Ma’ruzalar matni fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 1-ma'ruza. Kirish. Chiqindilar rekuperatsiyasi haqida tushuncha Reja


Xom-ashyolardan kompleks foydalanish


Download 342.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.02.2023
Hajmi342.03 Kb.
#1188910
1   2   3   4
1.4. Xom-ashyolardan kompleks foydalanish
Tabiiy resurslar - bu Quyosh energiyasi, yer bagridagi energiyalar, suv, yer, 
minerallar, xayvonlar va usimliklar resurslaridir. Mineral xom ashyo resurlaridan 
samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari. 
Mineral resurslar - yer bagridagi geologik mineral xom - ashyo zaxiralarining 
majmuasi hisoblanadi. 
Xom - ashyolardan hamma tomonlama foydalanish - xom - ashyo va ishlab 
chiqarish chiqindilari tarkibidagi foydali komponentlardan foydalanishni nazarda 
tutadi. 
Xom - ashyo tarkibidagi qimmatbaho komponentlarni ajratib olish darajasi va 
ulardan oqilona foydalanish jamiyatning ularga bo‛lgan extiyojiga va texnikaning 
taraqqiyotiga bog‛liq. Xom - ashyolardan unumli foydalanish ishlab chiqarish 
samaradorligini oshiradi, mahsulot turlari va xajmini ko‛payishini ta'minlaydi, 
mahsulot narxini pasaytiradi, xom -ashyo bazalarini yaratishga sarflanadigan 
mablaglarni kamaytiradi va ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof - muhit 
ifloslanishini ogohlantiradi. 
Xom - ashyolarga fizik - kimyoviy ishlov berish paytida asosiy ishlab 
chiqarish mahsuloti bilan birga qo‛shimcha mahsulotlar ham paydo bo’ladi. 
Masalan, neft ishlab chiqarishda qoldiq modda mazut hisoblanadi. Uning tarkibida 
vanadiy, nikel, magniy va kremniy kabi elementlardan tashqari 70 - 90 % oltingugurt 
mavjud. Ishlov berish paytida ularning paydo bo‛lishi ishlab chiqarish jarayonining 
asosiy maqsadi emas, lekin ularni tayyor mahsulot sifatida qo‛llash mumkin. 
Bunday qo‛shimcha mahsulotlar uchun davlat, texnik me'yorlar va tasdiqlangan 
narxlar bo’ladi. Hozirgi paytda mazut tarkibidan oltingugurt ajratib olish texnologik 
jarayonlari ishlab chiqilgan. 


Shuni ham yodda tutish kerakki, agar qo‛shimcha mahsulotlarni ajratib olish 
yoki ularga qayta ishlov berish iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb 
topilmasa, unda bunday mahsulotlarni yonilg‘i sifatida qo‛llash mumkin. 
Ishlab chiqarish chiqindilari — xom-ashyo qoldiqlari, materiallar va yarim 
mahsulotlar (polufabrikatlar), sifat ko‛rsatgichlarini qisman yoki to‛la yuqotgan va 
davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, 
undan keyin ishlab chiqarish sohasida qo‛llash mumkin. 
Iste'molga yaroqsiz chiqindilar - qo‛llash muddatini o‛tab bo‛lgan materiallar, 
eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai 
nazardan maqsadga muvofiq bo’lmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, 
plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va xokazo. 
Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qushimcha 
sifatida ham ishlatilishi mumkin. 

Download 342.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling