Ma’ruzalar 3-124


Download 237.88 Kb.
bet28/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

Aktiv schyotlar (A)– korxona aktivlarini aks ettiradigan va ularning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlardir.
Passiv schyotlar (P)– korxonaning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalni o‘sishi-ni kredit tomonida va shu davrdagi majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan schyotlardir.
Kontr-aktiv schyot (KA)bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.
Kontr-passiv schyot (KP)– bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.
Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T)– hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad hamda xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo‘lib, ko‘payishi debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.
Aktiv schyot shakli

Kassa







Debitorlar

DtKt







DtKt

Boshlang‘ich qoldiq










Boshlang‘ich qoldiq



Ko‘payish+

Kamayishi–







Ko‘payish+

Kamayishi–

Oborot

Oborot







Oborot

Oborot

Oxirgi qoldiq










Oxirgi qoldiq




Oxirgi qoldiq = Boshlang‘ich qoldiq + debetOborot - kreditOborot





Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling