Маърузани олиб бориш технологияси
(2-ilova) Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mashgulotning modeli
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
- "Xotira boqiydir, qadr muqaddas"
(2-ilova)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Davlat mehanizmi nima? 2. Ob’ektiv huquq nima? 3. Qo‘riqlov funksiyasi qanday ta’minlanadi? (3-ilova) Topshiriq: Davlat mexanizmini “klaster”da yoriting 1. Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1-ilova) "Xotira boqiydir, qadr muqaddas" Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilingan 9-may mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Xalqimiz bu sanani inson xotirasi va qadriga e'tiborning amaliy ifodasi sifatida uksak qadrlaydi. Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g'alabani ta'minlashda yurtdoshlarimiz ko'rsatgan jasorat vaxizmatlarning o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Vatandan minglab chaqirim olislarda kechgan beayov janglarda ko'ksini dushman o'qiga qalqon qilgan, yurt sog'inchi va qadrdonlar diydorini dilga tugib kurashlarda jon olib jon bergan minglab o'zbek o'g'lonlarining matonati yuraklarda mangu yashaydi. Front ortida mehnat qilgan, urush tufayli ota-onasidan ayrilgan yevropalik minglab yetim-yesirlarga boshpana bergan, o'zi va farzandlarining rizq-u nasibasini o'zgalar bilan baham ko'rgan mehri daryo vatandoshlarimiz fidoyiliklari toabad unutilmaydi. Muhirni, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ong-u shuurida o'tganlarni yod etish, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam qaror topmoqda. Tarixdan saboq chiqarib, o'tmishda yo'i qo'yilgan xatolarni takrorlamay, milliy o'zlikni anglagan holda muzaffar ajdodlarning hech kimdan kam bo'imagan avlodi ekanimizni unutmay yashamoqdamiz. Zero, bu yorug' va dorilomon kunlar yo'lida qurbon bo'lganlar ruhini shod etish, mo'tabar keksalarirniz duosini olish, tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish va shukronalik tuyg'ularini his etish bizga katta quvvat bag'ishlaydi, ruhimizni poklab, yangidan-yangi bunyodkorliklarga chorlaydi. 9-may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydoni uzra sokin musiqa taraladi. Milliy me'morchilik an'analari asosida bunyod etilgan mahobatli ayvon ustunlaridagi nozik naqshlar quyoshning zarrin nurlarida jozibali tovlanadi. Janggohlarda jon fido etgan vatan-doshlarimiz nomlari “Xotira kitobi”ning zarhal varaqlariga mangu muhrlangan. Motamsaro ona qiyofasida g'amguzor, ayni paytda, ulug'vor umid namoyon. Uning poyidagi gulxan alangasi urush xotiralarini jonlantirgandek bo'ladi... Mana shunday ulug' kunda o'zining insoniy burchini ado etib, jangu jadallarda halok bo'lganlar, bugungidek tinch va osoyishta kunlarga yetib kelolmaganlar xotirasi oldida hamisha bosh egamiz, Ayni paytda, oramizda yashayotgan urush qatnashchilarini har qancha qadrlasak arziydi. Ularning duolari ezgu ishlarimizda bizga hamisha qanot bag'ishlaydi. Bugun Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alaba bayrami kuni. Bu g'alaba jahon xalqlari tarixida, hech shubhasiz, abadiy saqlanib qoladigan ulug' sanadir. Fashizm balosini yer yuzidan supurib tashlash, tinchlikparvar ellar orziqib kutgan g'alabani ta'minlashda boshqa xalqlar qatori o'zbek xalqi ham juda katta hissa qo'shgan. Ikkinchi jahon urushi frontlarida 1,5 million nafar vatandoshimiz jangga kirgan. Yurtimizda o'sha paytda qariyb to'rt million aholi istiqomat qilgani inobatga olinsa, bu juda katta raqamni tashkil etishi ayon bo'ladi. To'rt yuz mingdan ziyod vatandoshimiz mash'um urush olovi yongan nuqtalardajon bergan. Taxminan 130 ming kishi bedarak ketgan. Bular xalqimiz uchun juda katta yo'qotish edi. Ayni kuchga to'lgan minglab yigitJarning qurbon bo'lgani, nogironlik azoblni tortganini tasavvur qilishning o'ziyoq har qanday inson qalbini larzaga keitiradi, yuraklarni iztirobga to'ldiradi. Shu o'rinda haqli savol tug'iladi: bedarak ketganlar kimlar edi? Ular kimningdir o'g'li, otasi, bobosi, suyukii yori emas edimi? Yuri linchligi yo'lida jon fido qilgan bunday insonlarning noma'lum laqdiri bizni doimo o'yga toldiradi. Ular haqidagi ma'iumotlarni izlab topishimiz, tarixiy haqiqatni tiklamog'imiz zarur. Bu ish olim va ziyoiilarimizning sharafli vazifasiga aylanishi darkor. Biz fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga hissa qo'shganlarni ulug'lashimiz, ularning noraini abadiylashtirishiraiz, biror kishini ham e'tiborsiz qoldirmasligimiz shart. Aynan mana shunday ezgu maqsadlarni inobatga olib, 9-mayni yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlab kelmoqdamiz. Bugun mazkur sana naqadar chuqur ma'no va mazmun kasb etib borayotganini his etish qiyin emas. Xotira va qadr tushunchalari mohiyatan o'zaro bog'liqdir. Zero, bugungi erkin va farovon hayotni ko'z qorachig'idek asrash biian birgalikda Vatan ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoyi insonlarni yodga olish, ularning xotirasini abadiylashtirish, so'nmas jasoratini xotiramizda mangu saqlash, insonning tirikligida qadriga yetish biz uchun ham farz, ham qarzdir. Xotira va qadrlash deganda biz oramizda yashayotgan insonlarni qadrlash, asrab-avaylash, ularning hayotini, og'irini yengil qilishni nazarda tutamiz. Bu ikki tushuncha, shubhasiz, inson aql-zakovatining betakror ma'naviy ne'matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, abadiy. Mustaqilliksizkelajakyo'q. O'tganlarini xotirlamaydigan xalqning ertasi yorug' bo'lmaydi. Agar millat o'zining kelajagini porloq ko'rmoqchi bo'lsa, uning xotirasi hamisha uyg'oq bo'lmog'i shart. Boisi har qanday xalq va millat kechagi hayotidan, o'zi bosibo'tgan og'ir va mashaqqatli kunlardan, tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog'i lozim. Bu sanani nishonlashdan maqsad, avvalo, g'alabaning mohiyati va ahamiyatini, tinchlikning qanday buyuk ne'mat ekanini yana bir bor chuqur anglashdan, odamzodni hamisha hushyor bo'lishga, tevarak-atrofdagi turli xavf-xatarlar-u balo-qazolardan ogohlikka da'vat etishdan Iborat bo'lmog'i lozim. Insoniyat tarixida urush-ning boshqa qaytarilmasligiga, bunday dahshatlarni odamzodning hayotidan butunlay o'chirib tashlashga da'vat etadigan tadbir sifa-tida qabul qilishimiz darker. Afsuski, dunyoning turli nuqtalarida hamon zulm va zo'ravonlik hukmron, urush olovlari yonmoqda. Jahondagi notinch vaziyat va urushlar dunyo ahlini tashvishlantirayotgani sir emas. Mintaqamiz ham bunday tahdidlardan holi emas.Shu bois xalqimiz biz qanday tarixiy sharoitda, murakkab zamondayashayotganimizni yaxshi ang-lashi, vaziyatga to'g'ri baho bera olishi kerak. Eng muhimi, ogoh-lik va hushyorlikni qo'ldan bermay, atrofdagi voqealarga nisbatan befarq va loqayd bo'lmaslik, tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot bunyodkorlari sifatida yashamog'imiz zarur, dedi Prezidentimiz. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling