Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Download 1.49 Mb.
bet7/22
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq chаstоtаsini o

Vektor diagramma. Asinxron mashinaning vektor diagrammasi 4-tenglamalar tizimi asosida qurilib transformator diagramma­sini qurish tartibiga o‘xshash bo‘ladi. Lekin asinxron mashinada aylanma maydon mavjudligi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi toklarning o‘zaro ta’sirida ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Rotor chulg‘ami fazalari fazoda siljigan, toklari esa vaqt bo‘yicha siljiganligidan ular rotorda MYK F2 ning yuguruvchi to‘lqinini yaratadi. Uning aylanish chastotasi quyida­gi­ga teng bo‘ladi:
nF2= 60 f2/p2 = 60 f1/p1, (5)
bunda: f2 va p2 – rotor tokining chastotasi va juft qutblari soni;
Rotori qo‘zg‘almas bo‘lganda stator va rotor EYK lari chastotasi f2=f1 bo‘ladi. Asinxron mashina ishlashi uchun stator va rotor yuguruvchi F1 va F2 MYK to‘lqinlarining aylanish chastotalari teng bo‘lishi zarur. Demak, rotorning fazalar sonidan qat’iy nazar, uning juft qutblari soni bir xil (ya’ni p2=p1=p) bo‘lishi shart. Vektor diagrammaning rotor zanjiri uchun qurishda EYK E2va tok I2 vektorlari orasidagi siljish burchagi quyidagicha hisoblanadi:
2=arctg(x2s)/r2. (6)
1,a-rasmda asinxron motorning vektor diagrammasi ko‘rsatilgan. Bu diagramma transformatorning vektor diagrammasidan faqat shu bilan farq qiladiki, rotor chulg‘amida (ikkilamchi chulg‘amda) kuchlanish pasayishlarining yig‘indisi n = 0 da rotor chulg‘amining EYK E2 bilan muvozanatlashadi. Bunga sabab shuki, rotor chulg‘ami transformatorning ikkilamchi chulg‘ami singari yuklamaga ulangan emas, balki qisqa tutashtirilgan. Lekin, agar kuchlanish pasayishi OA = I2r2[(1–s)/s)] ni rotor chulg‘amining klemmalariga ulangan ma’lum yuklama r2[(1–s)/s)] dagi kuchlanish sifatida qaralsa, u holda asinxron motorning vektor diagrammasini ikkilamchi chulg‘amining klemma­lari­ga o‘zgaruvchan qarshilik r2[(1–s)/s)] ulangan transformatorning vektor diagrammasi sifatida qarash mumkin. Boshqacha aytganda, asinxron motor elektr jihatdan aktiv yuklama r2[(1–s)/s)] da ishlaydigan transfor­matorga o‘xshaydi.
Asinxron motorda magnitlovchi tokning transfomatornikiga nisba­tan miqdor jihatdan ancha kattaligi sababli ularning almashtirish sxema­lari bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Agar transformator nazariyasi­da magnitlovchi konturni ayrim hollarda amaliy hisoblarda e’tiborga olinmasa, asinxron motor ishini tahlil qilganda bunday yondashib bo‘l­maydi, chunki bu holda ancha xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling