Ma’ruzachi: G. A. Qayumova Media nima?


Ommaviy kommunikatsiya ta’rifi


Download 120.43 Kb.
bet6/11
Sana28.07.2023
Hajmi120.43 Kb.
#1663261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 ma\'ruza Media nazariyalari klassifikatsiyasi, Ommaviy kommunika

Ommaviy kommunikatsiya ta’rifi

  • «Ommaviy kommunikatsiya — son jihatdan katta bo‘lgan tarqalgan tizimli auditoriyalar o‘rtasida, baho, fikrlar, insonlarning xulqiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida, xabarlarni tarqatish»;
  • «Ommaviy kommunikatsiya institutlarni o‘z ichiga oladi, ular vositasida maxsuslashtirilgan guruhlar texnologik qurilmalardan foydalanadi (pressa, radio, kino, Internet va h.), bu simvolik mazmunni katta, geterogen va tarqoq auditoriyalarga tarqatish uchun zarur»;
  • «Ommaviy kommunikatsiya institutlashgan ishlab chiqarish hamda simvolli materiallarni axborot uzatish va to‘plash vositasida ommaviy tarqatishni nazarda tutadi».

Ommaviy kommunikatsiyaning o‘ziga xos tomonlari

  • Birinchidan, «xabar jo‘natuvchi» tashkil etilgan guruhning bir qismi hisoblanadi, ko‘pincha o‘zining asosiy funksiyasi sifatida kommunikatsiyadan farqli vazifalarga ega institut vakili sanaladi.
  • Ikkinchidan, qabul qiluvchi tomon sifatida individ namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bu individ ko‘pincha uzatuvchi tashkilot tomonidan o‘ziga xos xarakteristikaga ega guruhning bir qismi sifatida qaraladi.
  • Uchinchidan, xabar kanali axborot tarqatishning murakkab tex­nologik tizimini aks ettiradi. Bu tizimlar muhim ijtimoiy komponentani o‘z ichiga oladi, chunki ularning ishlashi qonuniy normalar, odatlar va auditoriya kutgan natijalarga bog‘liq.
  • To‘rtinchidan, ommaviy kommunikatsiyadagi xabarlar qaytarilmas murakkab tarkibga ega ommaviy ishlab chiqarish natijasini aks ettiradi.

Ommaviy kommunikatsiyaning boshqa o‘ziga xos tomonlari

  • oshkora xarakter va ochiqlik;
  • uzatish vositalariga chegaralangan va nazorat qilinuvchi kirish;
  • uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlar kontaktlarining vositachiligi;
  • uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlar asimmetrik munosabatlari - ko‘plab resipiyentlar;
  • uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlar munosabatiga buyruqlarning ta’siri.

Ommaviy kommunikatsiya ilmiy tahlil predmeti sifatida

  • Yuqorida muhokama qilinayotgan differensiatsiya asoslarini ikki o‘zaro kesishuvchi koordinata o‘qlari sifatida aks ettirish mumkin. Bu ommaviy kommunikatsiya va jamiyatni o‘rganish amaliyotida vujudga kelgan yondashuvlar

Download 120.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling