Finikiyada mil.avv. IX asr oxiri VIII asr (X asr) boshlarida 25 ta belgidan iborat Yozuv kashf etildi. Yozuv islox qilinib 22 ta belgiga tushirildi. Bu Finikiya Yozuvi deb ataldi. Er.avv.2 ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat, Finikiyada esa 22 xarfdan iborat alifbo kashf etlgan, dunyo alifbolari asosan Finikiya alifbosidan kelib chiqqan.
Finikiya alifbosi asosida Oromiy Yozuvi Eron Ahamoniylari YOzuvi va Parfiya Yozuvi G’arbiy Osiyoda kelib chiqqan.
Oromiy Yozuvi asosida mil.avv. III-II asrlarda So’g’d Yozuvi shakllandi,bu YOzuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug’dan (1932 yil topilgan,74 ta so’g’dcha, 2 ta Xitoycha, 2 ta Arabcha, 1 ta Turkcha), Sharqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan,Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Xorazm Yozuvi kelib chiqqan. Bu YOzuvning mil.avv. I-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal’adan topilgan. Mil.avv. IV-III asrlarga oidlari Qo’yqirilganqal’adan topilgan.
So’g’d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston Yozuvi shakllangan,bu Yozuv ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan.
So’g’d Yozuvi asosida Turk Yozuvi shakllangan,bu Yozuv fanda ko’k turk yoki Runik bitiglari deyiladi, XVII asrdan o’rganila boshlangan. Sibir, Mo’g’iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O’rta Osiyo (Farg’ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan iborat bo’lgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Kushon (bu Yozuv burchakli, to’trburchakli va aylana shaklda bo’lgan) – Baqtriya Yozuvi shakllangan, bu YOzuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Baqtriya Yozuvi, Baqtriya Yozuvidan esa Eftaliylar Yozuvi (25 harfli) shakllangan.
So’g’d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida yana bir Yozuv Uyg’ur Yozuvi kelib chiqqan, Uyg’ur Yozuvidan Manjur hamda Mo’g’ul Yozuvlari shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |