Ma’ruzachi: G. A. Qayumova Media nima?


Download 120.43 Kb.
bet5/11
Sana28.07.2023
Hajmi120.43 Kb.
#1663261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 ma\'ruza Media nazariyalari klassifikatsiyasi, Ommaviy kommunika

Kommunikatsiya

  • Fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini anglatadi.
  • Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi.
  • Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin. 

Kommunikatsiya

  • «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».
  • «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».
  • «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli».
  • «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish»

Ommaviy kommunikatsiya: ta’rif

  • Kommunikatsiya har bir insonga ma’lum bo‘lgan faoliyatning bir shaklini aks ettiradi.
  • Oddiy suhbat, televizion dastur, sputnikdan yerga signallarni uzatish, bizning tashqi ko‘rinishimiz, publitsistik maqolalar kommunikatsiya hisoblanadi. Bu hodisalarning ro‘yxati juda ko`p.

Kommunikatsiya jarayoni tadqiqotchilari uchun doimiy savollar quyidagilar.

  • Kim va kimga xabar yuboryapti? (manbalar va iste’molchilar).
  • Nima uchun kommunikatsiya amalga oshiriladi? (Funksiyalar va maqsadlar).
  • Kommunikatsiya qanday amalga oshiriladi? (Kanallar, tillar, kodlar).
  • Kommunikatsiyaning mazmuni nimadan iborat? (xabar ob’yektlari).
  • Kommunikatsiya natijalari nimadan iborat? (rejadagi va rejadan tashqari effektlar).

Download 120.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling