MA’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr


O‘zbek psixologlari tadqiqotlarida kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish muammolari


Download 121 Kb.
bet4/4
Sana03.06.2020
Hajmi121 Kb.
#114043
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza№1 mavzu kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr


O‘zbek psixologlari tadqiqotlarida kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish muammolari. Kasbiy konsultatsiyalar shaxs xossalari, xususiyatlari, sifatlari tashxis metodlarini ishlab chiqish psixologiya fanining markaziy vazifalaridan biridir. Respublikamizda tashxisning bunday metodikalarini yaratishda ma’lum tajriba to‘plangan. Masalan, o‘quvchilarni psixologik o‘rganish metodikasi (V.A.Tokareva S.Sh.Aytmetova) shaxsni o‘rganish metodlari (M.G.Davletshin tahriri ostida B.R.Qodirov va K.B.Qodirovlar ishlab chiqqan) o‘quvchilarni kasb tanlash vazifalarini hal etish uchun tashxislash metodlari, R.Z.Gaynutdinov rahbarligida yaratilgan turli kasblar uchun asosli professiogrammalardir.

“Inson-kasb-ishlab chiqarish muhiti” tizimi o‘z-o‘zicha ko‘p bosqichli, ko‘p qirrali, juda murakkab bo‘lib, respublikamizda ushbu tizimda davlat miqyosida inson omiliga g‘amxo‘rlik qilinadi. Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati har tomonlama rivojlangan shaxs fuqaroni uzluksiz ta’lim tizimi orqali tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish muammolarini o‘rganish ham fundamental, ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi. R.Z.Gaynutdinov rahbarligida kasbiy tiklanishning turli muammolariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.

D.N.Arziqulovning dissertatsion tadqiqotida Agrar universitet talabalarining kasbiy shakllanish bosqichlari psixologik xususiyatlarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi.

Sh.G‘.Saparovning o‘qituvchilarining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotida ta’kidlanadiki ularning shakllanishi va rivojlanishi ularning kasbiy faoliyatida amalga oshadi ya’ni namoyon bo‘lish darajasi va sifati o‘qituvchilarning yoshi va ish stajiga uzviy bog‘liqdir.

Yu.M.Asadovning dissertatsiyasida umumta’lim maktabi o‘qituvchisining malaka oshirish tizimidan kasbiy-shaxsiy o‘sish yo‘nalishini belgilovchi psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bu bosqichda mahoratni mustahkamlash, kasbiy tiklanish samaradorligi ko‘p jihatdan psixologik xususiyatlarga bog‘liq.

Yu.M.Asadov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishida maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy Dasturi talablaridan kelib chiqqan holda kasb mahorati rivojlanishi omillari sifatida o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning dolzarbligi ilgari surilgan. Unda o‘qituvchi kasb mahoratining yaxlit komponentlarini tasniflovchi “o‘qituvchining kasb mahorati”, “o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlari”, “o‘qituvchining psixologik tipi” kabi tushunchalarni belgilovchi o‘qituvchining individual-psixologik xususiyatlarni psixologik tiplarda integrallashuvi va ularning malaka oshirish tashkiliy shakllarini tanlash motivatsiyasiga ta’sirini izohlovchi individual-psixologik xususiyatlarning o‘qituvchi kasb mahoratini rivojlantirish omillari sifatida ahamiyatini ochib beruvchi ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.

Dissertant B.N.Sirliyev “O‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari ustalari kasbiy kamolotining psixologik jihatlari” mavzusidagi tadqiqot ishi kasb-hunar o‘quv yurtlarining ustalari misolida kasbiy kamoloti va kasbiy o‘zini-o‘zi belgilanishning dolzarb muammolarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishida ishlab chiqarish ustalarini kasbiy moslashish, adaptatsiya va kasbiy mahorat bosqichlarida tayyorlashni va ularning shaxsiy-kasbiy o‘sishlarini takomillashtirish muammosining psixologik jihatlari ochib beriladi.

R.Z.Gaynutdinovning doktorlik dissertatsiyasida o‘qituvchi pedagogik faoliyati komponentlari realizatsiyasi darajasi, shaxsiy xossalari, omillari tahlili asosida kasbiy faoliyatning samaradorligini belgilovchi quyidagi mezonlarini ajratish mumkin. Ular:

- shaxsiy-professional komponentlikning o‘z-o‘ziga nisbati;

- o‘zini o‘zi dolzarblashga intilish;

- emotsional barqarorlik va kasbiy identifikatsiya;

- o‘z-o‘ziga hurmat va “Men” ning ichki muvofiqligi;

- dinamizm, yutuqlarga erishish ehtiyoji, ektrovertlik, atrofdagilarning o‘ziga nisbatan pozitiv munosabatini kutish;

- internallik (ichki nazorat darajasi).

Kasb tanlashga tayyorlikning psixologik jihatlari va kasbiy diagnostika muammolariga doir tadqiqot ishi K.B.Qodirov tomonidan olib borilgan. Bunda asosiy qoida kasbiy yo‘nalganlik umuman moyilliklarda, qiziqish va qadriyatlarda ifodalanib, kasbiy rivojlanishning mazmuniy tomoni sanaladi. Kasb tanlash chog‘ida psixologik tayyorgarlik yoki yetuklik kasbiy o‘zini o‘zi anglashning muhim omili bo‘lib, kasbni to‘g‘ri tanlashga yordamlashadi va kuch, barqarorlik, keskinlikda namoyon bo‘ladi, bu onglilik, mustaqillik bilan ta’minlanadi va kasbiy tanlovning formal-dinamik jihatiga kiradi.

R.Z.Asomova “Kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi” nomli ilmiy izlanishida kasb tanlash motivlari mexanizmlari, ularning birlamchi manbalari, harakatlantiruvchi kuchlari, dinamikasi va shaxsning individualligi masalalari atroflicha ochib berilgan. Shuningdek, kasbiy motivlarning mutaxassisni kasbiy tayyorgarligi o‘rtasidagi bog‘liqlik, hamda kasbiy va o‘quv motivlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalari ham keng doirada tadqiq qilingan.

U.S.Jumayev tomonidan “O‘smirlarda kasb tanlashga munosabat tizimi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik ishida kichik, real guruh a’zolari o‘smirlarda kasb tanlashga munosabat va uning umumta’lim ta’lim oluvchilarda shakllanishi, namoyon bo‘lishi va dinamikasi ilk bor tadqiq qilindi. Shuningdek, faoliyatlari jarayonida kasb tanlashga munosabat tizimi ko‘rsatkichlari (o‘rtacha umumiy va qiyosiy-tipik) tahlil etildi va tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi, kasb tanlashga munosabat tizimining yosh xususiyatlari tavsiflab berildi.

R.B.Abduraxmonovaning “Pedagog va psixologlarda kasbiy yo‘nalganlikning kamol topishi” mavzusidagi dissertatsion ishida kasbiy pedagogik va psixologik yo‘nalganlik komponentlari aniqlangan va oliy o‘quv yurtida tayyorgarlik davrida uning shakllanish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtida olingan bilimning talablari, shaxslilik motivlari, ustanovkalari va qadriyatlar tizimiga kirib borishidan yaqqol dalolat beradi.

Shunday qilib, yurtimiz psixologlarining kasbiy tiklanishining turli bosqichlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari tahlilida rivojlanishning shaxsiy omillari, shaxsning kasbiy faoliyati doirasida tiklanishining hal qiluvchi roliga asosiy e’tibor qaratiladi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, respublikamiz psixologlari tomonidan kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash masalalariga doir bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan.



Nazorat savollari:

  1. Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bosqichlarini tushuntiring.

  2. Kasblar psixologiyasi qachon mustaqil fan sifatida shakllandi?

  3. XII- XVI asrlarda yashab ijod etgin mutafakkir allomalarning falsafiy-psixologik mulohazalarini izohlang.

  4. O‘zbek psixologlari tomonidan kasb psixologiyasi borasida qanday tadqiqotlar olib borilgan?

  5. Qaysi olim kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirgan ?


Mavzu yuzasidan test savollari:




Savol

Javob1

Javob 2

Javob 3

Javob 4




Bir javobli testlar

1

Kasb psixologiyasining metodologik asosi bu?

shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasi

kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumot

kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganish

shaxsning individual xususiyatlari




2

Kasbiy shakllanish nima?

shaxsning kasb tanlash jarayonida kasbiy ta’limga tayyorlanishi

salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi

kasbiy jihatdan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi

psixika va ongni faoliyatda rivojlanishi




3

Kasb psixologiyasi metodlari asosan nechta metodologik tamoyillarga asoslanadi?

2

4

3

5




4

Kasb psixologiyasining predmeti?

shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganish

psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va nazariy manbalarni o‘rganish

psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganish

fanlararo o‘zaro integratsiya jarayonlarini psixologiya tarmoqlariga ta’sirini o‘rganish




5

Kasb psixologiyasining ob’ekti?

shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligi

odamning psixik rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

shaxsning psixologik xususiyatlari

inson faoliyati va xulq-atvorida ob’ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlaridan iborat




6

Ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i qaysi?

yosh davrlar psixologiyasi

muhandislik psixologiyasi

pedagogik psixologiya

mehnat psixologiyasi




7

Shaxsni kasbiy shakllanishining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi tarmoq?

kasb psixologiyasi

yosh davrlar psixologiyasi

pedagogik psixologiya

mehnat psixologiyasi




8

Tadqiqiy metodlar deganda nima tushuniladi?

psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob’ektiv bilimlar olishga yo‘naltirilgan usullari

yangi bilimlarga qaratilgan uslublar

ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash

kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi




9

Longityud metodiga xos javobni belgilang.

kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi

yangi bilimlarga qaratilgan uslub

savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi.


metod orqali sinovdan o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olish mumkin




10

Genetik usullarning tadqiqot metodlarini ko‘rsating.

longityud metod, biografik metod

hujjatlarni o‘rganish, mehnat metodlari

maxsus qobiliyatlar testi, muvaffaqiyatlarni o‘rganish testi

tabiiy, laboratoriya, shakllantiruvchi usullar




11

Praksimmetirik usullarning tadqiqot metodlarini ko‘rsating.

topshiriqlarni tahlil qilish, hujjatlarni o‘rganish

longityud metod, biografik metod

kavzometriya, psixobiografiya

despersion, korrelyasion, faktorli (omilli) tahlil




12

Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi necha bosqichda kechdi?

3

4

2

5




13

Qaysi alloma har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, deydi?

Ibn Sino

Abu Nasr Farobiy

Yusuf Xos Hojib

Ogahiy




14

Qaysi olim kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirgan ?

Abu Nasr Farobiy

Ibn Sino

Ogahiy

Yusuf Xos Hojib




15

Abdulla Avloniyga tegishli variantni belgilang

“Turkiy Guliston yohud axloq” asari muallifi

har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, deydi

«Qutadg‘u bilig» asari muallifi

kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirgan




Ko‘p javobli testlar

1

Kasb psixologiyasi metodlari asosan qaysi metodologik tamoyillarga asoslanadi? (2-ta to‘g‘ri javobni belgilang)

sub’ektiv tamoyil

ob’ektiv tamoyil

metodologik tamoyil

psixologik tamoyil




2

Psixobiografiya metodi bu- (3-ta to‘g‘ri javobni belgilang)

shaxslarning hayot yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi

kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan

kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi

shaxsiy-oilaviy muammo va inqirozlarni echish uchun qo‘llaniladi




3

Psixometrik usulga xos bo‘lmagan javoblarni belgilang

(3-ta to‘g‘ri javobni belgilang)



inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi

unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi

AQSHlik Djon Moreno asos solgan

psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi




4

Kuzatishning predmeti (3-ta to‘g‘ri javobni belgilang)

insonning xilma-xil holati

onglilik, ongsizlik

faoliyat va muomala

psixologik testlar




5

Faoliyat natijalarini tahlil qilish metodi turlari

(2-ta to‘g‘ri javobni belgilang)



kattalar faoliyatini tahlil qilish

bolalar faoliyatini tahlil qilish

suhbat

kuzatuv




6

O‘quvchilarni psixologik o‘rganish metodikasini kimlar ishlab chiqqan?

(2-ta to‘g‘ri javobni belgilang)



V.A.Tokareva

S.Sh.Aytmetova

Abdulla Avloniy

B.R.Qodirov




7

Sotsiometriya metodiga xos javobni belgilang (2-ta to‘g‘ri javobni belgilang)

AQSHlik Djon Moreno asos solgan

kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi

shaxslarning hayot yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi

inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi




8

Matematik ishlov berish usullarini belgilang. (2-ta to‘g‘ri javobni belgilang)

korrelyasion tahlil

dispersion tahlil

shakllantiruvchi eksperiment

modellashtiruvchi eksperiment




9

Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi,
tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblarini belgilang (3-ta to‘g‘ri javobni belgilang)

kuzatishning maqsadi

kuzatishning vazifalari

kuzatishning dasturi

kuzatishning validligi




Ketma-ketlik testlar

1

Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanish bosqichlarini ketma-ket ko‘rsating:

1. XX-asrning 70-yillari

2. XX-asr

3. XVII-asr

4. XIX asr


4,2,1

1,2,4,3

3,4,2,1

1,2,4




2

Test o‘tkazish bosqichini ketma-ket ko‘rsating:

1. olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o‘rganish

2. test o‘tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko‘rsatmaga muvofiq tashkil etish

3. test, savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi)



3,2,1

1,2,3

3,1,2

2,3,1




3

Kasblar psixologiyasining shakllanish bosqichlarini bosqichini ketma-ket ko‘rsating:

  1. psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi

  2. mehnat psixologiyasining rivojlanishi

  3. mustaqil fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi

1,2,3

3,1,2

2,3,1

3,2,1




Moslik testlar

1

Moslikni aniqlang:

1-Muhandislik psixologiyasi, 2-Yosh davrlar psixologiyasi, 3-Pedagogik psixologiya,

a) inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganadi b) ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganadi

s)shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganadi



1- a; 2- b; 3 – s

1- a; 2- s; 3 – b

1- s; 2- a; 3 – b

1- b; 2- a; 3 – s




2

Moslikni toping

a) kuzatishning ob’ekti b) kuzatishning predmeti

1) insonning xilma-xil holati 2) shaxsning faoliyati ijodiyoti 3) shaxslararo munosabatlar

4) ongosti holatlarining kechishi



a - 1,4; b - 2,3

a-1, 2; b-3, 4

a-3, 2; b-1,4

a-1,3; b-2,4




3

Moslikni aniqlang:

1- Ahmad Donish, 2- Ibn Sino, 3- Kaykovus a) fikrlarida insonning mijoziga e’tibor bergan b) XIX asrda o‘qituvchilik kasbi haqida bir qancha fikr mulohazalarni bildirgan



s) “Qobusnoma” asarida kasb-hunar haqida bir qator fikr mulohazalar keltiriladi

1- b, 2- a, 3 – s

1- a, 2- s, 3 – b

1- s, 2- b, 3 – a

1- b, 2- s, 3– a






Mustaqil ish uchun mavzular:

  1. Sharq allomalari asarlarida kasb-hunar va kasb tanlash muammosi.

  2. E.A.Klimov tadqiqotlarida “kasb tanlash”, “kasbga yo‘naltirish” muammolarining ilmiy tadqiq etilishi.


GLOSSARIY:

  1. Amaliy faoliyat – insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.

  2. Industrial psixologiyasi – mehnat psixologiyasining psixologik omillarining sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.

  3. Kasb – shaxsning jamiyat a’zosi sifatida yashash manbai bo‘lib xizmat qiladigan doimiy mashg‘ulot yoki faoliyat turi.

  4. Kasb tanlashga yo‘llash – pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.

  5. Kasbga tayyorgarlik – muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta’minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik.

  6. Kasbiy psixologiya – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi.

  7. Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.

  8. Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.


Asosiy adabiyotlar:

  1. Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. Тошкент., 2018 й.

  2. Зеер Э.Ф. – Психология профессий: Учебное пособие для студентов вузов. – Москва: Академический проект; Фонд «Мир», 2005 г.

  3. Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения. Учебное пособие для студ.высщ.пед.учеб. заведений. – Москва: «Академия» 2004 г

  4. Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Kaримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Tошкент-2008 й.

  2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик- ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 2017 й, Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлигининг “О’zbekiston” нашриёт матбаа ижодий уйи.

  3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. 2017 й, Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлигининг “О’zbekiston” нашриёт матбаа ижодий уйи.

  4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. 2016 й, Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлигининг “О’zbekiston” нашриёт матбаа ижодий уйи.

  5. Бабич О.И. Профилактика синдрома профессионального выгорания педагогов: диагностика, тренинги, упражнения/ О.И Бабич -Волгоград: Учитель, 2009 г.

  6. Безносов С.П. Профессиональная деформация личности. — СПб.: Речь, 2004 гю

  7. Жалилова С. Х., Ҳайдаров Ф.И., Халилова Н.И. Касб психологияси: Ўқув қўлланма. Низомий номидаги ТДПУ, 2010 й.

  8. Жумаев У.С. Ўсмирларда касб танлашга муносабат тизими шаклланишининг ижтимоий-психологик хусусиятлари. Психол. ф.н...дис.- Тошкент: 2004 й.

  9. Зеер Э. Ф. Психология профессиональных деструкций: учебное пособие для вузов / Э. Ф. Зеер, Э. Э. Сыманюк. — Москва: Академический Проект; Екатеринбург // Деловая книга, 2005 г.

  10. Ильин Е.П. Психология для педагогов.-СПб.: Питер, 2012 г.

  11. Клагин В.Б.Основы профессиональной психодиагностики. Москва:2000 г.

  12. Қодиров Б.Р., Қодиров К.Р.“Касбий ташхис методикалари” Тошкент-2000 й

  13. Митина Л.М. Психология труда и профессионального развития учителя: Учеб. пособие. — Москва: Академия, 2004 г.

  14. Психология профессиональной пригодности. Учебное пособие для вузов / В. А. Бодров. - Москва : Per Se, 2001г.

  15. Ғозиев Э.Ғ., Мамедов К.Қ. Касб психологияси: Дарслик.Тошкент – 2003 г.

  16. Целуйко В.М. Психологические основы педагогического общения. [пособие для студентов и педагогов] - Москва: ВЛАДОС, 2007 г.

  17. Шойимова Ш.С. Мулоқот психологияси. Ўқув-услубий қўлланма «ZAMON PОLIGRAF»OK Тошкент, 2017 г.

  18. Шойимова Ш.С. Шахс психологияси. Ўқув қўлланма. «LESSON PRESS» Тошкент, 2017 й.

  19. Professional Psychology: Research and Practice Artificial Intelligence in Psychological Practice: Current and Future Applications and Implications. David D. Luxton . Online First Publication, November 11, 2013 y.


Интернет сайтлари:


  1. www.ziyonet.uz

  2. www.psychology.uz 

  3. www.tdpu.uz

  4. www.nutq.intal.uz


1 Professional Psychology: Research and Practice Artificial Intelligence in Psychological Practice: Current and Future Applications and Implications. David D. Luxton . Online First Publication, November 11, 2013. doi: 10.1037/a0034559, page : 6

2 Frieling E., Sonntag К. Lehrbuch Arbeitspsychologie. Bern; Stuttgart; Toronto, 1987.

Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling