Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Аylаnа diаgrаmmа yordаmidа аsinхrоn mоtоrlаr хоssаlаrini аniqlаsh vа ish хаrаktеristikаlаrini qo’rish


Download 1.49 Mb.
bet10/22
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023713
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq chаstоtаsini o

3.Аylаnа diаgrаmmа yordаmidа аsinхrоn mоtоrlаr хоssаlаrini аniqlаsh vа ish хаrаktеristikаlаrini qo’rish.

Soddalashgan aylana diagrammani qurish quyidagicha amalga oshiriladi (3,a-rasm). Koordinata o‘qlari o‘tkaziladi va ordinatalar o‘qida kuchlanish vektori U1 qo‘yiladi. Toklar uchun masshtab mi (A/mm) tanlanadi va U1 ga 0 burchak ostida tok vektori I0 ni qo‘yib «0» nuqtani, qt burchak ostida esa tok Iqt.N vektorini yo‘naltirib «K» nuqta topiladi (bunda salt ishlash tajribasidagi tok I0 va burchak 0 ideal salt ishlashga mos deb qabul qilinadi). «0» nuqtadan absissalar o‘qiga parallel bo‘lgan OB chiziqni o‘tkazamiz. So‘ngra bu nuqtalarni birlashtirib, uning o‘rtasidan OB chiziq tomon H01 perpendikulyar o‘tkazamiz va toklar aylanasining markazi 01 ni topamiz, ya’ni 001 yoki 01B chiziqlar aylana diagrammaning radiusini beradi. "K" nuqtadan OB chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan chiziqni tushiramiz va bu kesmani / = r2/r1 nisbatda bo‘lib, «T1» nuqtani topamiz. Bunda stator chulg‘ami qarshiligi r1 tajriba vaqtida o‘lchanadi, r2 esa r2=rqt– r1 ayirmadan aniqlanadi). So‘ngra «0» nuqtadan «T1» nuqta orqali o‘tadigan chiziqni davom ettirib aylanada «T» nuqtani topamiz."OT" chiziq elektromagnit quvvat (yoki momentlar) chizig‘i hisoblanadi.


Aylana diagrammada sirpanish liniyasi (shkalasi)ni qurish uchun toklar aylanasiga (0 nuqtada) ordinatalar o‘qiga parallel qilib urinma o‘tkaziladi. So‘ngra ixtiyoriiy balandlikdan elektromagnit quvvat chizig‘i OT ga parallel qilib foydali quvvat chizig‘ining davomi bilan kesishguncha QS to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Motorning A nuqtadagi rejimidagi sirpanish sA ni topish uchun 0 ni A nuqta bilan birlashtirib uni sirpanish shkalasi bilan kesishguncha davom qildiriladi (diagrammada bu chiziq ko‘rsatilmagan).
Aylana diagrammada quvvat koeffiitsienti shkalasini qurish uchun ordinatalar o‘qida ixtiyoriy diametrda (100 mm bo‘lgani o‘lchash uchun qulay) yarim aylana chiziladi. U holda toklar aylanasidagi A nuqtadagi rejim uchun cosA quyidagicha topiladi, ya’ni 0ni A nuqta bilan birlashtirilgan to‘g‘ri chiziqning cos shkalasi bilan kesishgan nuqtasini birorta harf («h») bilan belgilansa (diagrammada bular ko‘rsatilmagan), unda cosA = 0h / 100.
Aylana diagrammada foydali quvvat koeffiitsienti shkalasini qurib undan FIKni aniqlashda motordagi qo‘shimcha isroflar hisobga olinmagani tufayli katta xatolik kelib chiqadi. Odatda motorning FIK isroflar yig‘indisi Pni hisoblash orqali aniqlanadi (buni standart tavsiya qilgan).Asinxron mashinaning soddalashgan aylana diagrammasidan aniq­lan­gan rejim parametrlarining aniqlik darajasi nominal tokkacha qoniqarli bo‘ladi, chunki bu oraliqda mashinaning aktiv va induktiv qarshiliklari kam o‘zgaradi. Demak, soddalashgan aylana diagramma­ni katta va o‘rta quvvatli asinxron mashinalarga qo‘llash maqsadga muvo­fiq ekan.

3-rasm. Asinxron motorninig soddalashgan (a) va aniqlashtirilgan (b) aylana diagrammalarini salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari ma’lumotlari bo‘yicha qurish; I0(td)–ideal salt ishlash toki.


Agar aniq natijalar olish zarur bo‘lsa (kam quvvatli va ayniqsa asin-xron mikromashinalar uchun) aniqlashtirilgan aylana diagrammani (3,a-rasm) ideal salt ishlash ma’lumotlari bo‘yicha hamda almash­tirish sxemadagi kompleks son «s1» ni ham hisobga olgan holda qurish­ni standart tavsiya qiladi. Buning uchun 3,a-rasmda qurilgan soda­lash­gan aylana diagramma bir oz o‘zgartiriladi, chunki tajribada o‘lchab olingan salt ishlash toki I0 va hisoblangan burchak 0 real holat­dagi salt ishlash rejimiga mos keladi (3,a-rasmda, 0).
Bundan ideal salt ishlash toki I0(id) ni topish uchun calt ishlash isroflari (P0)dan stator chulg‘amidagi elektr isroflari (Pe1(0)=m1I20r1)ni va motordagi mexanik isroflarni ayirgandan [ya’ni P0 – (Pe1(0)+Pmex)] quvvat masshtabi mp da hosil bo‘lgan natijani 0 nuqtadan absissalar o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda qo‘yib «0» nuqta topiladi. Bu nuqtani 0 nuqta bilan birlashtirib I0(id) vektori aniqlanadi. Iqt vektori 3,a-rasmdagidek quriladi. Toklar aylanasining markazini topishda, endi N01 perpendikulyarning 3,a-rasmdagidek 0B chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi emas, balki toklar aylanasi diametri 0L chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi bo‘ladi. 0L chizig‘i 0B gorizontal chizig‘ining 0 nuqtasidan soat milining harakatiga teskari yo‘nalishda 2 burchak ostida o‘tkaziladi (bunda sin22I0(id)r1/U1). Burchak  kompleks son «s1» ning argumentidir, ya’ni s1= s1e-jva fizik jihatdan kuchlanish U1 va EYK Ee1 vektorlari orasidagi siljish burchagini ifodalaydi.
Toklar aylanasida sirpanish s =  ga to‘g‘ri kelgan «T» nuqta «0» nuqtadan 0L chizig‘iga  burchak ostida soat milining harakatiga teskari yo‘nalishda o‘tkazilgan OT chizig‘ining toklar aylanasi bilan kesishishi­dan hosil bo‘ladi (tg = Dr1/U1, bunda D=mi – toklar aylanasining amperlarda qo‘yilgan diametri).
Aylana diagrammadan biror rejim (masalan, A nuqtasi)ning ener­ge­tik muvozanati uchun ma’lumotlar quyidagicha aniqlanadi. Diagram­ma­da asinxron motorga berilgan aktiv quvvat P1 – kesma (berilgan quvvat liniyasi 0G ga tushirilgan perpendikulyar); elektromagnit quvvat Pem (momentlar masshtabi mM da–elektromagnit moment)-aylana diametri 0Lga o‘tkazilgan perpendikulyarning elektromagnit quvvat chizig‘i 0T (elektromagnit momenti liniyasi) bilan kesishgan nuqtasi­gacha bo‘lgan kesma; mexanik quvvat Pmex– 0L chizig‘iga perpendi­kulyar yo‘nalishda o‘tkazilgan mexanik quvvati liniyasi 0K gacha bo‘l­gan kesma; foydali quvvat P2 – 0L chizig‘iga perpendikulyar yo‘na­lish­da o‘tkazilgan foydali quvvati liniyasi 0K gacha bo‘lgan kes­ma.
Avtomatika sistemalarida ishlatiladigan asinxron ijrochi motorlar uchun odatda aylana diagrammalardan foydalanilmaydi.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling