinsiy sistemasi germafrodit, so’ rg’ichlilarga o’xshash tuzilgan. Ko’pchilik tasmasimonlar tanasi bo’g’imlarga bo’lingan, jinsiy organlar har bir bo’g’imda takrorlanadi. Bo’g’imlarga bo’linmagan tasmasimonlar jinsiy sistemasi (Caryophyllaeus) takrorlanmaydi. Qoramol tasmasimoni - Taeniarhynchus saginatus tanasining boyindan keyin joylashgan yosh bo’g’imlarida jinsiy organlar rivojlanmagan. Bunday organlar tanasi o’rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlanadi. Erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan juda ko’p urug’donlar, ulardan boshlanadigan urug’ chiqarish naylari va naychalar hosil qiladigan umumiy urug’ yo’lidan iborat. Urug’ yo’li bo’ g’im chetida joylashgan qo’shilish organi ichidan o’tadi. Ko’shilish organi muskulli naydan iborat bo’lib, yon tomondagi chuqurcha- jinsiy kloakaga kirib turadi (55-rasm). Urg’ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum yo’lidan iborat. Tuxum yo’li va bo’g’imning keyingi qismida joylashgan to’rga o’xshash sariqdon yo’li ootipga ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ikkita naydan biri yon tomonga yo’nalib, jinsiy qin - kloakaga ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ancha keng uchi berk ikkinchi nay oldinga yo’nalgan bo’lib, bachadon deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga tushadi. Tuxum hujayra ootipda urug’lanib, qobiqqa o’raladi. Tuxumga to’lgan bachadon kengayib, bo’ g’imning hamma qismini egallab oladi (55-rasm). Jinsiy sistemaning boshqa qismlari esa asta-sekin yo’qolib boradi. Tuxumga to’lgan bunday bo’g’imlar "yetilgan" deyiladi. Etilgan bo’ g’imlar chuvalchang tanasi keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka tushadi va axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Qoramol tasmasimoni juda serpusht bo’ladi. Parazit ichakda 18-20 yil yashab, har yili 600 mln gacha, hayoti davomida 11 mld ga yaqin tuxum qo’ yadi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling