Ma’ruzalar 3-124


Buxgalteriya hisobining predmeti va metodining elementlari


Download 237.88 Kb.
bet14/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

2.3.Buxgalteriya hisobining predmeti va metodining elementlari
Ma’lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z predmeti, ya’ni o‘rganiladigan ob’yektlariga va metodi, ya’ni shu predmetni o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va metodiga ega.
2016 yil 13-aprelda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operasiyalari buxgalteriya hisobining ob’yektlaridir. Buxgalteriya hisobi ob’yektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi”.
Buxgalteriya hisobining ob’yektlari xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalariga bo‘linadi.
Xo‘jalik mablag‘lari mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi:
I. Uzoq muddatli aktivlar – bularga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va h.k. kiradi.
II. Joriy aktivlar – bularga materiallar, tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari, debetorlik qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, tugallanmagan ishlab chiqarish va h.k. kiradi.
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra bo‘linadi:
I. O‘z mablag‘lari manbalari.
II. Majburiyatlar.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli tushumlarhamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq “Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi”.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi.
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan inflyasiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari,maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.
Xo‘jalik majburiyatlari - bu korxonalarining moliya organlari, bank muasasalari va boshqa xo‘jaliklardan hamda shaxslardan bo‘lgan qarzidir. Bular ham muddatiga qarab bo‘linadi:
a) Uzoq muddatli majburiyatlar. To‘lov muddati bir yildan ortiq bo‘lgan majburiyatlar. Bularga uzoq muddatli bank kreditlari, ijara majburiyatlari, uzoq muddatli qarzlar kiradi.
b) Qisqa muddatli majburiyatlar. To‘lov muddati bir yilgacha bo‘lgan majburiyatlar. Bular qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar, mehnat haqi bo‘yicha qarzlar, soliqdan qarzlar, ta’minotchilardan qarzlar va h.k. kiradi.
Buxgalteriya hisobining ob’yektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarishva realizatsiya jarayonlaridan iborat.

Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling