Ma’ruzalar matni fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 1-ma'ruza. Kirish. Chiqindilar rekuperatsiyasi haqida tushuncha Reja
Download 342.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.Sanoat chiqindilarining turlari.
MA’RUZALAR MATNI Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 1-ma'ruza. Kirish. Chiqindilar rekuperatsiyasi haqida tushuncha Reja: 1.1 Sanoat chiqindilarining turlari. 1.2 Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar to‛g‛risida tushuncha. 1.3 Chiqindisiz texnologiyalarda termodinamika qonunlarini kullanilishi. 1.4 Xom-ashyolardan kompleks foydalanish. 1.5 Ikkilamchi mineral va energetik resurslar. Tayanch iboralar: Chiqindisiz texnologiya, kam chiqindili texnologiya, tabiiy resurslar, mineral resurslar, xom-ashyodan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish chiqindilari, ikkilamchi materiallar resurslari, ikkilamchi energetik resurslar. 1.1.Sanoat chiqindilarining turlari. «Kimyoda chiqindilar emas, balki ishlatilmagan xom ashyo bor». D. I. Mendeleev Chiqindilar ta'rifi Chiqindilar – biror sabablarga ko’ra foydalanilmagan yoki chala foydalanilgan xom ashyodir. GOST 25916-83 «Ikkkilamchi moddiy resurslar (atama va ta'riflar)» ga ko’ra ishlab - chiqarish chiqindilariga mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish vaqtida hosil bo‛lgan hamda boshlangich iste'mol xususiyatlarini to‛liq yoki qisman yuqotgan xom ashyo, material, yarim fabrikatlar kirsa, iste'mol chiqindilariga – moddiy yoki ma'naviy eyilishi (eskirishi) natijasida o’zining iste'mol sifatlarini yuqotgan buyum yoki materiallar kiradi. Xalq xo’jaligida hosil bo’ladigan ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari ikkilamchi moddiy resurslar (IMR) bo‛lib hisoblanadi. Ikkilamchi moddiy resurslar xali ikkilamchi xom ashyo degani emas. Ikkilamchi xom ashyo hozir xalq xo’jaligida qayta ishlatilishi mumkin bo‛lgan ikkilamchi moddiy resurslardir, ya'ni buning uchun texnik va iqtisodiy asoslar mavjud deb ta'riflanadi. Hozir ishlatish uchun vaqtincha sharoit bo’lmagan ikkilamchi materiallar ishlatilmaydigan resurslarga kiritiladi. IMR ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilirining yigindisi sifatida ko‛rib chiqiladi va ular mahsulot olish uchun asosiy yoki yordamchi material bo‛lib xizmat qiladi. Xabardor mutaxassislar fikriga ko’ra, hosil bulayotgan chiqindilarning 2(3 qismi tiklanishi, qayta ishlov berilishi va ishlatilishi mumkin. Taniqli amerikalik olim, Nobel mukofoti laureati Glen Siborg shunday deb yozgan: «...hozir ikkilamchi xom ashyo deb ataladigan barcha chiqindi va lomlar bizning asosiy resursimizdir, xali tegilmagan tabiiy resurslar esa bizning asosiy zaxiramiz bo‛lib koladi». Download 342.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling