Ma’ruzalar 3-124
Biznes yuritishda inventarizatsiya o‘tkazish talablari, bosqichlari, muddatlari, tartibi va texnikasi
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
6.2.Biznes yuritishda inventarizatsiya o‘tkazish talablari, bosqichlari, muddatlari, tartibi va texnikasi.
Inventarizatsiya o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish uchun ma’lum tartib mavjud bo‘ladi. Inventarizatsiya fermer xo‘jaliklari rahbari tomonidan tayinlangan va buyruq bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Inventarizatsiya o‘tkazish arafasida tekshiriladigan qiymatliklar saqlanadigan joylarda barcha kirim va chiqim hujjatlarining ishlovi tugallangan, analitik hisobdagi barcha yozuvlar qilingan va qoldiqlar chiqarilgan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya qilingan barcha buyumlar raqami, sanalari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilgan har xil buyumlar saralanib joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya har bir saqlash joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha, uning qatnashuvida alohida - alohida o‘tkaziladi. Barcha moddiy boyliklar, albatta, sanash, tortish yoki o‘lchash yo‘li bilan tekshirib chiqiladi. Aniqlangan va hisoblab chiqilgan qiymatliklar haqidagi ma’lumotlar barcha inventarizatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan izohlanadigan inventarizatsiya ro‘yxatiga yozib qo‘yiladi. Moddiy javobgar shaxs, ro‘yxatda keltirilgan barcha qiymatliklar uning qatnashuvida tekshirilganligi, ularni uning javobgarligida saqlovga qabul qilinganligi va komissiyaga hyech qanday da’vosi yo‘qligi haqida tilxat beradi. Agar da’vosi bo‘lsa, unda da’volar nimadan iborat ekanligi aniq ko‘rsatiladi. Shunday qilib, inventarizatsiya ro‘yxatlari xo‘jalik mablag‘larining haqiqatda mavjudligi va holatini aks ettiruvchi hujjatlardan iborat ekan. Inventarizatsiya o‘tkazib bo‘lingandan keyin bu hujjatlar buxgalteriyaga ularning haqiqiy qoldiqlarini hisob ma’lumotlaridagi bilan solishtirish va ularni inventarizatsiyadagi ma’lumotlarga muvofiqlashtirish uchun topshiriladi Inventarizatsiya natijalarini aniqlash maqsadida buxgalteriya solishtiruv vedomostini tuzadi. Ular inventarizatsiya vedomostlarining ma’lumotlari buxgalteriya hisobining tegishli ma’lumotlari bilan solishtirib tekshiriladi. Shu yerda inventarizatsiya natijalarda ortiqcha chiqishi yoki kamomadlari ham aniqlanadi. Barcha ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi. Solishtiruvchi vedomostga barcha inventarizatsiya qilingan qiymatliklar bo‘yicha ma’lumotlar emas, balki fakat hisob ma’lumotlaridan chetlangan qiymatliklarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi. Bunda solishtiruvchi vedomostlardagi ma’lumotlar hisobda qabul qilingan turkumlanishga muvofiq joylashtiriladi. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling