Ma’ruzalar 3-124
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronologik yozuv
Kassa schyoti
Dt Kt B.Q -50000 1) 200000 2) 400000 600000 O.Q - 650000 Hisob-kitob schyoti Dt Kt B.Q -1000000 1) 200000 2) 400000 600000 O.Q - 400000 Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma’lum bilimlar yig‘indisiga ega bo‘lish, balki uni rasmiylashtirish ketma-ketligini ham bilish zarur. Eng avvalo, muayyan xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyatini aniq tushunish kerak. Faqat shunday tushuncha asosida mazkur muomala qaysi ikkita korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks ettirilishini aniqlash mumkin. Biz ko‘rib chiqqan oldingi misolda xo‘jalik muomalasi ikkita schotda, ya’ni bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida aks ettirilgan edi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalasini schotlarga bunday aks ettirishga oddiy yozuv deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra bir schotning debetida va bir necha schotning kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday buxgalteriya yozuvini buxgalteriya hisobida murakkab yozuv deyiladi. Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va kreditidagi summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning debet oboroti, kreditning jami summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz) kredit oboroti deyiladi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalalarini qayd qilish xronologik va sistematik tartibda amalga oshiriladi. Xronologik yozuv deb, xo‘jalik muomalalarining sodir bo‘lish ketma-ketligiga ko‘ra qayd qilishga aytiladi. Sistematik yozuv deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini schotlar tizimi bo‘yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga aytiladi. Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara beradi. Hisob registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv sinxronistik yozuv deyiladi. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling