Mobil ilovalar. Android va iOS muhitida hujjatlar bilan ishlash.
Android va iOS muhitida hujjatlar bilan ishlashda mobil qurilmalari uchun open office paketlari yuklab olinadi. Ularning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ishlash prinsiplari deyarli bir–biridan farq qilmaydi. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin.
Mobil telefonlar va planshetlar uchun Polaris Office paketida ishlash ketma-ketligini ko’rib chiqamiz. Polaris Office dasturida matn va elektron ko’rinishdagi hujjatlar va taqdimotlar yaratish, ularni tahrirlash imkoniyati mavjud. Dasturda nafaqat matn kiritish balki, jadval hosil qilish, rasm joylashtirish, ro’yxatlar tuzish va formatlashlarni amalga oshirish mumkin.
Mobil ilovalar uchun elektron hujjatlarni yaratish maqsadida bir nechta mobil dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bilan quyida tanishib chiqamiz.
Jota Text Editor
Android uchun oddiy matn muharriri bo‘lib, matnli hujjatlarni yaratishga hamda uzun matn fayllarini (million belgigacha qabul qilishi mumkin) ochishga ruxsat beradi. Terilgan matnni avtosaqlash funktsiyasiga ega.
Matnli hujjatni yaratish uchun dasturni ishga tushirish va matnni terishni boshlash kerak. Terilgan matnni saqlash uchun skrinda ko‘rsatilgan menyuni chaqirish va “Fayl” ni bosish kerak.
Keyin “Сохранить” yoki “Сохранить как” ni bosish kerak.
Turbo matn muharriri
Agar Jota matnni terish uchun kerak bo‘lsa, Turbo matn muharriri oddiy terish, o‘qish va saqlashdan tashqari sintaksisni ham yoritadi. Tezkor va kuchli muharrir bundan tashqari chiroyli interfeysga ham ega bo‘lib, foydalanuvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi.
Matnli hujjatni yaratish uchun dastur ishga tushgandan keyin “Новый файл” tugmasini bosish kerak.
Ma’lumotlarni saqlash uchun dastur oynasining yuqori o‘ng qismidagi disketa belgisini bosish kerak.
WPS Office
Android operatsion tizimida ishlaydigan mobil vositalar uchun eng qulay dasturiy ta’minot hisoblanadi.
Matnli hujjat yaratish uchun “Создать” tugmasi bosiladi.
Keyin yaratilayotgan hujjat turi aniqlanadi.
Terilgan matnni saqlash uchun “Файл” tugmasini bosib, keyin “Сохранить” disketkasini bosish kerak.
Faylni saqlash uchun joyni tanlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |