Ma’ruza№1 Mavzu: Kirish. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari


Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) Yer osti usulida qazib  chiqaruvchi konchilik korxonasi.  Rudnik –


Download 464.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.10.2023
Hajmi464.48 Kb.
#1691772
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza-1

Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) Yer osti usulida qazib 
chiqaruvchi konchilik korxonasi. 
Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyoviy xom ashyo va qurilish 
materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. 
Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik 
korxonasi. 
Razrez – ko‘mir qazuvchi karer. 
Priysk – qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan sochma konlarni qazib 
chiqaruvchi konchilik korxonasi. 
Promisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi 
konchilik korxonasi (neft promiseli). 
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi. 
Bu ishlar konni qazib chiqarishning bo‘g‘inlari hisoblanadi. Masalan, dastlab 
konni ochish ishlari, so‘ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita 
foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi. 
Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun Yer osti kon lahimlari to‘rini 
barpo etish zarur(1.1-rasm). 
1.1-rasm. Ko’mir shaxtasi sxemasi: 
1,2,12 – vertikal lahimlar; 3,4,5,10,11 – gorizontal lahimlar; 6,7,8,9 – qiya lahimlar; 13 – nasos 
kamerasi; 14 – qazish kavjoyi. 
Kondan qazib olingan foydali qazilma ushbu lahimlar orqali tashilib Yer 
yuziga chiqarib beriladi. Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarishda, dastlab 
uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozimdir. Ko‘mir konlarini qazib 
chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarida esa, -
portlatish usulida amalga oshiriladi. 
7


Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda barcha kon ishlari Yer yuzida turib ochiq 
kon lahimlari orqali bajariladi (1.2-rasm). 
1.2-rasm Konlarni ochiq usulda qazish sxemasi
1–ekskavator; 2-avtoag‘dargich; 3-buldozer; 4-burg‘ulash stanogi; 
5- gorizontlar; 6-porlatilgan massa; 7-foydali qazilma yotqizig‘i; 8-skvajinalar; 9-tushish 
transheyasi; 10-qoplama jins ag‘darmasi. 
Ochiq kon korxonalarida kon yotqiziqlarining yotish sharoitlariga ko‘ra, 
nafaqat foydali qazilma, katta hajmda puch (foydasiz) kon jinslari ham qazib 
olinadi. Bu jinslar foydali qazilma yotqizig‘i ustida joylashganligi sababli ularni 
qoplama jinslar yoki ochish jinslari deb yuritiladi. 
Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazish-yuklash, yuklarini tashish va 
foydasiz kon jinslari ag‘darmasini hosil qilish ishlari ochiq kon ishlarining asosiy 
ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi. 
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish Yer osti usuliga 
nisbatan qator afzallik va kamchiliklarga ega. 

Download 464.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling