Ommaviy kommunikatsiya ta’rifi - «Ommaviy kommunikatsiya — son jihatdan katta bo‘lgan tarqalgan tizimli auditoriyalar o‘rtasida, baho, fikrlar, insonlarning xulqiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida, xabarlarni tarqatish»;
- «Ommaviy kommunikatsiya institutlarni o‘z ichiga oladi, ular vositasida maxsuslashtirilgan guruhlar texnologik qurilmalardan foydalanadi (pressa, radio, kino, Internet va h.), bu simvolik mazmunni katta, geterogen va tarqoq auditoriyalarga tarqatish uchun zarur»;
- «Ommaviy kommunikatsiya institutlashgan ishlab chiqarish hamda simvolli materiallarni axborot uzatish va to‘plash vositasida ommaviy tarqatishni nazarda tutadi».
Ommaviy kommunikatsiyaning o‘ziga xos tomonlari - Birinchidan, «xabar jo‘natuvchi» tashkil etilgan guruhning bir qismi hisoblanadi, ko‘pincha o‘zining asosiy funksiyasi sifatida kommunikatsiyadan farqli vazifalarga ega institut vakili sanaladi.
- Ikkinchidan, qabul qiluvchi tomon sifatida individ namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bu individ ko‘pincha uzatuvchi tashkilot tomonidan o‘ziga xos xarakteristikaga ega guruhning bir qismi sifatida qaraladi.
- Uchinchidan, xabar kanali axborot tarqatishning murakkab texnologik tizimini aks ettiradi. Bu tizimlar muhim ijtimoiy komponentani o‘z ichiga oladi, chunki ularning ishlashi qonuniy normalar, odatlar va auditoriya kutgan natijalarga bog‘liq.
- To‘rtinchidan, ommaviy kommunikatsiyadagi xabarlar qaytarilmas murakkab tarkibga ega ommaviy ishlab chiqarish natijasini aks ettiradi.
Ommaviy kommunikatsiyaning boshqa o‘ziga xos tomonlari - oshkora xarakter va ochiqlik;
- uzatish vositalariga chegaralangan va nazorat qilinuvchi kirish;
- uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlar kontaktlarining vositachiligi;
- uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlar asimmetrik munosabatlari - ko‘plab resipiyentlar;
- uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlar munosabatiga buyruqlarning ta’siri.
- Yuqorida muhokama qilinayotgan differensiatsiya asoslarini ikki o‘zaro kesishuvchi koordinata o‘qlari sifatida aks ettirish mumkin. Bu ommaviy kommunikatsiya va jamiyatni o‘rganish amaliyotida vujudga kelgan yondashuvlar
Do'stlaringiz bilan baham: |