Маърузани олиб бориш технологияси


Global masshtabga ega bo‘lgan tarmoq


Download 1.51 Mb.
bet117/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1.Global masshtabga ega bo‘lgan tarmoq. Bular turli siyosiy va iqtisodiy bosqichga ega bo‘lgan jahon miqyosidagi aloqalar tarkibiga tayanadi. O‘ziga og‘dirishning turli usulla-ri qo‘llaniladi. Odatda tranzit mamlakatlar bu tarmokdan foy-dalanadilar.

2.O‘rta masshtabdagi tarmoq. Boshqa guruhlarga ayollar-ni sotmasdan, ularni bordel va klublarda o‘z nazorati ostida saqlash bilan farqlanadi.

3.Kichik masshtabdagi tarmoqlar. Ular taxminan shun-day ishlaydi: masalan, klub egasiga yoki qaysidir mamlakatdagi buyurtmachilarga yangi ayollar kerak. CHet eldagi, fohishalar biznesi olamidagi aloqalaridan foydalanib, bunday ayollar-ga buyurtma beradi. Ayollar o‘ziga og‘dirilib, chegaradan o‘tkazi-lib, buyurtmachi mamlakatga, muayyan joyga etkaziladi1.

Odam savdosi (traffik)ning asosiy va eng xavfli shaklla-ri sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: CH! 1)Jinsiy ekspluatatsiya ob’ekti sifatida ayollar savdosi;

2)Jinsiy ekspluatatsiya ob’ekti sifatida bolalar savdosi;

3)Majburiy mehnatning ob’ekti sifatida odam savdosi;

4)Odamning tabiiy organlarini ajratib olish (transplan-tatsiya) maqsadlarida odam savdosi.

Endi har birining batafsil tahliliga murojaat qilsak. Jamiyatni insonparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalash muammosini hayotning o‘zi taqozo etayotganligini ko‘rib turib-miz. Bu muammo zamonamizning eng muhim muammosi ekanligi bejiz emas. Zero, aynan ushbu muammo jahon hamjamiyatini qattiq tashvishga solmoqda. Ijtimoiy hayotning salbiy ko‘ri-nishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotini ayollarga nisba-tan zo‘ravonlik, kamsitishning oldini olishga qaratilgan uni-versal ahamiyatga ega hujjatlar ishlab chiqishga va qabul etishga undadi. Bu hujjatlar ayolning oiladagi bebaho o‘rnini, bola-lar tarbiyasidagi ahamiyatini, ijtimoiy taraqkiyotdagi o‘rni-ni, ijtimoiy kadr-qimmatini yana bir bor tasdiqlab beradi. Bunday mazmundagi hujjatlar, xalqaro me’yorlar qatorida «Ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etish to‘g‘risida»gi Deklaratsiyani alohida sanab o‘tish kerak. Mazkur Deklaratsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi to-monidan 1967 yilning 7 noyabrida qabul qilingan.

Deklaratsiya huquqiy hujjat hisoblanmaydi, uning ko‘rsat-malari tavsiya maqomida bo‘lsa-da, ayol va erkakning teng huquqli-ligini ta’minlash borasida uning ahamiyati beqiyos.

Zero, aynan Deklaratsiya ayollarning kamsitilishi va zo‘ra-vonlikka uchrashi singari hayotda uchrab turadigan salbiy holat-larga nisbatan ma’naviy-ruhiy norozilik hislarini shakllan-tirishi mumkin1.

Ayollarning huquqsizligi, ya’ni ularning huquqiy maqomi-ni davlat tomonidan tan olmaslik, buzilgan huquklari yuzasi-dan shikoyat yoki arz qila olmasliklari ularni turli jinoiy harakatlarning ob’ektiga aylantirib qo‘yadi. Masalan, ayollar-ga nisbatan nomusiga tegish, badaniga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari etkazish, majburiy mehnatga tortish kabi hara-katlar ko‘p sodir etiladi.

Ayollar huquklarining to‘la ta’minlanishida asosan xalqaro nodavlat tashkilotlari turganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Aynan ularning sa’y-harakatlari bilan 1975 yil «Ayollar yili», 1976-1985 yillar «Ayollarning o‘n yilligi» deb e’lon qilindi. Bu davr mobaynida Mexikoda (1975), Ko-pengagenda (1980), Nayrobida (1985), Pekinda (1995) yirik xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Ayollarning bunday nochor huquqiy maqomi ularni jinsiy ekspluatatsiya maqsadida foydalanish uchun yollash kabi salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunga ke-lib esa xalqaro odamlar savdosi (traffik)ning asosiy man-bai - bu ayollar va bolalar bo‘lib qoldi.

Globallashuv sharoitida hozirgi davrning tarakqiy etgan jamiyatlarida qullik «qayta tirildi». Bu narsa XUP-X1X asr-dagidan ko‘ra murakkabroq ko‘rinish kasb etib, qullikning yangi turlari paydo bo‘lmokda. Unda kora tanlilar emas, balki oq tan-lilar ustunlik qilmokda. Bular bizning do‘stlarimiz, tanishla-rimiz, qo‘shnilarimiz hamda yaqinlarimiz bo‘lishi mumkin.

«Eysha Uotch» tashkiloti va xotin-kizlar hukuklari bo‘yi-cha guruh ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 20 ming ayollar Tailand-dagi fohishaxonalarda xizmat ko‘rsatishadi. Migratsiya muam-molari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning ma’lu-motlariga binoan o‘z mamlakatlaridan chetga chikdan xotin-qiz-lar ko‘pincha fohishaxonalar egalariga pullab yuboriladi. Ular-ning hujjatlari tortib olinib, qamok holatida tutib turi-ladi. Ular qochishga urinishganlarida jismoniy zo‘ravonlik-ka, o‘z oilalari sha’niga bo‘lgan tahqirlarga duch kelishadi1.

1993 yil BMTning ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi Deklaratsiyasida «ayollarga nisbatan zo‘ra-vonlik» atamasiga shunday izoh beriladi: «Ayollarga nisba-tan jismoniy, jinsiy yoki ruhiy azob bergan va shikast etkazgan yoki etkazishi mumkin bo‘lgan yoxud shunga hara-kat qilgan, majburlab yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlik-dan va jamiyatdan yoki shaxsiy hayotidan mahrum etishga qaratilgan har sanday harakat zo‘ravonlikdan iboratdir». Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik jahondagi barcha mamlakatlarga, ularning siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan qat’i nazar, xos illat hisoblandi.

Hattoki, eng rivojlangan mamlakatlarda ham shunday holat-larni kuzatish mumkin. Masalan, YAponiyada 59 foiz, AQSHda 40 foiz, Kanadada 25 foiz ayollar jismoniy zo‘ravonlik qur-boni bo‘lishmokda. Sotsiologlar xulosasiga ko‘ra, 60 million ayol turli shakldagi diskriminatsiya kilish, tahqirlash va zo‘ravonlik qurbonidir. Afrika mamlakatlarida Tanzaniya (60 foiz), Janubiy Osiyo (60 foiz) va Lotin Amerikasida (57 foiz) ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kuchayib borayotganli-gini ko‘rishimiz mumkin1.

Bryussellik taniqli advokat Mishel Xirshning fikricha: «Kambag‘allik har qanday holatda ham odam savdosiga olib kel-maydi, u faqat zarur shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar ayollarni yolg‘on va’dalar bilan g‘arb davlatlariga olib kelishadi, bun-dan ko‘zlangan maqsad - moddiy manfaatdorlikdir»2.

Odatda, ayollarni yollash turli mahalliy gazetalarda chet elda ishlash taklifi bildirilgan e’lonlar berish orqali amalga oshiriladi. Xotin-qizlar uchun uy xizmatchisi, oshpaz, bolalar qarovchisi, kotiba bo‘lish, ofitsiantkalik, styuardessalik tak-lif qilinadi. YUqori maosh va kulay ish sharoitlari to‘g‘risi-da ma’lumotlar beriladi. Ko‘pincha, bunday ma’lumotlar In-ternet sahifalarida ham, hattoki mashhur, obro‘li firmalar nomidan ham beriladi.

Ushbu takliflarga ko‘ngan xotin-qizlar esa, tez fursatda o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni «ish beruvchilar»ga takdim eta-dilar. O‘z navbatida esa, «ish beruvchilar» ham ularga viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda, xattoki yo‘l chipta-larini olishda ham «beminnat» ko‘mak beradilar. YAna shuni ham aytish kerakki, xorijiy mamlakatga jo‘natilayotgan qiz-lar odatda yoshlarini yashirgan holda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari bilan olib ketiladilar. Ba’zi hollarda esa, ular shu erning o‘zida soxta nikohdan o‘tkaziladi. Odatda, soxta nikoh uchun «xotinlikka olayotgan shaxs»ga 50 dollardan 200 dollargacha mikdorda pul beriladi1.

Asosan bunday «qora biznes» bilan shug‘ullanadigan tuzilma-lar ikki bo‘g‘inli bo‘ladi. YA’ni, ma’lum bir odamlar «tovar»-larni izlab topish va etkazish bilan shug‘ullanadilar. Boshqa-lari esa, bevosita bu «tirik tovar»larni realizatsiya qilish bilan mashg‘ul bo‘lishadi2.

Ushbu jinoyatchilikning viktimologik xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, jabrlanuvchilarning shaxsi turlicha ji-hatlarga ega. Fohishalik bilan shug‘ullanuvchilarning deyarli 3/4 qismi 30 yoshgacha bo‘lgan ayollardir. So‘nggi yillarda «ko‘hna kasb bilan shug‘ullanuvchilar» orasida 13-14 yoshda bo‘lgan, hat-toki 10-12 yoshdagi bolalar ham uchramokdalar3.

Bunday biznes turi faqatgina oxirgi o‘n yillikda shunday katta hajmda rivojlanib ketdi. Garchi, 1926 yilda qullik to‘g‘risidagi Konvensiya, 1966 yilda fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Butunjahon pakti qabul qilingan bo‘lsa ham, unda hech kim insonni qullikda ushlashga haqqi yo‘qligi, har qanday qullik va odam savdosi taqiqlanganiga qaramay, XXI asrda shunday muammo mavjud bo‘lib turibdi. Keyingi vo-qealarning guvohlik berishicha, bu muammo hali bir echimga keladiganga o‘xshamaydi. Dunyoda bu holat eng dolzarb muammo-ga aylanib bormokda. Ayollar va bolalar odam savdosi qurbon-lariga aylanmokdalar. Odatda o‘smirlar va bolalar shafqat-siz sharoitlarda, faqat oziq-ovqat uchungina sutkasiga 14 soatlab ishlash kerak bo‘lgan turli ferma va zavodlarga sotilmokda. Ko‘pincha o‘smirlarni - o‘g‘il bolalarni ham, qiz bolalarni ham jinsiy ekspluatatsiyaga tortmoqdalar.

1988 yilda Gollandiyada xorijliklar to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan bo‘lib, ayollarda fohishalik holatlari ko‘zga tashlanadigan bo‘lsa, ularni darhol deportatsiya qilish nazarda tutilgan edi. Biroq, keyinchalik, 1993 yili Gollandiya-da ushbu qonunning mazkur bandi bekor qilingan'.

BMT tekshiruvlari natijasi shuni ko‘rsatmokdaki, Nepal, Sudan, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Gabon, Gai-ti, Myanma kabi davlatlarda, ayniqsa, ahvol yomon, bu erda hukumatdagi korrupsiya va ta’magirlik natijasida qullar sav-dosi gullab-yashnamoqda. Afrika davlatlari haqida so‘z ochsak, bu erlarda qullar savdosini XIX asrning 80-yillaridayok ta-qiqlashgan. Ammo, «Qora qit’a»da ham har yili taxminan 2000 nafar bola sotiladi. Ularning aksariyati Benin va Togo davlatlaridandir. Bu bolalar ko‘pincha Nigeriya va Gabonga bo-rib qolishadi, bu erda esa ularni ferma va plantatsiyalarda ishlatishadi yoki fohishalar tarmog‘iga qo‘shib yuborishadi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, har yili 4 million ayollar va er-kaklar odam savdosi kurboniga aylanadilar. Har yili taxmi-nan 30 000 ta odam yovuzlik, qiynoq, noqulay sharoit va kasal-lik tufayli halok bo‘ladi. Birgina 1992 yilning o‘zida AQSH-da butun dunyodan 700 000 nafar odam bu savdo kurboniga ay-langan2.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling