Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Аsinхrоn mоtоrlаr аylаnа diаgrаmmаsi


Download 1.49 Mb.
bet9/22
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq chаstоtаsini o

2. Аsinхrоn mоtоrlаr аylаnа diаgrаmmаsi.

Asinxron mashina toklarining aylana diagrammasi sirpanishning har qanday qiymatida mashinaning ish rejimini xarakterlaydigan barcha elektromagnit kattaliklarni bilvosita aniqlashga imkon beradi. Asinxron motorning aktiv va induktiv qarshiliklari nisbatan o‘zga­rib turishi mumkin. Bunday motorlar toklarining o‘zgarish diag­ram­masi ancha murakkab xarakterga ega bo‘ladi. Lekin asinxron motorning xarakteristikalari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun toklarning soddalashgan aylana diagrammasidan foydalanish amaliy ahamiyatga ega.


Quyida parametrlari o‘zgarmas deb va o‘zgaruvchan kattaliklar (kuchlanish, tok, MYK va boshq.)ning o‘zgarishi sinusoidal shaklda deb taxmin qilingan asinxron motorning soddalashgan aylana diagramma­ni qurish tartibi bilan tanishamiz. Bunday motorlar stator va rotor toklarining o‘zgarish diagrammasi aylana shaklda bo‘lgani uchun uni toklarning aylana diagrammasi deyiladi. Mazkur diagramma asinxron motorning soddalashgan G-simon almashtirish sxemasi (2-rasm) asosida quriladi.Bu sxemaning mag­nit­lanish shoxobchasi parametrlari o‘zgarmasdir. Ishchi shoxobcha (r2+jx2) esa o‘zgaruvchan parametr (r2)ga ega. Bu shoxobcha uchun diag­rammani kuchlanishlarning to‘g‘ri burchakli uchburchagi ABC ko‘ri­nishida tasvirlab berish o‘ng‘ay hisoblanadi. Bu uchburchakning katet­lari: =UL=I2x2 va =Ur=I2r2kuchlanish U1 ning tegishlicha reaktiv va aktiv tashkil etuvchilari; =U1=Ur+jUL – motorga beril­gan kuchlanish (2,b-rasm). ABC uchburchakning har bitta tomonini x2 ga bo‘libНДС uchburchagini hosil qilamiz. Bunda katet –I2 tok vektorini tasvirlaydi. Bu vektorga ordinatalar o‘qining musbat yo‘na­lishi­da 2 = arctg(x2/ r2) burchak ostida U1 kuchlanish vektorini qo‘ya­miz (2,c-rasm).
Agar aktiv qarshilik r2 o‘zgartirilsa, unda zanjirdagi tok ham o‘zga­ra­di, uchburchakning katetlari yangi holatni ( va ) egallaydi, lekin uchburchakning = U1/ x2 gipotenuzasi o‘zgarmay qoladi (2,c-rasm).
Shunday qilib, elektr zanjiri (ishchi shoxobcha)ning yangi ish rejimi diagrammada D1 nuqtaning holati bilan aniqlanadi. Agar aktiv qarshilik r2ni keng ko‘lamda (0 dan  gacha) o‘zgartirilsa, unda –I2 tok vektori diagrammada asinxron motorning aylana diagrammasini asoslashga doiralarda har xil holatni egallaydi va U1/ x2 diametrli aylanani tasvirlaydi.
A gar aktiv qarshilik r2 =0 (sof induktiv yuklama) bo‘lsa D nuqta S nuqtaning ustiga tushadi. Aktiv qarshilik r2 = bo‘lganda tok I2 = 0 va shu sababli D nuqta C nuqtaning ustiga tushadi. Agar aktiv qarshilik 02< oraliqda bo‘lsa –I2 tok vektorining uchi НДС aylanada har xil holatni egallaydi. Agar 2-rasm,a vab-rasmlarda ko‘rsatilgan diagram­ma­lar birga qo‘shilsa G-simon almashtirish sxemaning (asinxron motor­ning desa ham bo‘ladi) aylana diagrammasi hosil bo‘ladi (2,d-rasm). I0va – I2 tok vektorlarini qo‘shib stator toki I1 vektorini olamiz. Bu vektor kuchlanish vektori U1 ga nisbatan faza bo‘yicha 1 burchakka siljigan. Aylana diagramma toklari aylanasining diametri =(U1/xqt)/mi , bu yerda mitok masshtabi, A/mm.
2-Asinxron motorning aylana diagrammasini asoslashga doir chizmalar.
Agar diagrammani qurish motorni hisoblashda amalga oshirilsa, unda zaruriy parametrlar hisoblash jarayonida aniqlanadi. Agarda aylana diagrammani tayyor motor uchun qurish kerak bo‘lsa, unda diag­ram­maning dastlabki parametrlarini aniqlash uchun salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari natijalaridan foydalanish zarur bo‘ladi.
Bu diagrammani salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan olin­gan qiymatlar yordamida qurish eng sodda usul hisoblanadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling