Ma’ruzalar matni 1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni. Reja


Download 39.84 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi39.84 Kb.
#1557017
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


MA’RUZALAR MATNI


1-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI.
Reja:

  1. O‘qituvchi faoliyatining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari

  2. “Pedagogik mahorat” tushunchasi.

  3. Pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar, Pedagogik mahorat - pedagogik jarayon.

  4. O‘qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qobiliyati.

  5. O‘qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy mahorati haqida tushuncha.



Pedagogik faoliyatining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: faoliyat, pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi, pedagogik qobiliyat, muloqot, pedagogik texnika, pedagogik odob, pedagogik madaniyat, pedagogik nazokat.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, uning oldiga juda qisqa muddatda yangicha fikrlovchi, mamlakatimiz ravnaqi, taraqqiyoti uchun ongli ravishda kurashuvchi yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasi qo’yildi. Yetuk mutaxassis va yangicha fikrldovchi shaxslarni shakllantirish uchun chuqur bilimning o‘zigina kifoya qilmasligi, har bir kasb egasida fahm-farosat, chinakam ilmiy bilim, kasbiy ijodkorlik, topqirlik, mahorat lozimligi ta’lim islohotlari hujjatlarida qayd qilingan. Bundan o‘qituvchilik kasbi ham mustasno emas.


E’tirof etish joizki, barcha faoliyatlar ichida mazkur vazifalarni hal etishda pedagogik faoliyat yetakchi o‘rinda turadi. Pedagogik faoliyatning mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqishdan oldin “faoliyat” tushunchasi to‘g‘risida kengroq to‘xtalib o‘tish talab etiladi.
Oddiy so‘zlashuv tilida faoliyat deganda biz inson faolligining har qanday ko‘rinishini tushunamiz. Shunga o‘xshash ta’riflarni izohli lug‘atlarda ham o’rgatishimiz mumkin: “faoliyat” - bu ish, qandaydir bir sohaga oid mashg‘ulot.
Falsafiy, psixologik, pedagogik ma’lumotlar va manbalarni o‘rganar ekanmiz “faoliyat” tushunchasining ko‘p ma’noli ekanligini anglaymiz. Bu tushuncha anglatgan ma’nolarning kamida to‘rt xilini ajratishimiz mumkin:
1) faoliyat natija va oqibatning majmui sifatida mahsulot, yutuq, asar va sh.k. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi; faoliyat bamisoli ishlab chiqarish demakdir;
2) faoliyat - bu muayyan maqsadga erishish jarayoni, muammo va topshiriqlarni talab darajasida bajarish vositasi;
3) faoliyat - bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarish bilan insonning o‘z-o‘zini o‘zgartirishi, rivojlantirish jarayoni;
4) faoliyat - bu kunlik hayot, turmush sharoitida insonning o‘z hayoti shart- sharoitlariga nisbatan xati-harakatlarda ifodalanadigan munosabatni namoyon etish yo‘li faoliyat va amaliyot demakdir.
“Faoliyat” tushunchasining mohiyati ichida asos sifatida “amaliyot” tushunchasini ajratish mumkin. Zero, uning mazmunida xatti-harakatlar→ motivlar→ maqsad→ operatsiyalar→ shart-sharoit mavjud. Amaliyot - inson borlig‘ining manbaidir. Insonning amaliy va faoliyatli borlig‘i uning asl mohiyati bo‘lib, unga sub’ekt sifatida mavjud bo‘lish imkonini beradi. Amaliyot inson yashash tarzi yelementlarini yagona tashuvchisidir. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada faoliyat deganda, insonning tevarak-atrof bilan o‘zaro faol hamkorligi tushuniladi. Bu jarayonda inson ob’ektga maqsadli ta’sir o‘tkazish orqali o‘z ehtiyojlarini qondiradigan sub’ekt sifatida ish ko‘radi. Inson faoliyatining asosiy ko‘rinishlariga mehnat, o‘qish, o‘yin kiradi.
Faoliyatning o‘ziga xos asosiy jihati uning predmetliligi bo‘lib, ob’ektiv borliqning unga bog‘liq bo‘lmagan voqeliklari, munosabatlariga bo‘ynsunadi. Predmetlilik faoliyatning unversal xususiyati, predmetlarning ob’ektiv xususiyatlarini aks yettirish imkoniyati sifatida maydonga chiqadi va bu jarayonda inson sub’ekt sifatida harakat qiladi.
Insonning faoliyati har doim ijtimoiy xususiyatga ega. Inson o‘zining ijtimoiy faoliyati davomida boshqalar faoliyati natijasini hamda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini sarhisob qiluvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Bunda “faoliyat” va “muloqot” tushunchalari o‘zaro chambarchas bog‘liq holda ish yuritadi. Sub’ektivlik ham faoliyatning o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. U alohida inson tomonidan ham, kollektiv tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ilmiy-nazariy manbalarda qayd qilinishicha faoliyat – atrofdagi olamga nisbatan insonning o‘ziga xos faol munosabat shakli. Olamni maqsadga muvofiq va qayta o‘zgartirish faoliyatning mazmunini tashkil qiladi. Har qanday faoliyat maqsad, usul, natija va jarayonlardan iborat va u xilma-xil turlar, shakllardan tashkil topgan. Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati ham maqsad, usul, vosita, ob’ekt va sub’ektdan iborat. Pedagogik maqsad - o‘qitish, tarbiyalash va shu asosda talabalar shaxsini shakllantirish demakdir. Usul esa tarbiyalanuvchilar obro‘sini egallash, hurmatiga sazovor bo‘lish va ta’sir ko‘rsatishdir. Pedagogik mehnatning ob’ekti sifatida – o‘qituvchi shaxsi turadi, uning xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob - axloqining asosi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat sub’ekti esa – tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatuvchi – pedagogning o‘zi. Chunki, u o‘quvchi - talabalarga tabiat, jamiyat, tafakkur qonunlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun, avvalo, ularni o‘z faoliyatining ob’ektiga aylantiradi. Shu tariqa bilimlar o‘zlashtiriladi, o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchi - talabalarga yetkaziladi. “Pedagogik faoliyat, -deb yozadi psixologiya fanlari doktori, professor A.K.Markova o‘zining “O‘qituvchi faoliyati, muloqoti va shaxsi” nomli maqolasida, -o‘qituvchi mehnatining umumiy strategiyasi, texnologiyasi, vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir o‘tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional aktivligidir”.
Pedagogik faoliyat talaba – yoshlarga ta’lim - tarbiya berish jarayonida ularga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Natijada talabalarga bilim beriladi, ularning shaxsiy sifatlari shakllantiriladi, psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi. Bunda esa talaba yetuk mutaxassis sifatida kamol topa boradi. Shuning uchun kasbiy faoliyat jarayonida pedagog, ya’ni o‘qituvchi- tarbiyachi, tashkil qiluvchi, yo‘l – yo‘riq ko‘rsatuvchi, targ‘ibot – tashviqot yurituvchi, ma’lumot – axborot to‘plovchi va yetkazuvchi, shaxsiy xususiyatlarini va kasbiy mahoratini omillashtiruvchi shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatiladi. Bularning barchasi bevosita va bilvosita pedagogik mahoratning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogik faoliyat aniq ko‘rinishda bo‘lsa, unda o‘qituvchi o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish vazifalarini aniq ko‘ra oladi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Bu jarayonda faoliyat aqlni ruhiy jihatdan tayyorlaydi, ta’sir ko‘rsatish vositalarini belgilaydi, natijalarni nazorat qiladi, tahlil qiladi, baholaydi va yangi vazifalarni belgilaydi. Bilimlarni o‘zlashtirish vositasida shaxsning o‘sishi ta’minlanadi, natijada jamiyat talabi va vazifalari bajariladi. Buning uchun o‘qituvchi, avvalo, vaziyatni tushunishi, har bir talabaning o‘zlashtirish jarayonini, rivojlanib shaxs sifatida shakllanish darajalarining mezonini aniq ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘qituvchidan katta bilim, tajribalarni talab etadi. Bu faqat kasbiy faoliyatni to‘g‘ri belgilash orqali amalga oshadi. Shunga ko‘ra ta’lim muassasasi oldidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun o‘qituvchiga pedagogik faoliyatni loyihalash zarurdir.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarga asoslanib, pedagogik faoliyat o‘quv-tarbiya jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi deb aytish mumkin. U ishbilarmonlik, zukkolik, layoqat va zehn vositasida taraqiy etadi. Shunga asoslanib, “Faoliyat dunyoni o‘zlashtirishning birinchi shartidir”,-deb aytish mumkin. Ko‘rib o‘tganimizdek pedagogik mahoratning asosiy ob’ekti – inson, uning aql – idroki, irodasi, ishonchi, tafakkuri, shuuridir. Bular yuksak darajada bo‘lishi, ilmga, uni egallaganlik darajasiga bog‘liq. Ilm esa tinimsiz mehnat, mashaqqat va azob – uqubatlar orqali qo‘lga kiritiladi.
Darhaqiqat, pedagogik faoliyat – bu o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish, vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional faolligidir. O‘qituvchi mazkur faoliyat jarayonida o‘qitadi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, tarbiyalaydi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qiladi, Prezident, hukumat farmoyishlarini targ‘ibot qiladi, o‘z malakasini oshirish uchun mustaqil bilim olishni rejalashtiradi, oqibat natijada o‘zi ham kamol topadi, o‘quvchilarni ham kamol toptiradi.
Pedagogik faoliyat- yoshlarni hayotga, mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat va jamiyat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishi bilan shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan kishilarning mehnat faoliyatidir.
Maktab o‘qituvchilarining faoliyati respublikamizda rivojlangan davlat - jamiyatni quruvchi va unda yashab mehnat qiluvchi yetuk, erkin fikrlovchi inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O‘qituvchining barkamol avlodni tarbiyalash va unda yangi insonga xos sifatlarni tarkib toptirish vazifasi eng oliyjanob, yuksak va shu bilan birga sharafli va murakkab vazifadir. Har bir tarbiyalanuvchi o‘z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Ularni o‘qitish va tarbiyalashda ularning ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda murakkabdir. Bunga insonlar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi.
Pedagogik faoliyatni maqsadli va ongli o‘zlashtirish jarayonida bu qonuniyatlarni hisobga olish lozim bo‘ladi. U yoki bu faoliyatni o‘zlashtirish va shu faoliyat sub’ektiga aylanish mazkur faoliyat tuzilmaviy yelementlarini o‘zlashtirishni talab yetadi. Pedagogik faoliyat haqida gap ketganda, aytish mumkinki, aynan shu faoliyatga oid motiv, maqsad, xatti-harakat va amallarni o‘zlashtirish nazarda tutiladi.

Download 39.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling