Ma’ruzalar 3-124


Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari quyidagi huquqlarga ega


Download 237.88 Kb.
bet11/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:

  • buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;

  • buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari:

  • hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;

  • ichki nazorat tartibini;

  • buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;

  • hisob hujjatlarining but saqlanishini;

  • moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;

  • soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;

  • hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;

  • Qonun 12-moddasi talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.

12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari. Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbaridir.
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbariga bo‘ysunadi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operasiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operasiyalar amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zimmasiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning13-moddasi “Imzo huquqi” deb nomlanib, unda
Pul, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlar buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga buxgalteriya hisobi sub’yektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Agar buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u holda har ikkala ro‘yxatda ham o‘zini ko‘rsatadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning imzosi mavjud bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, deyilgan.
Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta’minlashda rejalashtirish tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga oladi.
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo‘jalik yurituvchisub’yekt dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalanishi yokio‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini qo‘llashi mumkin.
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng ularni sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlashda ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi,shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi qoidaga ko‘ra, ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ikkinchi qismda korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur korxonada qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyuterlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish zarur.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida buxgalteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim yo‘riqnomasi ishlabchiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati markaziy buxgalteriyada jamlanadi va undaalohida bo‘linmalar (bo‘lim, omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi.
Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans vahisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling