(2-ilova)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Jasorat tushunchasining mohiyati nima?
2. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga qanday munosobatda bo'lishimiz kerak?
(3-ilova)
Topshiriq: Jasorat tushunchalarini “klaster”da yoriting
Xulosa.
Yeru ko‘kdagi bunday buyuk o‘zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq chiqarish, o‘rnak olish uchun odamzot o‘zining yon-atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi bilan qarashi lozim, deb o‘ylayman. SHundagina hayotning ma’nosi tinimsiz kurash, qiyinchiliklarni engib o‘tish, bir so‘z bilan aytganda, doimiy jasorat, azmu shijoat bilan yashashdan iborat ekani ayon bo‘ladi. Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlarini, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o‘z hayotini ma’naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo‘ladi. SHu ma’noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog‘in-sochinli kunlarida ham erdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan deqqonlarimiz hayotini tom ma’noda jasorat namunasi, deb bilaman. Ko‘pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramon-lik ko‘rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g‘ayrat-shijoat, eng muhimi, o‘ziga, o‘zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo‘lishi kerak.
Uyga vazifa:Navbatdagi tadbirning mavzusi e'lon qilinadi, vazifalar belgilanadi va topshiriqlar taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |