Ma’ruza№1 Mavzu: Kirish. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) Yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik –
Download 464.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karyer
- Ko’mir shaxtasi sxemasi
- Konlarni ochiq usulda qazish sxemasi
Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) Yer osti usulida qazib
chiqaruvchi konchilik korxonasi. Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyoviy xom ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez – ko‘mir qazuvchi karer. Priysk – qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Promisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli). Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi. Bu ishlar konni qazib chiqarishning bo‘g‘inlari hisoblanadi. Masalan, dastlab konni ochish ishlari, so‘ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi. Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun Yer osti kon lahimlari to‘rini barpo etish zarur(1.1-rasm). 1.1-rasm. Ko’mir shaxtasi sxemasi: 1,2,12 – vertikal lahimlar; 3,4,5,10,11 – gorizontal lahimlar; 6,7,8,9 – qiya lahimlar; 13 – nasos kamerasi; 14 – qazish kavjoyi. Kondan qazib olingan foydali qazilma ushbu lahimlar orqali tashilib Yer yuziga chiqarib beriladi. Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarishda, dastlab uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozimdir. Ko‘mir konlarini qazib chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarida esa, - portlatish usulida amalga oshiriladi. 7 Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda barcha kon ishlari Yer yuzida turib ochiq kon lahimlari orqali bajariladi (1.2-rasm). 1.2-rasm Konlarni ochiq usulda qazish sxemasi: 1–ekskavator; 2-avtoag‘dargich; 3-buldozer; 4-burg‘ulash stanogi; 5- gorizontlar; 6-porlatilgan massa; 7-foydali qazilma yotqizig‘i; 8-skvajinalar; 9-tushish transheyasi; 10-qoplama jins ag‘darmasi. Ochiq kon korxonalarida kon yotqiziqlarining yotish sharoitlariga ko‘ra, nafaqat foydali qazilma, katta hajmda puch (foydasiz) kon jinslari ham qazib olinadi. Bu jinslar foydali qazilma yotqizig‘i ustida joylashganligi sababli ularni qoplama jinslar yoki ochish jinslari deb yuritiladi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazish-yuklash, yuklarini tashish va foydasiz kon jinslari ag‘darmasini hosil qilish ishlari ochiq kon ishlarining asosiy ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish Yer osti usuliga nisbatan qator afzallik va kamchiliklarga ega. Download 464.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling