Ma’ruzalar kursi 1-2-mavzu: amir temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. Asosiy savollar
Armiya va ma’muriyat qurilish sohasidagi o‘zgarishlar
Download 41.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-PARA-1
Armiya va ma’muriyat qurilish sohasidagi o‘zgarishlar
Harb tarixi Temurbekni jahonning eng buyuk sarkardalardan biri sifatida, haqli ravishda, tan oladi. Uning harbiy iste’dodi asosan ikki yo‘nalishda: mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda tarzida yorqin namoyon bo‘ldi. (Mo‘minov I.M. «Rol i mesto Amiro Temura v istorii Sredney Azii. 28-29 bet). Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli armiya tuzishga, muhoraba chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va qoyalarni tadbirkorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovor ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi. Temur Chingizxon lashkari tuzilishini, ularni jang olib borish amallarini o‘rganib, unga o‘zgartirishlar kirita oldi. U barpo etgan armiya, Chingizxon tuzgan qo‘shin tizimidan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi. Chingiziylar qo‘shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chaqiriladigan xalq lashkaridan iborat bo‘lgan holda, Temurbek armiyasi umumxalq harakteriga ega emas edi. Chingizxon davrida qo‘shinni asosan ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temurbek qo‘shiniga oliy bosh qo‘mondon ko‘rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg‘ul o‘troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan. Temurbek qo‘shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo‘lgan. Ma’lumki, Chingizxon qo‘shini zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni xisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo‘lmagan. Temurbek Sharqda birinchilardan bo‘lib o‘z armiyasiga o‘t sochar qurol, ya’ni to‘p-ra’dni olib kirdi. Sohibqiron tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan mahsus harbiy qismlarni tashkil qildi. Temurbek jahon harb san’ati tarixida birinchi bo‘lib, qo‘shinni jang maydonida yetti qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etdi. Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo‘limlar bo‘lib, ular jang chog‘i erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan. Amir Temur armiyasida muntazam qo‘shinga xos bo‘lgan ko‘pgina belgilar mavjud edi: qo‘shin son jixatidan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovor tartibi-yassol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o‘z zamonasining ilg‘or qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bu turdagi qurol-yarog‘, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim bosh, tutgan bayrog‘i yoki tug‘i org‘ali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo‘shinni boshqarishda juda qo‘l kelgan. Taktika jihatidan Temurbek armiyasi o‘ziga hos hususiyatlarga ega edi. Qo‘shinning yasoli-yetti qism-qo‘lga ajratilgan, razvedka a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga alohida katta e’tibor qaratilgan. Temurbek o‘nlik, yuzlik, minglik hamda tuman qo‘mondonlarini tanlash masalasiga bevosita raxbarlik qilgan. Harb san’atiga qo‘shgan xizmatlaridan yana biri-qo‘shin qanotlarini jang chog‘ida dushman xujumidan muxofaza qilish va aksincha g‘anim kuchlarini yon tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism kumbulning joriy etilishidir. Bunday yangi qism birorta mashxur lashkarboshilarda mavjud bo‘lmaganligi, horb tarixi so‘zlab bera oladi. Amir Temur 12 mingdan ortiq birikma, 12 mingdan 40 mingga qadar ko‘proq bo‘lgan qo‘shin va dushman soni 40 mingdan ko‘proq bo‘lgan qo‘shin uchun alohida-alohida jang qilish usullarini qo‘llagan. Odatda dushman kuchlari 40 mingdan ortiq bo‘lsa, unga qarshi Temurning o‘zi borgan. Bunday paytda uning qo‘shinlari jangda quyidagi tartibda bo‘lgan: 40 ta bo‘linma bevosita uning o‘z ixtiyorida bo‘lgan. Ulardan eng saralangan 12 ta bo‘linma birinchi qatorni, qolgan 28 tasi ikkinchi va uchinchi qatorni tashkil etgan. Temurning o‘g‘illari va nabiralari boshchilik qilayotgan qo‘shinlar yuqorida tilga olingan 40 ta bo‘linma o‘ng tomonning old qismida, qarindosh va ittifoqchilari boshchilik qilayotgan qo‘shinlar esa uning chap tomoning old qismida joylashgan. Bu barcha qismlar zahira xisoblanib, Sohibqiron buyrug‘iga asosan zarur bo‘lgan nuqtalarga tashlangan. Oltita bo‘linma o‘ng qanotning asosini yoki uning ikkinchi safini va bitta bo‘linma avon g‘orini tashkil etgan. Yana shuncha bo‘linma shu asosda chap qanotda joylashgan. Ikkinchi safning ikki qanoti oldida xuddi shu tartibda birinchi qator (chopovul va shikovul) o‘rin olgan. Birinchi qator oldidagi ilg‘orda shuncha bo‘linmaga ega bo‘lgan malakali boshliqlar va jasur jangchilardan tuzilgan katta avong‘or joylashgan Bu avong‘orning oldida ham avong‘ori bo‘lgan, uning ikki old tomonida engil qurollangan ikki bo‘linma jangchilari ayg‘oqchilik uchun yuborilgan. Ular qo‘shinni qo‘qqisidan bo‘ladigan xujumdan saqlar va dushman harakatini kuzatib borar edi. Asosan jangni ular boshlab bergan, so‘ng katta avong‘or, zaruratga qarab 1,2,3, qatorlar jangga kiritilgan. So‘ngra zahira jangga kiritilgan, uning vazifasi bir hamla bilan dushman bayrog‘ini qo‘lga olish bo‘lgan. Eng oxirida amirning so‘nggi zaxirasi jangga kirgan. Amir Temur armiyasida jangovor qatorlarning markazi kuchsiz bo‘lgan. Bu mahsus o‘ylab ishlatilgan taktik usul bo‘lib, dushman kuchlarining markazdan yorib kirishiga sharoit yaratish va uni tor-mor qilishdan iborat bo‘lgan. Umuman olganda Amir Temur yaratgan harbiy san’at merosi jahon halqlarining harbiy san’ati merosida munosib o‘rin oldi. Mustahkam tartib va intizomga ega bo‘lgan Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi. Ular «o‘nliklar»(«ayl»),»yuzliklar»(«xo‘shun»), «mingliklar» («xazora») va «o‘n mingliklar»,(«tuman»)ga bo‘lingan va ularga «o‘nboshi», «yuzboshi», «mingboshi» hamda «amirlar» boshchilik qilganlar. «Tumanlarda askarlar soni 10 ming, qo‘shinda esa 100 ming bo‘lgan. 10 minglik lashkarlarni boshqarish uchun «Tuman og‘asi», minglik bo‘limni «mirixazora», yuzlikni «xushunboshi» va o‘nlikni boshqarish uchun «Aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan. Bo‘linma boshliqlari -amirlar Temurga tobe bo‘lgan qirq aymoqdan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo‘g‘ul, sulduz, tug‘oy, Qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. Eng ulug‘ martaba amirlik bo‘lib, Temur faoliyatining dastlabki-yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko‘rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to‘rttasi beglar begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o‘nboshi bo‘lgan. Bulardan tashqari yana o‘n ikki nafar kishiga birinchidan to o‘n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O‘n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi xisoblangan. O‘n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va bittadan nog‘ora, amir ul-umaroga bir bayroq, nog‘ora, o‘n minglik qo‘shin, tug‘ va Chortug‘, to‘rt nafar beglar begining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, Chortug‘ va burg‘u (karnay) berilgan Bu o‘ziga xos ramzlar qo‘shin bo‘linmalarining bir-biridan farqlab, ajratib turgan. Jumladan bitta qizil bayroq qo‘shin boshlig‘i amir ul-umaro yoki beglar begining ramzi bo‘lgan. Ot yoki bog‘langan nayzali uzun tug‘ tuman og‘asining, ikki tomonga kokillari soChilgan ikki nog‘ora yuzboshining belgisi xisoblangan. Askarlar unvoni darajalariga qarab maosh olganlar. Jumladan, oddiy sipohiy mingan otning bahosi barobarida, bahodirlar 2-4 ot qiymati barobarida, aylboshi qaramog‘idagi askarlarga nisbatan o‘n barobar ko‘p maosh olgan. Yuzboshilar o‘n boshilardan 2 barobar, minboshilar yuzboshilardan uch barobar yuqori maosh olganlar. Alohida hizmat uchun esa ulufa, tanho kabi rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lgan. Amir Temur sipohni tuzishida asosan o‘z zamonida mashxur bo‘lgan o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar tartibiga amal qiladi. Mazkur mansablarga tayinlashda jang maydonida ko‘rsatilgan jasorat asosiy mezon bo‘lgan. Bu xaqda Temur shunday deydi: «Amr qildimki, qachonki asl sipohlardan ish ko‘rgan, jangu-jadalda suyagi qotgan, o‘n kishi yig‘ilsa, bulardan qaysi birining shijoati, botirligi ortiqroq bo‘lsa, qolgan to‘qqiztasining roziligi va ma’qullashi bilan uni o‘zlariga saylab, otini o‘nboshi deb atasinlar» («Temur tuzuklari», 69 bet.) Rahbar qo‘mondonlar (yuzboshi, mingboshi)ni tayinlashda ham jang maydonidagi jasorat yetakchi mezon hisoblangan. Amir Temur o‘z sipohiga amirlarni tanlashda, birinchidan, ularning jang maydonlarida ko‘rsatgan xizmatlariga e’tibor qaratgan bo‘lsa, ikkinchidan, u o‘z o‘g‘illari va nabiralarini ham sipohiylarning asosiy qo‘mondonlari qilib tayinlar edi. Masalan, to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jaxongir viloyat hokimi bo‘lib, 12 ming otliq askarga ulufa olgan. Ikkinchi o‘g‘li Umarshayxga esa viloyat va o‘n ming otliq askarga ulufa olishni buyurgan. Uchinchi o‘g‘li Mironshox viloyat va tuqqiz ming otliq askar, to‘rtinchi o‘g‘li Shohruh viloyat va yetti ming otliq askar ulufa olish huquqiga ega bo‘lgan. Nabiralariga esa, ularning qobiliyatlariga qarab, bittadan viloyat, uch mingdan yetti minggacha otliq askarlarga ulufa olish huquqini beradi. qarindoshchiligi bor kishilarga esa ularning har birining qobiliyatiga yarasha birinchi darajali amirlikda yettinchi darajali amirlik martabalarini beradi. Amir Temur o‘z sipohiylarining yaroq-jabduqlari va anjom-jixozlari xaqida doim g‘amxo‘rlik qilgan. U shunday qonun joriy qiladiki, yurish vaqtida oddiy askarlardan har o‘n sakkiz kishi o‘zi bilan birga chodir olgan. Har bir sipohiy bir qilich, arra, bigiz, bir qop, juvoldo‘z, bolta, o‘nta igna va orqaga osiladigan charm xalta olishi kerak bo‘lgan. Bahodirlardan har besh kishi bir chodir, har biri temir sovut, dubulg‘a, bir qilich, sadoq, kamon va beshta ot olgan. Yuzboshilar bir chodir, o‘nta ot, qilich, sadaf, o‘q-yoy, temir qalpoq, sovut bagtor (temirdan yasalgan kiyim), minboshilar bir chodir, bir soyabon, qurol-aslahadan ko‘targanicha olgan. Birinchi amir bir chodir, bir o‘tov, bir juft soyabon, qurol-aslahadan esa qo‘l ostidagilarga etadigan darajada olgan. Otdan foydalanish tartibi quyidagicha belgilangan. Birinchi amir bir yuz o‘n ot, ikkinchisi bir yuz yigirma, uchinchisi bir yuz o‘ttiz, to‘rtinchisi bir yuz qirq ot. Amir ul-umaroga yetguncha shu tartibda ot olish belgilanadi va amir ul-umaro esa o‘zi bilan uch yuzdan kam ot olmasligi ta’kidlanadi. Piyoda askarlarning har biri o‘zi bilan birga bir qilich, bir kamon, ko‘targanlaricha o‘q-yoy olgan. Amir Temur urush va tinchlik paytlarida sipohni qo‘riqlash masalalarini ham hech qachon esdan chiqarmagan. Birinchidan, sipohiylar, amirlar, minboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilar devonxonaga, etiksiz, kovushsiz, bo‘rk yoqali chakmonsiz, xanjar, qilichsiz xozir bo‘lmaganlar. Ikkinchidan, o‘n ikki ming askar urushi tinchlik vaqtida qurollangan holda devonxonaning to‘rt tarafidan qurshab turgan. Har kecha ulardan ming kishi navbatma-navbat soqchilikka ajratilgan. Amir Temur O‘rdani va sipohni dushmandan nihoyatda ehtiyot qilgan. U ayniqsa urush paytida lashkarlarining atroflarini qo‘riqlashga alohida e’tibor berib,butun bir jangovor tartibni ishlab chiqadi va uni joriy qiladi. Urush paytida o‘n ikki amirdan har biri, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar o‘n ikki ming qurollangan otliq sipohiy bilan bir kecha-kunduz davomida har qaysilari o‘z xonalarini qo‘riqlash uchun xozir bo‘lgan. Amir Temur sipohning tuzilishi, uning qurol-yarog‘i, qo‘riqlanishi, maoshlari bilan bir vaqtda navkarlarning o‘z beklariga va aksincha beklarning o‘z navkarlariga bo‘lgan munosabati masalasida ham huquqiy va ahloqiy jihatlarni tartibga soladi. Amir navkarlarining to‘g‘ri va adolatli bo‘lishini talab qiladi. «Qaysi navkar o‘z xizmati, xaq-burchini unutib, ish vaqtida (mehnatdan) yuz o‘girar ekan, unday navkardan yuz o‘girmoq kerak. qaysi navkar ish vaqtida bahona izlab jangu jadal paytida ijozat so‘rab, qochishni mo‘ljallasa, bugungi ishni ertaga qoldirsa, bunga o‘xshash navkarlar, nomlarini ham tilga olishga munosib emasdirlar. Bunday kishilarni parvardigori olamga topshirish zarur».(«Temur tuzuklari», 88 bet). O‘z navbatida lashkarboshilarning navkarlariga mehribon, izzat-nafsiga tegmasligini o‘qtirgan. Amir Temur fikricha, eng xavfli hamda uning uzrini kechirib bo‘lmaydigan navkar bir jang maydonida o‘z begiga hiyonat qilgan navkardir. Rostgo‘y, sodiq xizmatchilar, jangchilarni esa juda qadrlagan va ularga izzat va ehtiromlar ko‘rsatgan. Amir Temur yurishlarining davriy chegaralari quyidagicha: 1386-1388-yillar Eron, Kavkazdagi «uch-yillik», 1392-1396-yillar «besh-yillik», 1399-1404-yillar «yetti-yillik. Mazkur urushlarning katta qismi Eronga qarshi qaratilgan edi. Eronning Qabushon, Tuyo, Nishopur, Sabzavor kabi shaharlari Temurga jangsiz taslim bo‘ladi, chunki shahar hokimlari o‘z shaharlarini harobazorga aylantirishni istamaydilar. 1383-yilda Sohibqiron lashkarlari Siestonni va Balujistonni egallab, Eronni janubiy va Shimoliy-g‘arbiy hududlari tomon siljib boradi. 1387-yilda fors viloyati Temur qo‘l ostiga olindi. 1387-1397-yillardagi bir necha yurishlaridan so‘ng Temur Ozarbayjon, Armaniston, Astrabod va Mozandaronni qo‘lga kiritdi. 1402-yilga qadar Gurjistonga besh marta yurish qilib uni egalladi. Xullas Amir Temur G‘arbda Kichik Osiyogacha, janubda Arabiston erlari oroligacha bo‘lgan xududlarni egallaydi. 1398-yilning may oyida 90 ming kishilik qo‘shin bilan Hindistonga yurish boshlaydi. Bu urushni u Muhammad payg‘ambar e’tiqodini yoyish, payg‘ambar nomini ko‘klarga ko‘tarish, butparast va kofirlarni islom diniga kiritish, bu yerdagi feodal tarqoqlik va o‘zaro urushlarga barham berish bayrog‘i ostida olib bordi. 1399-may oyida Samarqandga katta boyliklar bilan kirib keldi. 1399-1404-yillarda, g‘arbga tomon yurish boshlandi. Bu urush asosan turk sultoni Boyazid-yildirimga qarshi qaratilgan edi. Temur dastlab gurjilar isyonini bostirib, qish mavsumini Qorabog‘da o‘tkazadi. 1400-yil avgustda Kichik Osiyoga Sivas va Milatiyani egalladi va Kichik Osiyodagi bo‘lajak harakatlari uchun tayanch bo‘ldi. Keyingi harakat Shom (Suriyaga) qaratildi. Suriya Misr sultoni Farajga qarar edi, u esa Boyazid bilan yaqin aloqada edi. Misr sultonini tor-mor etgach, Damashqni egalladi, so‘ng Mo‘g‘ulga o‘tdi. 1401-yilda Bog‘dodni egalladi. 1402-yilning aprel oyida Kuriya daryosini kechib o‘tib, birin-ketin Tartux, Kemax va Qaysariya kabi qal’a-shaharlarini egallab Turkiya bilan Suriya va Bog‘dod aloqalari yo‘lini kesib qo‘yadi. U bu yerda Anqara qal’asi tomon harakat qiladi va to‘rt kunda 120 chaqirim yo‘lni bosib Kir shahriga kirib boradi. Bu erda Sohibqiron g‘azabga to‘lgan Boyazid va qo‘shinlari bilan yetib kelayotgandan habar topadi. Boyazid to‘g‘risida batafsilroq va to‘liq ma’lumot to‘plash maqsadida Temur o‘zining 1000 chavondozini uning yo‘nalishi tomon jo‘natadi. 3 kun ichida Temur Anqaraga keladi. Temurning asosiy maqsadi Boyazidni Turkiya poytaxti Bursadan uzib qo‘yish edi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid o‘rtasida «Anqara jangi» 1402-yil 20-iyulda boshlandi. Mazkur jangda har ikki tomondan 400 ming kishidan iborat lashkar qatnashdi. 200 ming kishilik qo‘shinda Temur o‘zining o‘ng qanotiga o‘g‘li Mironshoh, chap qanotiga nabiralari Sulton Husayn va Halil Sultonlar, kenja o‘g‘li Shoxruh qo‘mondonlik qildi. Qo‘shin markazini Muhammad Sulton boshqardi. Markaz va qanotlar ortida Temur va uning ikki nabirasi Pirmuhammad, Iskandarlar turdi. Boyazid qo‘shinlari sultonning qaynisi Serb knyazi Lozdivich va o‘g‘illari boshchilik qildi. Temur mohir diplomatligi tufayli Sulton Boyazid lashkarining asosiy avangar kuchi bo‘lgan totorlarning Fozil boshchiligidagi rahbarlari, amirlari, boshliq va ularga qalbini to‘lqinlantiruvchi xat yozib, o‘z tomoniga ag‘darib oldi. Totor lashkarlarining Temur tomoniga o‘tishi jang natijasini hal qiladi. Boyazid o‘g‘illari Sulaymon Chalobiy, Muhammad, Isa o‘g‘illari jang maydonida otani tashlab qochadilar. Jang Temur foydasiga hal bo‘ldi. Temur shiddatli hujumni davom yettirib butun Kichik Osiyoni egallaydi va O‘rta yer dengizining Sharqiy sohilida joylashgan Izmer shahriga etib boradi. O‘rta yer dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Gensu mulklarining hukmdorlari ham Temur xukmronligini tan oladi. 1405-yilda 8-yanvarda 200 ming lashkari Xitoy sari yuzlandi. Bu sohibqironning oxirgi yurishi edi. Mustaqillik yillarida tarix fanida yuz bergan muhim ijobiy o'zgarishlardan biri – xalqimizning milliy kahramoni, mustabid sovet hukmronligi davrida noming nohaq qoralangan Amir Temur pok nomini oqlanishi bo'ldi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan sohibqironning millat va davlat ravnaqidagi buyuk xizmatlari e'tirof etilgan holda uning 660 yilligi 1996 yili xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Sohibqiron shaxsiga bo'lgan munosabat davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi, uning davlati, ichki va tashqi siyosat, Temuriylar hukmronligi xususida ko'plab ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublikamizda 1996 yil –Amir Temur yiliyo deb e'lon qilindi, Amir Temur xalqaro jamg'armasiyo tashkil etildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi, yoAmir Temuryo ordeni ta'sis etildi, YUNESKO tashabbusi bilan 1996 yil aprelda Parijda xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi, Amir Temur va Temuriylar davriga oid ko'plab tarixiy manbalar tarjima qilindi va hokazo. Shubhasiz, tarixiy haqiqatni qaror toptirish ishiga tarixchi olimlar ham o'z munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar. A.O'rinboev, B.Ahmedov, D.Yusupova, U.Uvatov, A.Muhammadjonov, A.Ahmedov, O.Bo'riev va boshqa ko'plab olimlar tomonidan tarixiy manbalar tarjima qilindi, e'tiborga molik tadqiqotlar amalga oshirildi: A.Ziyo, H.Boboev, S.Xidirov, Sh.O'ljaeva, D.Obidjonova, X.Fayziev, B.Usmonov, O.Rahmatullaeva kabi ko'plab tadqiqotchilar esa o'z izlanishlarida mavzu bilan bog'liq ko'plab tarixiy va huquqiy jihatlarni ochib berishga muvaffaq bo'ldilar. Amir Temur va Temuriylar tarixi nafaqat respublikamizda, balki jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan ham katta qiziqish bilan o'rganib kelinmoqda. Amir Temur haqida K.Marlou 1588 yili tarixiy p`esa, mashhur nemis bastakori G.Gendel` 1724 yili opera, amerikalik adib E.Po 1827 yili she'riy poema yaratgan. XX asr tarixshunosligida R.Grosse, L.Keren, YE.Rose, X.Xukxem, F.Mants, G.Glombek, A.Deraga, K.Yenoki, YE.Manau, M.Rossati va boshqalarning tadqiqot ishlari katta shuhrat qozongan. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, 2000 yilga kelib Yevropa xalqlari tillarida Amir Temur va Temuriylar haqida chop etilgan asarlar soni 500 tani tashkil etgan. 2006 yili Amir Temurning xalqaro miqyosda nishonlangan 670 yillik tavallud yoshi arafasida taniqli frantsuz olimi L.Keren Parijda frantsuz tilida yoSamarqandga, Amir Temur davriga sayohatyo nomli tadqiqotni amalga oshirdi. Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336 yil 9 aprelda (hijriy 736, sha'bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo'ja Ilg'or (hozirgi Yakkabog' tumani) qishlog'ida barlos beklaridan biri Amir Tarag'ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Temurning onasi Takinaxotun Keshning obro'li bekalaridan biri bo'lgan. Temurning bolaligi va o'spirinlik yillari Keshda o'tdi. Ibn Arabshoh, Ryui Gonzales de Klavixo va boshqa tarixchilar 1360 yilga qadar uning hayotini ayrim ma'lumotlar bilan izohlashgan. XIV asrning 50-60 yillariga kelib Chig'atoy ulusi hududlarida o'zaro parokandalik va o'zboshimchalik hukm surar edi. Chig'atoy xoni Temurshoh zo'rg'a ikki yilga yaqin (1358-1359) hukmronlik qildi. Shundan so'ng o'zlarini anchadan beri mustaqil tutayotgan bekliklar rasman shu darajaga da'vogar bo'lib chiqa boshladilar. Keshda Hoji Barlos o'zini mustaqil deb e'lon qilgach, so'ng Xo'jandda Boyazid Jaloyir, Balxda O'ljoy Bug'o suldus, Shibirg'onda Muhammadxo'ja Apverdi nayman, Xuttalon va Arhang saroyda amir Kayxusrav va O'ljoy Apverdi, Totkand va Saripulda Xizr Yasavuriy hamda Qo'histonda amir Sotilmishlar o'zlarini mustaqil deb e'lon qildilar. Ayirmachilik harakati kuchayib, hokimiyat, boylik yo'lida beklar o'zaro kurashlar domiga tortildi. Bu urushlar shundoq ham ahvoli nochor bo'lgan aholi boshiga ko'p kulfatlar soldi. 1360-1361 yillarda Mo'g'uliston hukmdori hoqon To'g'luq Temur Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik tadbirlari Movarounnahr hukmdorlariga ma'lum bo'lganidan keyin, ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. To'g'luq Temur Xo'jandni ishg'ol etish niyatida Sirdaryodan o'tganidan so'ng, Movarounnahr amirlari va Hoji Barlos qo'rquvdan o'z jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o'tib Xurosonga ketib qoldilar. Temur o'z hududini mo'g'ul bosqinchilaridan himoya qilish maqsadida To'g'luq Temur xizmatiga o'tdi. Temur unga Kesh va uning atrofidagi yerlarni boshqarishni topshirdi. 1360-1370 yillarda Movarounnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir qatorda ta'sir o'tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog'onning nabirasi Amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasarrufida edi. 1361 yilda Temur Amir Husayn bilan yaqinlashib ikkala hokim birlashgan holda, mo'g'ul xonlariga qarshilik ko'rsatish imkoniga ega bo'ldilar. Vaqti kelib, Movarounnahrni boshqarishni Tug'luq Temur o'z o'g'li Ilyosxo'jaga topshirdi. Mustaqil bo'lishga harakat qilib yurgan Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Amir Temurning bir-birlari bilan yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo'lgan davrlar 1361-1365 yillarni o'z ichiga oladi. Bu davrda Temur ma'lum qiyinchiliklarni ham boshidan kechiradi. Temur hayotida ro'y bergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo'lib o'tgan. Amir Temur jang vaqtida o'ng qo'lini tirsagidan va o'ng oyog'idan kamon o'qi tegishidan qattiq jarohatlandi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni hasad bilan yoTemurlangyo deb atashgan. Tug'luq Temur o'limidan so'ng, 1363 yilda Movarounnahr tuprog'idan haydalgan mo'g'ul xoni Ilyosxo'ja yangidan katta lashkar bilan avvalgi mulklarini egallab olish maqsadida Movarounnahr tomon harakat qila boshlaydi. Mo'g'ul xoni ayniqsa o'zining raqiblariga nisbatan qahrli kayfiyatda ekanligi ham ma'lum edi. 1363-1364 yillarda Temur va Husayn mo'g'ullarni uch marotaba mag'lubiyatga uchratdilar. Temur va Amir Husayn bo'lg'usi qaqshatqich to'qnashuvga imkon boricha harbiy kuchlarni yig'dilar. Tarixda yoLoy jangiyo nomi bilan kirgan mazkur jang Chinoz bilan Toshkent o'rtasida 1365 yilning 22 may kuni bo'lgan. Temur va Amir Husayn Chirchiq daryosi bo'yidagi bu jangda mag'lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag'lubiyat sabablaridan biri Amir Husaynning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi bo'ldi. Qayta urinish behuda ekanligini anglab etgan Amir Temur jang maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon qaytib ketgan. Temur so'ngra Kesh tomonga yo'l oldi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu paytda Movarounnahrning bosh amiri Husayn edi. Biror qarorga kelish esa uning irodasiga bog'liq bo'lgan. Shu sababli Temur ham uning ko'rsatmasi bilan, ko'p hollarda Husaynning roziligi bilan ish tutishga majbur edi. Samarqand shahri, qolaversa, butun Movarounnahr o'z holiga tashlab qo'yildi. Mo'g'ul xoni changalidan qutulish samarqandliklarning o'ziga bog'liq edi. Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o'z qo'llariga oldilar. Sarbadorlar mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lish yo'lida o'zlarini qurbon qilishga tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo'lib, 50-60-yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mo'g'ul istilochilari va zulm o'tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi. Xurosondagi singari Samarqandda ham bu harakat qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo'lgan. Hunarmandlar, do'kondorlar ayrim madrasa mudarrislari va talabalar mazkur harakatga faol qo'shildilar. Ilyosxo'ja to'g'ridan-to'g'ri Samarqandga tomon yo'l oldi. Shahar jome' masjidiga yig'ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo'lajak rahbarlaridan biri bo'lgan, madrasa mudarrisi Mavlonozoda so'z olib, shaharning har bir Sarbador – forscha «boshini dorga tikkan», degan ma'noni anglatadi. a'zosidan katta miqdorda soliq va to'lov yig'ib, uni o'z bilganicha sarf etib yurgan hukmdorning shaharni o'z holiga tashlab qo'yganligini uqtirib o'tadi. Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Xo'rdak Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham qo'shildilar. Mudofaa tashkil etilganligidan xabarsiz mo'g'ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb o'ylashardi. Ularning asosiy qo'shinlari shaharga kiraverishdagi bosh ko'chadan hujum qiladilar. Xavf-xatardan shubhasi bo'lmagan bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan pistirmada turgan joyga yaqinlashganlarida to'satdan kamon o'qlariga duch keldilar. Shahar mudofaachilari mo'g'ullarga uch tarafdan hujum qildilar. Birinchi hamladayoq shaharni egallaymiz deb o'ylab, bostirib kirgan mo'g'ullar katta talofat ko'rib, orqaga chekinishga majbur bo'ldilar. Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va o'z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo'g'ullar shahar atrofini qurshab olib, uzoq vaqt qamal qilish rejasini o'ylab chiqdilar. Lekin, lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabosi (o'lati) deb atashadi. O'lat oqibatida Ilyosxo'ja qo'shinlariga mansub otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo'ja katta yo'qotishlar bilan dastlab Samarqandni, keyin esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo'ldi. Shu paytda Keshda bo'lgan Temur bu xabarni Amudaryo bo'ylarida bo'lgan Amir Husaynga yetkazdi. 1366 yilning bahorida ular Samarqandga etib keladilar va sarbadorlar rahbarlarini o'z huzurlariga chorladilar. Uchrashuv Samarqanddagi Konigul degan joyda bo'ldi. Bu yerda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular qatl etiladilar. Temurning iltimosi bilan faqat Mavlonozoda omon qoldirilib, Xurosonga jo'natiladi. Sarbadorlar harakati bostirilgandan so'ng, Amir Husayn va Temur o'rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Bunga Amir Husaynning sarbadorlarga nisbatan adolatsizligi ham bir qadar sabab bo'lgan edi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, Amir Husayn tanlagan yo'l parokandalik va bosh-boshdoqlik sari yetaklar, Temur esa buni yaxshi anglab yetgan edi. Amir Husaynning ochko'z va makkor siyosati ko'pchilik harbiylar, qabila boshliqlarining noroziligiga sabab bo'ldi. Husayn ko'plab amirlardan katta o'lja, pul talab qila boshladi, siquvlar amalga oshirila boshlandi. Temur o'z safdoshlariga to'lovlarda yordam berdi, ularning qarzlarini to'lashda, tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning yozishicha, hatto o'z xotinini taqinchoqlarini ham ayamagan. Temurning saxovati va olijanobligi ko'plab amirlarning unga bo'lgan hurmatini oshirdi. Aksincha Amir Husaynning obro'-e'tibori tobora pasaya boshladi. 1366-1370 yillar oralig'ida Amir Temur o'z e'tiborini ichki ishlarga qaratdi. Amir Husayn turli fitna-fasodlar yo'liga o'tib, Temurga qarshi zimdan kurash boshladi. Amir Husayn va Amir Temur o'rtasidagi ziddiyatlar 1370 yilda Husaynning o'ldirilishi va Amir Temurning taxtga o'tirishi bilan yakunlandi. Movarounnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bo'lgan Suyurg'otmish (1370-1388) qo'liga o'tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo'lida qoldi hamda u Kesh shahridan Samarqandga ko'chib, uni o'z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Mazkur davrga kelib Amir Temur dono va irodali hukmdor, uzoqni ko'zlovchi davlat arbobi ekanligi yaqqol namoyon bo'la boshladi. Harbiy bo'linmalar boshliqlari etib amirlardan Joku, Hoji Sayfiddin, Abbos, Iskandar, A'lam Shayx, Alayka qavchin, Ardasher qavchin, Qori inoq va boshqalar tayin etildi. 1370 yilda Shibirg'on hokimi Zinda Chashmdan boshqa barcha amir va qabila boshliqlari Temur hokimiyatini tan olgan edi. Zinda Chashm ayirmachilik yo'lini davom ettirib, Balx va Termez atroflaridagi yerlarni ham talon-taroj qila boshladi. Zinda Chashm sa'y-harakatlariga qarshi Amir Temur Joku barlos boshchiligidagi qo'shinni jo'natdi. Zinda Chashm mahv etilib, Samarqandga jo'natildi. Amir Temur unga oliyhimmat munosabatda bo'lib, avf etdi. Murakkab va ziddiyatli davrda Amir Temur Movarounnahrdagi birlashtirish siyosatini boshlagan edi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida turgan yerlarni o'ziga bo'ysundirib, itoat ettirdi. Farg'ona, Shosh viloyatlarini o'z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo'lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O'rdaga qarashli yerlarni egallashda u bu yerlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi. Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movarounnahrga kiritishga intildi. 1372 yilda Husayn So'fi Amir Temurga boj to'lamasdan, buning ustiga Sohibqiron tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: yoMen mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkinyo. O'sha yili Amir Temur Xorazmga qo'shin tortib keladi. Urganchga borish uchun Qiyot shahri orqali o'tish kerak edi, bu shahar bir oz qarshilik ko'rsatgandan keyin Temur qo'shini tomonidan ishg'ol qilinadi. Qiyotning qo'ldan ketishi Husayn So'figa kuchli ta'sir ko'rsatdi. U Amir Temur bilan yarashishga, uni talablarini bajarishga rozi bo'ladi. Lekin, ayrim hokimlar Amir Temurning tezda baland martabaga erishishini ko'rolmay, Husaynni unga qarshi gij-gijlay boshladilar. Husayn ularning yordamiga ishonib, Amir Temurga qarshi chiqadi, ammo u tomonidan tor-mor etiladi. Shundan so'ng Husayn Urganch qal'asiga berkinadi va tezda vafot etadi. Uning o'rniga akasi Yusuf So'fi (1372) hokimiyatga keladi va Amir Temur bilan yarash shartnomasi tuzadi. Lekin, u yarash shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib ketganidan keyin Qiyot shahrini bosib oladi va unga qarshi ochiqdan-ochiq dushmanlik harakatlariga o'tadi. Shundan so'ng Amir Temur Xorazmga ikkinchi marotaba yurish qilishga majbur bo'ladi. (1373-1374 yy.). Ammo bu harbiy to'qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba qilib yarash shartlarini so'zsiz bajarishga va'da beradi. Bu ikkinchi yurish natijasida Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi. 1374 yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish qildi. Buning sababi Oltin O'rda xoni To'xtamishning Xorazmga da'vosi tufayli edi. 1387-1388 yillarda To'xtamish, Amir Temurning Movarounnahrda yo'qligidan foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo'lgan Sulaymon So'fini Amir Temurga qarshi qo'zg'olon ko'tarishga undadi. Sulaymon So'fi bunga rozi bo'ldi. Bu voqealar Amir Temurni 1388 yili Xorazmga yana yurishga majbur etdi. Temur Urganchni ishg'ol qildi va sufiylar sulolasini tugatdi. Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari, Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo'liga o'tdi. Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda youch yillikyo (1386-1388) yobesh yillikyo (1392-1396) yetti yillikyo (1399-1405) urushlar deb nom olgan. Temur 1381 yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. Ularning hukmdori G'iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik ko'rsatmadi. Lekin, 1383 yilda Hirotda qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning so'nggi hokimi bo'lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda o'z yerlari va hokimiyatini Temurga topshirdi. XIV asrning 80-yillari o'rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o'tdi. yoUch yillikyo urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G'ilonni bo'ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal'asini egalladi. Amir Temur Jo'chi ulusi tarkibiga bir vaqtlar kirgan Oq O'rda va Oltin O'rda hamda Mo'g'uliston hokimlari bilan bir necha yillar davomida kurash olib borishiga to'g'ri keldi. Mazkur kurashdan ko'zlangan asosiy maqsad avvalo, mamlakat shimoliy qismlarini ko'gmanchi to'dalar hujumidan muhofaza etish, Jo'chi ulusi tarkibiga kirgan yerlarni zaiflashtirgan holda o'z saltanati ta'sir doirasiga olish bo'lgan. Amir Temur Mo'g'ulistonga qarshi kurashi o'n to'qqiz yil (1371-1390) davom etib, bu kurashda u avval Anqo to'ra, so'ngra Qamariddin singari xonlarni mag'lub etdi. Shu tariqa mo'g'ul xonlarning Sirdaryo bo'ylari, Farg'ona vodiysiga solgan xavf-xatarlariga chek qo'yildi. Jo'chi ulusidagi parokandalik davrida Oq O'rda xoni Mang'ishloq hokimi To'yxo'ja o'g'lonni o'ldirdi. To'yxo'janing o'g'li To'xtamish o'z hayoti xavfsizligini o'ylab, Samarqandga, Amir Temur huzuriga qochib keldi. Amir Temur unga muruvvat ko'rsatib, davlat manfaatlarini o'ylagan holda hokimiyatni olish yo'lida yordam berdi. To'xtamish o'z raqiblaridan uch marotaba mag'lubiyatga uchrasada, har gal Amir Temur uni oyoqqa turg'izishga yordam berdi. Oq O'rda xoni Urusxon Temurga qarshi jang qilishga botina olmadi. Urusxon vafotidan so'ng Amir Temur To'xtamishga 1376 yili taxtni uzil-kesil egallashiga yordam berdi. Shimolda To'xtamishning taxtga chiqishi Amir Temur saltanati xavfu-xatardan saqlanishga yordam berishi, qolaversa ishonchli ittifoqchi yuzaga kelishidan sohibqironning o'zi ham shubasiz, manfaatdor edi. Lekin, To'xtamishxon berilgan yordam, ko'rsatilgan muruvvatni tezda unutdi. Ikkala o'rdani birlashtirib olgach, talonchilik va jabr zulmni kuchaytirdi. Rim, Volga bo'yi, Shimoliy Kavkaz xalqlari uning zulmidan qattiq aziyat cheka boshladilar. To'xtamishxon 1385 yil Temurga qarashli Ozarbayjonni egallashga harakat qildi. 1388 yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman orqaga qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo'yidagi Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar. To'xtamish 1388 yil oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo'rg'on)da qarorgohini tikib, qo'shinlarini jangovar holatga keltirdi. Amir Temur dushmanning orqa tarafidan hujum qilish uchun Qo'ng'i o'g'lon, Temur Qutlug' o'g'lon, Shayx Ali Bahodir qo'mondonligidagi qo'shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo'ldi. Dushman tor-mor etilib, To'xtamish zo'rg'a qochib qutuldi. 1393-1394 yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy qismi)da turgan paytda To'xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi bo'ylab yurdi. Oltin o'rdaliklar Amir Temur qo'shinlari kelayotganini eshitib, chekinishga majbur bo'ldilar. 1395 yil aprelida Terek daryosi bo'yida Amir Temur va To'xtamish o'rtasida urush harakatlari yana boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o'ng qanotda bo'ldi. Amir Temur zahira qo'shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur qildi. To'xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi. To'xtamish qo'shinining Terek daryosi bo'yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi Oltin O'rdaga juda kuchli zarba bo'ldi. Shundan keyin u o'zini o'nglay olmadi. Oltin O'rdaga berilgan qaqshatqich zarba Rusni mo'g'ul bosqinchilaridan ozod bo'lishiga ijobiy ta'sir etdi. Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko'rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba hujum qilib bordi va 1387 yilda uni bo'ysundirishga muyassar bo'ldi. Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo'ysundiradi. Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1399 yilda tamomlandi. 1400 yilda Amir Temur qo'shinlari turk sultoni Boyazid Yildirim va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib bordilar. 1402 yili 20 iyulda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to'qnashdi va uni tor-mor etdi. Usmoniylar mag'lubiyati Yevropa xalqlari uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Turklar Yevropaga o'z hujumlarini 50 yil orqaga surdilar. Amir Temur o'z qo'shinlari bilan 1404 yilning oxirida Xitoyga qarab yo'lga chiqadi. O'sha yili qish O'rta Osiyo tarixida eng qahraton qishlaridan biri bo'lgan. Sirdaryoning suvi 1 metrga muzlagan, askarlardan ko'pini quloq-burunlari, qo'l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o'zi ham ko'p o'tmay shamollab qoladi. 1405 yil yanvar oyining o'rtalarida O'trorda to'xtashga qaror qilishadi va bu yerda 18 fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qildi. Bu yurishlar natijasida u buyuk saltanat barpo qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg'oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G'arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari jami 27 ta o'lka kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste'dodi sabab bo'ldi. Amir Temur qo'shinida qat'iy tartib va intizom o'rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo'l-yo'riqlarni o'zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste'dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon bo'ldi. Armiyaning yuragi va qo'mondonlik o'zagini barlos urug'i vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining shohidi bo'lganlarning guvohlik berishicha barloslar harbiy ishga nihoyatda chidamli, yoydan o'q uzishga juda usta, o'z hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo'lganlar. Amir Temur ichki va tashqi savdo taraqqiyotiga katta ahamiyat berdi. Uning sa'y-harakati bois Buyuk ipak yo'li tarmog'i Movarounnahrga qaytdi, savdo yo'llari xavfsizligiga, Sharq va G'arb savdo munosabatlariga katta e'tibor bilan qaraldi. Sohibqironning Frantsiya qiroli Karl VI ga yozgan xatidagi quyidagi mulohazalar e'tiborga sazovordir: yoSiz o'z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring, biz ularni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko'rsatamiz. Biz ham o'z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo'llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsating, ularga ortiqcha tazyiqlar qilinishiga yo'l qo'ymang. Sizga bundan bo'lak talabim yo'q. Zero dunyo savdo ahli ila obod bo'lajak!yo Shubhasiz, buyuk Temurning yuqoridagi mulohazalari XXI asrdagi yangicha tartibdagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda muhim o'rin egallaydi. Nizomiddin Shomiy o'zining «Zafarnoma» asarida shunday deb yozgan edi: «... Uning adolatiyu siyosati o'rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridangina emas, balki Xo'tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigacha, Bobul Avbobdan to Misr va Rum hududigacha bo'lgan yerlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollarini keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko'z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne'mat va poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidandur». 1404 yili Temur saltanatida bo'lgan Rui Gonsales de Klavixo ham savdo-sotiq munosabatlarining yuqori darajada taraqqiy etganligini, savdo ahliga ko'rsatilayotgan muruvvat, xavfsizlik choralari, Movarounnahr bozorlarining serhashamligini alohida qayd etgan edi. Amir Temur XIV asrdayoq yoKuch - adolatdayo shiorini davlat siyosati mavqei darajasiga olib chiqdi. Umri davomida sohibqiron bu shiorni o'ziga dasturul – amal qilib oldi. Temur davlatidagi bu ahloqiy-ma'naviy mezon hamma davrlar uchun e'tiborli bo'lib, hozirgi kunga qadar insoniyat hayotida dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Amir Temur harbiy san'at, soliq siyosati, raiyatga munosabatda, o'z davlat boshqaruvi tizimida, qo'l ostidagilarga munosabatda ham ushbu tamoyilga qat'iy amal qildi. Tеmuriylar sulolasi hukmronligi davrida tarixshunoslik fanining ham buyuk namoyandalari yеtishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Tеmurning tarix faniga bo‘lgan katta hurmat va e’tiqodi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. XV asrda tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarni sanab ko‘rsatishning o‘zi tеmuriylar davrida bu tarmoqning nechog‘lik taraqqiy etganligidan guvohlik bеradi. Ana shunday tarixiy manbalar ichida hozirgacha yеtib kеlgan, fors tilida yozi1gan Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Hofizi Abro‘ning «Zubdat at-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Fasih Ahmad Havofiyning «Mujmali Fasihiy», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla us-sa’dayn», Mirxondning «Ravzat us-safo», Xondamirning «Habib us-siyar» va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan «Ajoyib al-mavdur fi tarixi Taymur» asarlaridir. Bu ro‘yxatga yana 1404-yilda Samarqandga, Amir Tеmur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayyohi Ryui Gonzalеs dе Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida ismlari sanab o‘tilgan asarlar orasida Dofizi Abruning X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot «Zubdat at-tavorix» (1423–1427) va Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si (1424–1425) tarixiy kеchinma va voqеalar bayonining izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida sohibqiron Amir Tеmur tarixiga oid ma’lumotlardan tashqari Tеmurdan oldingi o‘tgan davr tarixi haqida ham bag‘oyat qiziqarli ma’lumotlar bеrilgan. Muallif bu asarni tеmuriylardan Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Tеmur haqida maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419–1420-yillarda turli kotiblar — baxshi va munislar tomonidan Tеmur haqida turkey hamda forsiy tilda yozilgan mavjud ma’lumotlarni to‘plash haqida farmon bеrgan. To‘plangan ma’lumotlar bo‘lgan voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, so‘ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga axborot bеrish topshirilgan. Taniqli sharqshunos olim Asomiddin O‘rinboyеv «Sharq yulduzi» jurnalining 1992-yil 3-sonida bosilgan «Tеmuriylar davrining nodir yodgorligi» maqolasida quyidagilarni hikoya qiladi: «Zafarnoma»ning Tеmur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sharafiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: «Podshohlikning barcha tomonlarida Tеmur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma shе’riy hamda nasriy nusxalari to‘planib bo‘lgach, ular bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan, turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqеalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Tеmur haqidagi har bir hikoya o‘qilgan, agar u voqеa bayoni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishining talqiniga to‘g‘ri kеlmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Tеmurning boshqa zamondoshlaridan surishtirib ham qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plagan. Ibrohim Sulton aytib turgan va asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali «Zafarnoma» asarini yozgan. Ibrohim Sultonning buyrug‘iga muvofiq kitobni bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ularning oraliq masofa haqidagi barcha ma’lumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bo‘lgan». «Zafarnoma» asarini yozishda Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy kuzatishlaridan ham kеng foydalanilgan. Muallifning rеjasi va niyatiga ko‘ra, asar muqaddima va uch maqoladan iborat bo‘lishi lozim edi. Birinchi maqolani Tеmurga, ikkinchisini Shohruhga va uchinchini Ibrohim Sultonga bag‘ishlashga mo‘ljallangan. «Zafarnoma»ning faqat birinchi qismi bizgacha yеtib kеlgan, xolos. Boshqa ikki maqola esa yo‘q — ular Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilmagan yohud yozilgan bo‘lsa-da, yo‘qolib kеtgan bo‘lishi mumkin. «Zafarnoma» xalq ommasi o‘rtasida zo‘r qiziqish uyg‘otdi va katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Sharafiddin Ali Yazdiyning zamondoshi, tarixshunos olim Abdurazzoq Samarqandiy bunday dеb yozgan edi: «Qutli (fol) bu yilning (828) (1424–1425) nodir voqеalaridan (biri) «Zafarnoma» nomli ajoyib kitobning bitilishidir. Bu kitobni qalami husni xat bituvchi jahon xushta’blarining nozik so‘zlisi, Eronning eng fazilatli kishisi, oqillik burjining ravshan yulduzi, matonat qutichasining durri, Ollohning rahmatiga cho‘milgur mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy yozib tamomlagan hamda mushkin raqam bilam xosu omning dimog‘iga anbap bo‘y nasim yеtkazgan, so‘z ulo‘g‘iligini javza cho‘qqisidan yuqori o‘tqazgan». «Zafarnoma» XV va XVI asrlarda qahramonlik qissasi janrida o‘zbеk tilida ikki marta — shoir Lutfiy va fors tilida mashhur shoir Abdurahmon Jomiyning jiyani Xotifiylar (vafoti 1521) tomonidan nazm etilgan. Undan kеyin ham bu tarixiy asar bir nеcha marta turli tillarga ko‘chirilgan. Endi mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy shaxsi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u Eronning Yazd shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Taft mavzеyida tug‘ilgan (tug‘ilgan yili noma’lum). 1415 va1435-yillar orasida tеmuriylardan bo‘lgan Ibrohim Sulton xizmatida bo‘lgan. Bu yillarda Ibrohim Sulton Eronning Fors o‘lkasida hukmron edi. 1442–1446-yillarda esa Yazdiy Sultoniya, Qazvin, Ray va Qo‘mni o‘z ichiga olgan viloyatning hokimi bo‘lmish Mirzo Muhammad Sulton saroyida xizmat qilgan. 1446-yilda tеmuriylar saltanatining oliy hukmdori Shohruh o‘ziga bo‘ysunishdan bosh tortgan nabirasi Mirzo Muhammad Sultonga qarshi qo‘shin tortib boradi va uni isyonkorlikka undagan maslahatchilarini va tarafdorlarini qatl ettiradi. Gunohkorlar qatorida Sharafiddin Ali Yazdiy ham bor edi. Shohruh huzurida bo‘lgan uning sеvimli nabirasi Abdullatif (Ulug‘bеkning o‘g‘li) Ali Yazdiyni qattiq so‘roq qiladi. Bundan qoniqish hosil qilgan Shohruh Yazdiyni jazolashni o‘z nabirasiga topshiradi. Abdullatif esa Sharafiddin Ali Yazdiyni tеzda Hirotga jo‘natib yuboradi va o‘limdan saqlab qoladi. Ammo manbalarga qaraganda, u tеzda X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot yana o‘z ona shahriga qaytib kеladi. Bu voqеa 1447-yilda sodir bo‘lgan: mo‘ysafid, mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan 6 yoshdagi kеlajak allomasi Alishеr Navoiy Taft shahriga otasi g‘iyosiddin bilan tashrif buyurganda uchrashgan. Filolog olim Aziz Qayumov qayd etganidеk: «Alishеrning Sharafiddin Ali Yazdiy bilan bo‘lgan bu uchrashuvi ramziy ma’no kasb etardi... Bolaligida Ali Yazdiy tavajjuhiga sazovor bo‘lgan Navoiy kеyinchalik o‘z zamonasining zukko tarixchilariga homiy va ustoz bo‘ldi. Chunonchi, balxlik Said Xonshohning og‘li Mirxond Navoiyning taklifiga binoan umumiy tarix bo‘yicha katta asar yaratdi. Bu haqda Navoiy bunday dеb yozgan: «Bu faqir iltimosi bilan ofariniydin bu kungacha tarixi jomiy bitibdurkim, tasnifiga еtibdur, insholloh tugaturga tavfiq topgaykim, tavorix orasida andin muayyanroq tarix bo‘lmagusidir». Xullas, Alishеr Navoiy xomiyligida, Mirxonddan tashqari Xondamir, Vosifiy va boshqa tarixchilar kamolot shohsupasining yuqorisiga ko‘tariladilar. Alishеr Navoiyning bu qadar yuksak bahosiga musharraf bo‘lgan tarixshunos olim Mirxondning asari yеtti jildli bo‘lib (so‘nggi yеttinchi jildi musavvada tarzida qolgan va nabirasi Xondamir tomonidan poyoniga yеtkazilgan), u «Ravzat us-safo fi siyrat ulanbiyo va-l-muluk va-xulafo» («Payg‘ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimayi hollari haqida poklik bog‘i») dеb nomlanadi. Oltinchi jildi 1494–1496-yillari, yеttinchi jildi 1521-yilda yozib tamomlangan. Xondamir nomi bilan shuhrat qozongan G‘iyosiddin ibn Xumomuddin ibn xoja Jaloliddin ibn xo‘ja Burxonuddin (880–1475/76–941/1534) Alishеr Navoiyning zamondoshi, yoshligidan to Navoiy vafotigacha uning kutubxonasida xizmat qilgan va uning topshirig‘iga binoan Sharq xalqlari tarixiga oid asarlar qoldirgan. Alishеr Navoiy vafot etgach, Xondamir (909) 1503-yildan e’tiboran Xurosondagi siyosiy voqеalar girdobiga tushib qoladi. U dastlab Balxda Sulton Husayn Boyqaroning to‘ng‘ich og‘li Badiuzzamon saroyida xizmatda bo‘ladi. Shu paytda Badiuzzamon Qunduz hokimi Xusravshohga (1500/01–1510) elchi yuborib, uni Shayboniyxon hujumidan ogohlantiradi va birgalikda Xurosonni himoya qilishga chaqiradi. Xondamir shaxsan Badiuzzamonning topshirig‘iga binoan Xusravshoh huzuriga borgan elchilar safida bo‘lgan. Bundan tashqari Xondamir Badiuzzamonning topshirig‘iga binoan Shayboniyxonga qarshi ittifoqni tashkil etish maqsadida Qandahor hokimi huzuriga ham jo‘natilgan. Ammo Badiuzzamon qizining to‘satdan vafot etishi bu safar rеjasiga to‘sqinlik qiladi va Xondamir Hirotga qaytadi. U 1506-yilda Shayboniyxon tomonidan Hirotning egallanishining shaxsan ishtirokchisi bo‘lgan va Hirotni topshirishda shartlar ishlab chiqishda bеvosita qatnashgan. Tеmuriylar sulolasining qizg‘in himoyachisi va tarafdori bo‘lgan Xondamir Shayboniyxon hukmronligi o‘rnatilgan Hirotda qola olmas edi. 1507–1510-yillarda u Shimoliy Afg‘onistonda joylashgan Basht qishlogida badiiy ijod bilan shug‘ullanadi. Hirotni safaviylar sulolasidan bo‘lgan Shoh Ismoil egallagach (1510), Xondamir Hirotga qaytib kеladi. Shoh Ismoil vafotidan so‘ng (1527) u butunlay Hirotdan kеtadi va Qandahorga, u yеrdan Hindistonga — Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga (1528) boradi. Xondamir Agrada Boburning eng yaqin odamlari qatoridan joy oladi va uning 1529-yilda Bеngaliya va Gang daryosi sohillari bo‘ylab uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashadi. Bobur vafoti (1530)dan so‘ng uning o‘g‘li Humoyun xizmatida bo‘ladi (1530–1556). Xondamir Humoyun saroyida bo‘lgan chog‘ida «Humoyunnoma» asarini yozadi va bu xizmatlari evaziga u «Amir al-muarrixin» («Tarixchilar amiri») unvonini oladi. 1534-yilda Xondamir Humoyun bilan Manduga qaytib kеlayotganda vafot etadi. Xondamirning o‘z vasiyatiga binoan Dеhlidagi mashhur qabristonga, Nizomiddin Avliyo va Xusrav Dеhlaviylar yoniga dafn etiladi. Sharqshunos olima D.Y.Yusupovaning ma’lumotlariga qaraganda tarixchi olim Xondamir o‘zining 63 yillik umri davomida taxminan o‘n uchta asar yozgan bo‘lib, ulardan bizgacha sakkiztasi yеtib kеlgan. Bular quyidagilardir: «Ma’osir ul-muluk» («Hamasr podshohlarining tarixi». U Alishеr Navoiyning iltimosiga ko‘ra va unga minnatdorchilik izhor etish tariqasida 904-(1498–1499) yilda yozilgan. Bu asar podshoh hamda qadimgi donishmandlarning xayrli ishlari haqida aytilgan hikmatnoma gaplarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan Anushiravongacha, Odam Atodan Buzurgmеhrgacha bo‘lgan hamda Muhammad payg‘ambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. So‘ngra muallif ummaviylar, abbosiylar, somoniylar, g‘aznaviylar va boshqa sulolalarga tеgishli hukmdorlar tarixi va shular qatorida Qurd podshohlari va turk xoqonlari tarixini yoritgan. Asarning oxirgi qismida Husayn Boyqaro X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot va Alishеr Navoiyga zamondosh bo‘lgan hukmdorlar, olimlar va donishmandlar haqida ma’lumotlar yoritilgan. «Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-ahyor» («Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi») 904-(1498–1499) va 905-(1499–1500) yillar orasida yozilgan va Alishеr Navoiyga bag‘ishlangan asar. Unda Husayn Boyqaro va Alishеr Navoiy zamonida Hirot va uning atroflarida olib borilgan ulkan qurilishlar (madrasalar, hammomlar, rabotlar, bog‘lar, ko‘priklar va boshqalar), shuningdеk, o‘sha zamonda o‘tgan shoirlar, olimlar, donishmandlar, san’atkorlar haqida qimmatli ma’lumotlar bor. «Makorim ul-ahloq» («Oliyjanob xulqlar») asari Alishеr Navoiyga minnatdorchilik ramzida yozilgan, lеkin Navoiy vafot etib, Xondamir unga kitobni taqdim etishga ulgurmaydi. Unda olim Navoiyning yuksak insoniy fazilatlari, oliyjanob axloqyi asarlari, uning tashabbusi bilan qurilgan binolar, shoirning zamondoshlari bo‘lgan shoir, olim va fozil kishilar, shuningdеk, Xurosonning o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi. «Dastur al-vuzaro» («Vazirlar uchun qo‘llanma») Alishеr Navoiy iltimosiga muvofiq 906-(1500–1501) yilda yozilgan. Husayn Boyqaro va uning vaziri Amir Kamoliddin Mahmudga bag‘ishlangan asar. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach, 916-(1509) yili qayta ishlangan va kеngaytirilgan. Unda Sharq mamlakatlarining VII–XVI asrlardagi tarixi, jumladan, Movarounnahr va Xurosonda tеmuriylar sulolasi inqiroziga qadar o‘tgan vazirlar, Chingizxonning vaziri, kеyinroq mo‘g‘ullarning Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavach hamda uning o‘g‘li Chig‘atoy xonlarining Movarounnahrdagi vaziri Mas’udbеk to‘g‘risida ma’lumotlar bor. «Noman nomi» («Atoqli nomalar»)da 928-(1521–1522) yilgacha kеchgan voqеalar bayon qilinadi. Bunday asar 929-(1523) yilgacha yozilgan dеyish mumkin. Boshqa nomlari «Insho-i G‘iyosiddin» yoki «Insho-i G‘iyosiy». Kitob insho ilmiga oid, («statistika: turli maktub va farmonlarni yozish qoidalarini o‘rgatuvchi fan») Sharq mamlakatlarida o‘tgan turli tabaqadagi tarixiy shaxslarga (shohlar, amirlar, sadrlar, qozilar, shayxlar, shoirlar) mansub maktublar namunalarini o‘z ichiga oladi. Unda yana podsho va xonlarning yorliq hamda farmonlaridan namunalar va farmonlarni bitish tartiblari ham bayon etilgan. Asarning qimmatligi yana shundaki, u ba’zi bir muhim mansablarning (muhtasib, parvonachi, munshiy, mustafiy, ihtisob (muhtasib), qalantar, mubashshir, hofizlar) kеlib chiqishi hamda bunday mansab egalarining haq-huquqlari, vazifalari xususida ma’lumotlar beradi. Manbadagi ma’lumotlarga ko‘ra, Mirxondning «Ravzat ussafo fi siyrat ul-anbiyo val-muluk val-xulafo» («Xalifalar, podsholar, avliyolar hayotiga oid musaffolik bog‘i») nomli asarining tugallanmay qolgan yеttinchi jildini Xondamir 929-(1522–1523) yilda yozib tamomlagan. Xondamirning eng yirik asari «Habib ussiyar fi axbor afrod ul-bashar» («Inson zoti xabarlari va do‘stning tarjimai holi»)dir. Bu asar 927-(1520–1521)—930-(1523–1524) yillar davomida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh Sovajiyga bag‘ishlangan. Ushbu asarda qadim zamonlardan to 1524-yilga qadar Sharq mamlakatlari, jumladan, Eron, Afg‘oniston, Iroq va O‘rta Osiyo mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan voqеalar hikoya qilingan. Xondamirning yana bir asari — «Humoyunnoma»dir Bu asar «Qonuni Humoyun» nomi bilan ham mashhur bo‘lib, Hindiston podshohi, Boburning o‘g‘li Humoyunga bag‘ishlangan. «Humoyunnoma » 941-(1534–1535) yilda yozib tamomlangan. Asarda Humoyun podsholik qilgan davrda Hindistonda joriy etilgan yangiliklar, aholining uch tabaqaga, hokimiyatning esa to‘rt idora usuliga bo‘linishi va Humoyun tomonidan amalga oshirilgan mе’morchilik qurilishiga oid ma’lumotlar o‘rin olgan. Xondamirning boshqa bеshta asarining faqat nomlarigina ma’lum, xolos. Bular: «Osor ul-muluk val-anbiyo» («Podshoh va payg‘ambarlar haqida hikoyalar»), «Axbor ul-axyor» («Yaxshi insonlar haqida xabarlar»), «Muntahibi tarixi vassof» («Vassof tarixidan saylanma»), «Javohir ul-axbor» («Xabarlar gavharlari») va «G‘aroyib ulasror » («Qiziqarli sirlar»)dir. Xondamir o‘z zamonasining yеtuk vakillaridan biri bo‘lgan. U nafaqat mashhur tarixshunos olim, ayni zamonda «Noqiy» taxallusi bilan yaxshigina shе’rlar ham ijod etganligini Alishеr Navoiy alohida ta’kidlab o‘tgan. Xullas, tеmuriylar sulolasi homiyligida fan va madaniyatning barcha sohalari qatorida o‘lkamizda tarixshunoslik fani sohasida ham kattagina muvaffaqiyatlarga erishiladi. Ana shu davrda yaratilgan ulkan tarixiy mеrosni chuqur va atroflicha o‘rganib, uni hozirgi va kеlgusi avlodlarga yеtkazish O‘zbеkiston tarixshunos va sharqshunoslarining oliyjanob burchidir. Download 41.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling