4.2.Buxgalteriyahisobischyotlariningturkumlanishivaschyotlarrejasi
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday obyektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlarni iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy obyekt aks ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur obyektga qar tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun mo‘ljallangan.
Har ikkala turkumlash qam chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini to‘ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlarning turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini (tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan obyektlarning iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish mumkin.
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra turkumlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |