Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet116/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Odam savdosi bilan bog’liq jinoyatchilik shakllari


Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

- Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

- Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

-Mavzuni o’rganadilar;

- O’ fikrlarini aytadilar.


O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari:

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




  1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazadi (2-ilova)

2.3 Mavzuni mustahkamlash uchun “Klaster”da ishlaydi (3-ilova)

2.4. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1-ilova)

Odamlar savdosi (traffigi) bilan - bog‘liq xalqaro jinoyatchilik, uning xususiyatlari va shakllari

Mamlakatimizda rivojlanishning «o‘tish» davrini boshdan kechirgan rivojlangan davlatlar singari tashqi migratsiyaning o‘sishi tabiiy. Albatta, bu hol har bir rivojlanayotgan davlat uchun ijobiy holat bo‘lib, bo‘sh turgan ishchi kuchi evaziga mam-lakatga chetdan katta mikdorda kapital kirib kelishiga olib keladi.

Hozirgi kunda jahon miqyosida inson huquqlarini mus-tahkamlash, ularning ishonchli kafolatlarini yaratish ustida qizg‘in munozaralar bo‘layotganligi hech birimizga sir emas. Insoniyatni yashash huquqi va u bilan boyaliq turli ijtimoiy, huquqiy muammolar tashvishga solmoqda. Masalan, odam sav-dosi, klonlashtirish, ba’zi davlatlarda amal qilayotgan o‘lim jazosi, evtanaziya va boshqalar. Bu hukuqlar, olimlarning e’tirof etishlaricha, inson huquqlarining to‘rtinchi avlodi turkumiga kiradi. Mazkur muammolarning ko‘pchiligi ayrim davlatlar va mutaxassislar tomonidan qo‘llab-kuvvatlanayot-ganligi bu masalada jiddiy to‘xtamga kelish zaruriyatini vu-judga keltirmokda. Inson huquqlari sohasidagi muammolar jamiyat tarakkiyotining rivojlanishi bilan chigallashib bor-mokda. Inson hukuklarini ta’minlash borasidagi bir masala o‘z echimini topsa, vaziyat yana shunday muammolardan bir nechta-sini vujudga keltirmoqda.

Inson huquqlari va erkinliklarini qonuniy himoya qilish masalalari vujudga kelganidan boshlab oradan ko‘plab asrlar o‘tdi. SHu bilan birga, yangi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy vaziyat-lar inson hukuklari va erkinliklarining hozirgi ko‘rinishi-ni doimiy tahlil qilib turish ehtiyojini yaratadi. SHu sabab-li ham inson huquqlari muammosi hozirgi kunning, aytish mumkin bo‘lsa, butun insoniyatning eng dolzarb muammolari-dandir1.

XXI asrda inson huquqlari va erkinliklari o‘zaro qarama-qarshiliklar holatida rivoj topib bormokda. Bu qarama-qar-shshshklar eski rivojlanish bosqichlarida saqlanib qolgan va yangi taraqqiyot ta’siridagi nomutanosibliklar asosida paydo bo‘lgan1.

Nima bo‘lganda ham insoniyat bugun dolzarb muammolar qar-shisida turibdi. Ularning asl sababchisi ham uning o‘zi, muam-| molarni hal qilish ham faqat uning qo‘lidadir. Buning uchun esa, muammoning barcha jihatlarini anglab etishi va barcha kuchlarini birlashtirgan holda kurash olib borish lozim. : Bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlashda ma’lum bir daraja va tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston uchun ham odam savdosi, ya’ni transmilliy jinoyat katta xavf tug‘dirmokda.

Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilganidek, «hech kim qiy-noqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qim-matini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas»2.

Raqamlarga murojaat kiladigan bo‘lsak, dunyoda har kuni 200 mingdan 500 mingga qadar odamlar SHimoliy Evropa mamla-katlariga odam savdosi ob’ekti sifatida o‘tkaziladilar. Ular-ning 60 foizini ayollar, 40 foizini erkaklar tashkil etadi. Dunyo bo‘ylab odam savdosidan jinoyatchilarning cho‘ntagiga ke-lib tushadigan foyda 10-15 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlarni butun boshli jinoiy uyushmalar-dan tortib mayda guruhlarning g‘ayriqonuniy manfaatlarida ham ko‘rish mumkin3.

Hozirgi kunda odam savdosi yoki shunga o‘xshash boshqa jinoyat-chilik turlari to‘g‘risida aniq raqamlarni keltirish juda mush-kul hisoblanadi. Bu holat ushbu jinoyatning latentligi, ya’ni ochilmay qolish darajasining yuqoriligi bilan izohlanadi4.

Butun dunyoda avj olib borayotgan hamda tobora ko‘proq qur-bonlar berilayotgan, allaqachonlar «qora biznes»ning eng serdaromad turiga aylanib ulgurgan ushbu jinoiy hodisa inson-ning uzviy va daxlsiz huquqlarini poymol qiladigan, uning kadr-qimmatini kamsitadigan vahshiyona qilmishdir.

Xalqaro odam savdosi - insonning qadr-qimmatini poy-mol qilish demakdir. U nafaqat siyosiy, iqtisodiy yoki huquqiy muammo, balki butun ijtimoiy hayotning barcha soha-lari bilan bog‘liq masala hamdir. Unga qarshi kurashish uchun esa mavjud imkoniyatlarimizni birlashtirishimiz va ishlab chiqilgan mexanizmning barcha tomonlarini ishga solishimiz darkor.

Ma’lumki, xufyona iqtisodiyot xalqaro jinoyatchilikning tub o‘zagi bo‘lib, zamonaviy kriminal tuzilmalarning shaklla-nishiga moddiy asos bo‘ladi. Xufyona iqtisodiyotning umumja-hon miqyosidagi ulushi ichki yalpi mahsulotning 5-10 foizi miqdorida, Afrika va ba’zi Janubiy Amerika mamlakatlari-da esa, bu ko‘rsatkich 30 foizga ham etgan. Ba’zi ekspertlar-ning bahosiga ko‘ra, Rossiyada xufyona iqtisodiyotning ulushi 40-50 foizni tashkil qiladi1.

Xufyona iqtisodiyot turli xil manbalar orqali yanada ken-gayishga, tarmoqlanishga harakat qilayotganligi sezilmoqda. Xalqaro miqyosdagi narkobiznes, qurol-yarog‘larning g‘ayriqo-nuniy savdosi va odamlar savdosi xufyona iqtisodiyotning eng asosiy manbalari hisoblanadi. Ushbu manbalardan daromad olish faqatgina tashkshshy jihatdan yuqori darajada uyushgan trans-milliy jinoiy tuzilmalarning imkoniyati doirasidadir.

Uyushgan jinoyatchilik, xususan xalqaro terrorizm, narko-biznes, qurol-aslahalarni g‘ayriqonuniy sotish bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlar qatorida odam savdosining har qanday ko‘ri-nishlariga qarshi kurash muammosi nafaqat xalqaro huquq, mil-liy jinoyat huquqi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etmokda.

«Traffik» atamasining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradi-gan bo‘lsak, shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda xalqaro huqukda odam savdosi «traffik» atamasi bilan ifoda etilmokda. «Tra-fiko» italyancha, «tijorat», «savdo» ma’nosida ifodalangan.

Bu so‘z dastlab «tabak traffik» shaklida qo‘llanilgan bo‘lib, o‘zbekcha ma’nosi tamaki savdosi, tamaki bilan tijorat qilish demakdir. Keyinchalik italiyaliklar uni qisqacha «traffik» deb atashga odatlanganlar. SHu tarzda «traff» - so‘z o‘zagi aso-sida yangi so‘z - traffikant, ya’ni savdo qiladigan do‘kon ega-si, do‘kondor so‘zi kelib chiqqan1.

Fikrimizcha, ona tilimizning sofligini asrash, shuningdek ushbu so‘zni tushunishda qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun hukukshu-noslikda «odamlar traffigi» o‘rniga «odam savdosi» atamasi-dan foydalangan ma’qul. «Traffik» so‘zini ishlatish shart deb hisoblansa, uni kavs ichida izoh tariqasida yozsa ham bo‘ladi2.

Aslida «traffik» so‘zi «harakat» ma’nosini anglatib, olim-lar tomonidan ma’lum ashyolarni yoki odamlarni g‘ayriqonuniy ravishda, g‘araz maqsadlarni ko‘zlab, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazish ma’nosida ishlatiladi. Narkotraffik, qurol-yarog‘-lar, insonlar traffigi tobora xatarli tus olib, umumbasha-riy vaboga aylangan. Narkotraffik va qurol-yarog‘lar traffi-gi inson huquqlari buzilishi uchun zamin yaratsa, insonlar traffigi inson huquqlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi hisob-lanadi, bu esa, ushbu jinoyatning alohida ijtimoiy xavfli-ligini belgilaydi3.

2000 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining «BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida-gi Konvensiyasiga odam savdosi va ayniksa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va taqiqlash hamda bunday xatti-harakatlarga nisbatan jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qo‘shimcha Bayonnoma»sida «odamlar savdosi» tushunchasi o‘zining rasmiy izohiga ega bo‘ldi.

Bayonnomaga binoan, «odamlar savdosi» ekspluatatsiya qilish maqsadida odamlarni kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo‘rqitib yoki boshqacha majburlash choralarini qo‘llab yoxud o‘g‘irlab yoki firibgarlik yo‘li bilan yoxud aldash yoki davlat vakolatlarini, tutgan mavqeini suiiste’mol qilgan holda yoki bir shaxsning nazoratidagi boshqa bir shaxsni sotib olish yo‘li bilan ularni yollash, o‘tkazish, tashish, saqlash yoki ularni olish hisoblanadi.

Ekspluatatsiya shaxsni fohishabozlik yoki boshqacha shaklda-gi jinsiy maqsadlarda foydalanish, majburiy mehnat, qul-likka yoki qullik bilan bog‘liq boshqa odatlarga mahkum etish, uning ixtiyoriga qarshi saqlash yoxud uning organlarini ajra-tib olish bilan bog‘liq harakatlardir.

Ushbu protokolda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar «bolalar» deb nomlangan va ular ham odamlar traffigining jabrlanuvchisi bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi1.

Odam savdosi deganda nimani tushunamiz, uning mohiyati va mazmuni qanday? SHuni anglagandan so‘nggina muammo mohiyati-ni ochish mumkin. Evropa Ittifoqi Vazirlar Kengashining 2000 yil 19 mayda qabul qilingan ko‘rsatmasiga binoan: «Jin-siy foydalanish maqsadida amalga oshirilgan odam savdosi -bu bir yoki bir necha shaxs, yuridik shaxs, tashkilotlarning odamlarni tashish, hatto shu odamlarning o‘zi jinsiy aloqa maqsadida foydalanilishga rozi bo‘lgan hollarda ham, ularni qonuniy yoki g‘ayriqonuniy tarzda chet davlatga chiqarishni anglatadi. Boshqa hollarda, ya’ni ularning o‘zi rozi bo‘lmagan-da esa, majburlash, qo‘rqitish yoki zo‘ravonlik bilan zarar et-kaziladi, uning ojizligidan yoki rahbarlik vakolatidan foy-dalanib yoki tovlamachilik bilan shunday faoliyat bilan shu-g‘ullanishga majbur qilinadi.

Odam savdosi transmilliy uyushgan jinoyatchilikning juda tez o‘sib borayotgan va nihoyatda serdaromad faoliyat turi bo‘lib kolmoqda. Agar raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, klassik quldorlik hukm surgan to‘rt asr davomida uning savdo aylan-masida 12 millionga yaqin odam bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi 30 yil ichida birgina Osiyoda jinsiy qullikka mahkum etilgan ayol-lar va bolalar soni 30 milliondan ortikdir. Ularning juda katta qismi esa jinoiy tashkilotlarning tazyiqi ostida qulga aylantirilgan1.

Aynan shu masalaga 2000 yilda Birlashgan Millatlar Tashki-lotining jinoyatchilikka qarshi kurashishga bag‘ishlangan X Kongressida ham katta e’tibor qaratildi.

Ruminiyaning Buxarest shaxrida bo‘lib o‘tgan noqonuniy migratsiya va odam savdosi muammolari bo‘yicha konferensiyada AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Luis Frining ta’kidlashicha, muhokama etilayotgan g‘ayriqonuniy biznes turi uyushgan jinoyatchilik faoliyatida qonunga xilof ravishda narkotik moddalari va qurol-yarog‘ savdosidan so‘ng uchinchi o‘rinni egallaydi. Uning hisobotiga ko‘ra, bunday biz-nes har yili 6 milliondan 8 million dollargacha daromad kel-tiradi. Bir yilda millionga yaqin ayollar va bolalar krimi-nal savdoning «tirik tovar»iga aylanadilar2.

Nemis olimi Leo Keydel esa, odam savdosi muammosini chu-qur o‘rgangan holda, «...u uyushgan jinoyatchshshkning asosiy fao-liyat turlaridan biri hisoblanib, kriminal faoliyat ierarxiyat sida beshinchi o‘rinni egallaydi»3,- degan fikrni bildirgan.

AQSH Davlat departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, bu-tun dunyoda har yili 4 millionga yaqin odam sotiladi va sotib; olinadi4. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashlaricha, zamona-viy asrimizda kuldorlarning bir yillik daromadi 9,5 mil-1 liard AQSH dollarini tashkil etadi5. Boshqa bir mutaxassis-larning aniqlashlaricha, ushbu «bozor»ning umumiy aylanma daromadi 19 milliard dollarni tashkil etadi va Rossiya Fede-ratsiyasi, BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, «ta’minlovchi davlat-lar» ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi6. Boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra esa, Polsha Evropa davlatlari ichida bunday ro‘yxat-da birinchi o‘rinni (Rossiyadan keyin) egallagan1.

Odam savdosi doimo mavjud bo‘lib kelgan, ammo bu sohada turli davrlarda turli o‘zgarishlar bo‘lib turgan.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning Evropadan Amerika va SHimoliy Afrika qit’alariga keng ko‘lamli migra-siyasi hamda ayollarni Evropaga sotish hodisasi kuzatildi. «Oq qullik» nomini olgan bu hodisaga barham berish maqsadida Pa-rijda 1902 va 1910 yillarda ikkita konferensiya o‘tkazildi. Bu konferensiyalarning muhim yutug‘i - «Oq qullar savdosiga qarshi kurash» nomli Butunjahon konvensiyasining (Parij, 1910 yil 4 may) qabul qilinishi bo‘ldi. Keyinroq u «Ayollar va bolalar savdosini yo‘qotish» (1921 yil 30 sentyabr) va «Voyaga etgan ayollar savdosini yo‘qotish» (Jeneva, 1933 yil 11 oktyabr) nomli Butunjahon konvensiyalari bilan to‘ldirildi. «Inson savdosi va fohishalikni yo‘qotish» (Nyu-York, 1949 yil 2 de-kabr) konvensiyasi esa oldingi hujjatlardagi shartlarni qis-man bekor qilib, ularni boshqasiga almashtirdi2.

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 3-modda-sida ko‘rsatilishicha, har bir inson hayot kechirish, erkinlik va shaxsiga nisbatan daxlsizlik huquqiga ega. Ushbu deklara-siyaning 4-moddasida hamda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar-ning Butunjahon pakti»ning 8-modsasida ham hech kim insonni qullikda tutishga haqqi yo‘qligi, har qanday qullik, qullar savdosi qonun tomonidan qat’iy man etilishi haqida so‘z bora-di. SHuningdek, ushbu normalarning boshqa xalqaro shartnoma-lar, xususan «Inson huquqlarining Evropa konvensiyasi», «Qul-lik xususidagi Konvensiya», «Qullikni yo‘qotish amaliyoti xususidagi Qo‘shimcha Konvensiya», «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya, «Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday shakllariga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Konvensiyalarning me’yor va talablari bilan o‘zaro aloqasi, bog‘liqligi mavjud. « Olimlarning fikricha, odam savdosi (itap 1gaSHs1ap£)ning quyidagi belgilari mavjud:

1. Jabrlanuvchi o‘z davlati chegarasidan qonuniy yoki g‘ayriqo-nuniy yo‘l bilan chetga chiqariladi. Faqat ayrim hollardagina odam savdosi bir davlat hududida amalga oshirilishi mumkin.

2. Odam savdosi boshqa jinoyatlar - o‘g‘irlik, zo‘rlash, OITS yoki boshqa tanosil kasalliklarini qasddan yuqtirish, narko-tik moddalar qabul qilishga majburlash va hokazolar bilan bog‘liq bo‘ladi.

3.Jabrlanuvchilar ikkala jins vakili bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha ular ayollar va bolalar hisoblanadi.

SHuningdek, odam savdosi tarmoqlarining taxminan uch turi mavjud:


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling