Ma’ruzaga ajratilgan vaqt –2 s.
|
Talabalar soni – 10-15 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
O‘rganilganlarini mustahkamlashga doir dialogli seminar
|
Mashg‘ulot rejasi
|
1.Hadis ilmining paydo bo’lishi va mu-haddislarning hadis ilmining yaratilishdagi xizmatlari.
2. Al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” va “As-sahih” asarlari hamda ularning mazmuni.
3. Hadislarning ta’lim-tarbiya uslublari.
4. Imom at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirish-dagi xizmatlari.
5. Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati.
|
Mashg‘ulotining maqsadi
|
Talabalarning hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyatiga doir bilimlarini mustahkamlash.
|
Pedagogik vazifalar:
1) hadis ilmining paydo bo‘lishi va muhaddislarning hadis ilmining yaratilishidagi xizmatlarini aniqlashtirish;
2) Al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” va “As-sahih” asarlari mazmunini o‘zlashtirish;
3) Hadislarning ta’lim-tarbiya uslub-larini tahlil etish;
4) Imom at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlarini o‘rganish;
5) Hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini aniqlashtirish
|
O‘quv faoliyati natijalari:
1) hadis ilmining paydo bo‘lishi va muhaddislarning hadis ilmining yaratilishidagi xizmatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
2) Al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” va “As-sahih” asarlari mazmunini o‘zlashtiradilar;
3) Hadislarning ta’lim-tarbiya uslublarini qiyosiy tahlil etadilar;
4) Imom at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlarini bilib olishadi;
5) Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan xulosa chiqarishadi
|
Ta’lim metod va usullari
|
Blits-so‘rov, ekspert topshiriqlari, muqobilini tanlab olish testi, asoslangan esse
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Individual va kichik guruhlarda ishlash
|
Didaktik vositalar
|
Uslubiy qo‘llanma, proektor, markerlar, tarqatma materiallar
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona
|
Nazorat va baholash
|
Yozma (konspekt qilish) va og‘zaki (izohlash, bayon etish va tushuntirish) nazorat; uch ballik shkala asosida baholash.
|