Ma’ruzalar 3-124
-ma’ruza: BIZNES JARAYONLARIDA AKTIVLAR VA MAJBURIYATLARNI BAHOLASH
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
7-ma’ruza: BIZNES JARAYONLARIDA AKTIVLAR VA MAJBURIYATLARNI BAHOLASH
Reja: 7.1.Buxgalteriya hisobi ob’yektlarini baholashning mohiyati. Baholash turlari. 7.2.Biznes jarayonlarida aktivlarni baholash. 7.3.Biznes jarayonlarida majburiyatlarni baholash Tayanch iboralar: Baholash, buxgalteriya hisobi obyektlari, o‘lchov birliklari, haqiqiy sotib olish qiymati, tiklash qiymati, diskontlangan qiymat, o‘rtacha haqiqiy tannarx, FIFO, LIFO. 7.1.Buxgalteriya hisobi ob’yektlarini baholashning mohiyati. Baholash turlari. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi “Buxgalteriya hisobi obyektlari”ga muvofiq “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operasiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir”. Ushbu hisob ob’yektlarini yagona o‘lchov – pul o‘lchoviga keltirish uchun ularni baholash ya’ni pulda ifodalash zarur. Baholash– bu hisob ob’yektlarini natural o‘lchovlardan pul o‘lchoviga o‘tkazish usulidir. Baholashtufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob ob’yektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiyvositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, materiallar, chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida ifodalanadi. Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi.Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagiboshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlarishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. Xo‘jalik mablag‘larini baholashuchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlashusuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, usiz buxgalteriya hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’yekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital quyilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi. Demak, baholash korxona aktivlari, passivlari hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib, ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizatsiya ning moliyaviy natijasi aniqlanadi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobining asosiy ob’yektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat budjeti va shunga o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan moliyalashtiriladigan sub’yektlarda ayrim o‘ziga xos hisob ob’yektlari mavjud. Bularga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab vataklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling