Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 58.33 Kb. Pdf ko'rish
|
U01IoFHxlpfZfOXOhaGng3pdw4WnlQsNghZ5ee6T
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Chuqur o‘rganish.
Alan Tyuring
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 2009-yilda Google tomonidan haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarildi. 2011-yilda IBM tomonidan ishlab chiqilgan, savollarga tabiiy tilda javob beruvchi “Watson” nomli kompyuter bilim borasida insondan ustun keldi. Bu esa sun’iy intellektning bilim olish qobiliyati cheksiz ekanligini yana bir bor isbotladi. 2011-yilda Apple, 2014-yilda esa Microsoft va Amazon kompaniyalari o‘zlarining ovozli yordamchilarini (chatbot) taqdim etdi. 2012-yilda surat orqali inson tashqi qiyofasini xaritalovchi sun’iy intellekt texnologiyasi yaratildi. 2016-yilda inson ko‘rinishidagi Sofiya ismli robot yaratildi. Boshqa gumanoidlardan farqli ravishda, Sofiya ko‘rish (tasvirlarni taniy olish), yuz mimikasi va insonlar bilan mustaqil muloqot o‘rnata olish imkoniyatlariga ega edi. 2017–2020-yillarda Google, Alibaba, Samsung, Facebook kabi yirik kompaniyalar o‘z dasturlarida sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi. Bu esa insonlar uchun yanada qulay xizmatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 2. Sun’iy intellektning xususiyatlari to‘laqonli sun’iy intellekt imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Bugungi kunda sun’iy intellekt qo‘llanilayotgan sohalarda uning ma‘lum bir xususiyatlarigina qo‘llanilmoqda. 1. Chuqur o‘rganish. Sun’iy intellekt vositalari inson tabiiy qobiliyatini o‘zida namoyon qila olish darajasida o‘rganishi, shu orqali rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. SIning chuqur o‘rganish xususiyati o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomobillarda, yuzni tanish, matn ko‘rinishidagi axborotlarni avtomatik yaratish kabi sohalarda samarali qo‘llanilmoqda hamda uning turli sohalardagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Masalan, “Tesla” (autopilot) kabi avtomashinalarda o‘zini o‘zi boshqarish texnologiyasiga asoslangan chuqur o‘rganish xususiyati to‘xtash belgisini tanib olish yoki piyodalarni aniqlash imkoniyatini taqdim etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling